Mahsulotning sermehnatliligi – bu muayyan turdagi mahsulotni (masalan, bitta traktorni, kostyumni yoki ko’ylakni) ishlab chiqarishga sarf bo’lgan ish vaqti miqdorini ifodalovchi ko’rsatkich hisoblanadi.
Mehnat sig’imining uch turi bo’ladi: texnologik, to’la va xalq xo’jaligi mehnat sig’imi. Mehnat sarfini hisobga olish jihatiga qarab esa, u yana uch turga: rejali mehnat, normativ mehnat va haqiqiy (amaldagi) mehnat sig’imlariga bo’linadi.
Iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish va tahlil etish nafaqat xarajat va resurslar asosiy turlaridan foydalanish darajasini tahlil etishni o’z ichiga olishi kerak, balki uning butunlay o’zgarishini, yig’indi (integral) samaradorlikni baholashni ham o’z ichiga oladi.
Mana shu maqsadda iqtisodiy samaradorlikning umumlashtiruvchi, kompleks ko’rsatgichlari hisoblab chiqiladi va ishlab chiqarishning pirovard natijalari shu ko’rsatkichlar yordamida tahlil etiladi. Bunday ko’rsatkichlar turli xarajatlar va resurslarning darajasini yig’ilgan turda, har xil omillarning ta’sirini hisobga oladi.
Ishlab chiqarish-texnik vazifani hal etishning biror variantining ijtimoiy - iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaraligini tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik qiyosiy samaradorlik deb ataladi. Qiyosiy samaradorlik ikki va undan ortiq variantlarni taqqoslash va shu asosda bir variantning boshqa variantlardan ustunligi va uning optimalligini aniqlab beradi.
Optimal variantni tanlab olish hamda uni asoslab berish uchun qo’shimcha kapital mablag’larning qoplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koeffitsientini hisoblab chiqish va ular miqdorini normativ qiymati bilan taqqoslash kerak bo’ladi.
Qo’shimcha kapital mablag’larning o’zini qoplash muddati (V) qo’shimcha kapital mablag’larning (K2-K1) mahsulot tannarxini pasaytirishdan olingan tejam (T1-T2)ga nisbati bilan aniqlanadi:
Bu yerda V - qoplanish muddati (yil hisobida);
K1 va K2 variantlarni joriy etish uchun kerak bo’lgan mablag’lar miqdori;
T1 va T2 taqqoslanadigan variantlarning ekspluatatsiya xarajatlari.
Qo’shimcha kapital mablag’larning qiyosiy samaradorlik koeffitsienti (E) qoplanish muddatining teskari ifodasi hisoblanadi va tannarxni pasaytirishdan olingan tejamning qo’shimcha kapital mablag’lar miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
Keltirilgan xarajatlar, ularning vazifasi va uni hisoblash usuli. Keltirilgan xarajatlar kapital mablag’larning qiyosiy-iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, texnikaviy va iqtisodiy masalalarni hal qilish variantlarining eng yaxshisini tanlab olishda qo’llaniladi. Biron bir texnikaviy vazifani hal etishning, ratsionalizatorlik va ixtirochilik takliflari, texnikaviy va tashkillashtirishning mumkin bo’lgan variantlarini, mahsulot sifatini oshirishning turli usullarini taqqoslaganda boshqa shartlari teng bo’lib qolsa, keltirilgan xarajatlar minimum
bo’lishini talab qiladigan variant eng yaxshisi hisoblanadi. Bir necha variantlardan eng yaxshisini tanlab olish uchun quyidagi keltirilgan xarajatlar formulasidan foydalanish kerak.
S + Yen · K min
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga boshqacha printsipial talablar qo’yadi. CHunki hozirgi zamonda har qanday firmaning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mustaxkam mavqei raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. O’z navbatida raqobatbardoshlik ikki ko’rsatkich bilan - narx va mahsulot sifatining darajasi bilan bog’liqdir.
Ishlab chiqarishni erkinlashtirish davrida ikkinchi omil birinchi o’ringa ko’tarilmoqda. CHunki sifat korxonaning obro’si va yanada gullashi hamda sifatni boshqarish bo’yicha ish - bu barcha xodimlar, rahbardan tortib aniq ish bajaruvchi uchun alg’fa va omegasi, ya’ni avvali va oxiridir. SHu tufayli davlatning iqtisodiy, shu jumladan, sanoat siyosatida sifat masalasi muhim o’rin egallaydi. Mahsulot sifatini oshirish - bu oqibat natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni to’laroq qondirish masalasi hisoblanadi. Ya’ni, har qanday mahsulot eng yuqori texnikaviy – iqtisodiy va estetik hamda boshqa bir qator talablarga muvofiq kelishi, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Agar sifat muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi.
Mahsulot (ish, xizmat) sifati - bu shu mahsulotning har tomondan foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig’indisidir.
Mahsulot sifati - bu shu mahsulotdan ma’lum maqsadda foydalanish uchun uning yaroqlilik darajasi, mahsulotning xalq xo’jaligi ehtiyojlarini, iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir.
Sanoat mahsulotining sifati tarmoqning, korxona(firma)ning faoliyatini rejalashtirishda va uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi. Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o’lchovi va foydalanish darajasi ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo’lib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga narx belgilash bo’yicha korxonaning davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati sifatli mahsulot uchun moddiy rag’batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish bo’yicha korxonalar o’rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining surhatlarini, mehnat unumdorligini va shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini tahriflovchi iqtisodiy kategoriyadir. MAHSULOT sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq farovonligini o’stirishni asosiy omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mahsulotning miqdori va sifati o’zaro dialektik bog’liqdir. Yuqori sifatli mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish hajmini qo’shimcha xarajatlarsiz oshirish demakdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va miqdorining o’zaro bog’liqligi mahsulot sifatini oshirish, jamiyat ehtiyojlarini to’la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlari o’sishining muhim omili bo’lib xizmat qiladi.
Sifatli mahsulot doimo o’z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin bo’ladi. Bu esa o’z navbatida mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko’paytirish orqali yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona (firma) esa o’z ishlab chiqarish salohiyatini yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunday subhektlarning ko’payishi esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa uning aholisini daromadlari va demak turmush darajasining ham yuksalishiga olib keladi. Natijada sifatli mahsulot va yuqori darajada ko’rsatilgan xizmatlarga talab ko’payadi. Ya’ni, sifatli mahsulot (taklif) o’zining sifatli iste’molchisini (talab)ni yaratadi. Pirovardida jamiyatda yanada yuqoriroq darajada iqtisodiy o’sish ta’minlanadi.
Tyanch so’zlar
Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarni yaratish jarayoni.
Ishlab chiqarish munosabatlari — ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida xodimlar o’rtasida bajaradigan vazifalariga bog’liq holda shakllanadigan munosabatlar.
Ishlab chiqarish samaradorligi — iqtisodiy faoliyat, dasturlar va tadbirlarning foydali natijalari ko’rsatkichi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui
|