2. Titrashni kamaytirish yoʻllari



bet38/83
Sana02.12.2023
Hajmi
#109741
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
Bog'liq
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

6. 2. Titrashni kamaytirish yoʻllari 
Titrash kishi organizmiga salbiy ta’sir qiladi, natijada ish 
unumdorligini pasaytiradi, koʻpincha ogʻir kasbiy kasallik – 
titrash kasalligiga olib keladi. Shuning uchun titrashga qarshi 
tadbirlarga alohida ahamiyat beriladi.
Titrash kasalligi kasbiy kasalliklarga kiradi. Bu kasallikni 
boshlangʻich davridagina yaxshilab davolash mumkin.
Titrash kasalligini davolash, ayniqsa, kasallik ruju qilgan 
holatlarda uzoq muddat davom etadi. Koʻp hollarda kasallik 
oʻtib ketsa, nogironlikka olib kelishi mumkin.
Mashina va mexanizmlarining titrashini kamaytirish quyi-
dagi usullarda olib boriladi: 
- titrashni keltirib chiqarayotgan manbaga ta’sir qilish; 


77 
- rezonans holatidan chiqarish; 
- titrashni dempferlash; 
- titrashni dinamik soʻndirish;
- mashina va binolarning konstruktiv elementlarini oʻzgarti-
rish; 
- titrashni ixotalash va shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash.
Mexanizatsiyalashgan, elektr yoki havo yordamida ishlan-
ganda, qoʻlni titrashdan saqlash uchun maxsus qoʻlqoplar, qistir-
ma va plastikalardan tashkil topgan shaxsiy himoya vositalaridan 
foydalaniladi. Shaxsiy himoya vositalariga qoʻyiladigan umumiy 
talabalar San Pin №00. 65-96 da belgilangan.
Titrash kasalligini oldini olish uchun titrash mavjud boʻlgan 
ishlarda maxsus ish tartibi qoʻllaniladi. Masalan, titrash mavjud 
boʻlgan mashinalarda umumiy ish vaqti smenaning 2/3 qismidan 
oshmasligi kerak. Bunda tinmasdan ishlash vaqti 15-20 min va 
dam olish vaqtlari boʻlishi kerakligi koʻzda tutilgan. Ishni tashkil 
qilishda titrashli operatsiyalarni titrash boʻlmagan ishlar bilan 
almashtirib turish kerak.
Titrashni oʻlchash uchun koʻpgina asboblar mavjud. Bular-
dan unversal shovqin, tovush spektori analizatori, titrash, infra. . 
. va ultratovushlarni oʻlchay oluvchi “Oktava – 110A”, 
“NT154”, “SVAN-943” rusumli ixcham raqamli shumomerlar 
(Rossiya), RFT (Germaniya), “Bryul va K’er” (Daniya) 
asboblari diqqatga sazovordir.

Download
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 2. Titrashni kamaytirish yoʻllari