Shovqinga qarshi kurashish usullari



bet35/83
Sana02.12.2023
Hajmi
#109741
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
Bog'liq
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

 
Shovqinga qarshi kurashish usullari 
Shovqinga qarshi kurashish quyidagi usullar bilan amalga 
oshirilishi mumkin:
- oqilona akustik rejalashtirish (shovqinli uskunalarni toʻgʻri 
joylashtirish); 
- manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish;
- shovqinni ixotalash;
- shovqinga qarshi toʻsiqlar qoʻllash; 
- shovqinga qarshi shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash.
Oqilona akustik rejalashtirish. Korxona obyektlarini reja-
lashtirish, korxona bosh tarxini loyihalashda shovqin chiqaruvchi 
obyektlarni lokallashtirish, ma’lum joylarga, ya’ni boshqa 
obyektlarga shovqinning zarari tegmaydigan qilib joylashtirish 
talab qilinadi. Bunda birinchi navbatda “shamollar guldastasi”, 
ya’ni shu aholi punktida shamolning asosiy yoʻnalishi hisobga 
olinadi. Shovqinli sexlar bilan “tinch” xonalar (idoralar, 
kutubxona, tibbiyot xonasi va h. k. lar) orasidagi masofa 
shovqinni kerakli miqdorda kamaytira oladigan darajada boʻlishi 
kerak. Agar korxona shahar hududida boʻlsa (AT korxonalari 


69 
aksar shahar hududi ichida joylashgan boʻladi), shovqinli sexlar 
aholi yashovchi uylardan uzoqroqda, ya’ni korxona hududining 
ichkarisida joylashtirilishi kerak. Agar bunday sexlar bir 
binoning ichida joylashtirilishi kerak boʻlsa “tinch” xonalar 
shovqinli xonalardan shovqinni yaxshi ixotalovchi toʻsiqlar bilan 
ta’minlanishi yoki boshqa, odam kam boʻladigan xonalar, 
sanuzel va karidorlar bilan ajratilgan boʻlishi kerak.
Umuman shovqin manbasidan L, m uzoqlikda qancha soʻni-
shini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin (6. 2-rasmga qa-
rang). Masalan, AT sexi 1 dan 30 m uzoqlikda korxona hovlisida 
joylashgan sartaroshxona 2 dagi shovqinning kuchini aniqlash 
kerak. Shovqin manbaidan 1 m masofadagi kuchi 94 dB.
6. 2-rasm.
𝐿
𝑥
= 𝐿
𝑠𝑚
− 20 𝑙𝑔 𝐿 − 8 = 94 − 20 𝑙𝑔 3 0 − 8 = 56,4
dB 
bu yerda:L – shovqin manbai bilan obyekt orasidagi 
masofa, 
L
shm
– shovqin manbaining shovqin chiqarish kuchi
darajasi, dB (odatda undan 1 m masofada oʻlchanadi);
L
x
– shovqini L masofada soʻnishi, dB.
Shovqin koʻp chiqaradigan sexlar atrofi, yaxshi koʻkalam-
zorlashtirilgan, bargi qalin daraxt va butalar bilan qoplangan 
boʻlishi kerak.

Download
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shovqinga qarshi kurashish usullari