|
Hosted from Toronto, CanadaHosted from Toronto, Canada
https: econferencezone.org
April 15
th
-16
th
2022
27
ammo har bir rentgeno-diagnostik bo’limda bemorlar uchun ruhsat berilgan (lekin doza chegarasi emas)
dozalar miqdorining nazorat qilinadagan darajalari o'rnatilgan bo’lishi kerak [4].
Bemorni rentgenologik muolajalarga yuborish davolovchi shifokor tomonidan asoslangan klinik
ko'rsatkichlarga ko'ra amalga oshiriladi. Muolajalarning maqsadga mifoviqligini, hajmini va texnologiyasi
bo'yicha yakuniy qarorni rentgenolog shifokor hal qiladi va aynan u o’z qarori uchun asosiy javobgarlikni o’z
zimmasiga oladi, buda eng asosiy choralardan biri ushbu turdagi tibbiy nurlanishda bemorning RH (radiasion
hafsizligini) ta'minlash hisoblanadi [5,6].
Rentgenologik tekshiruvlar uchun asossiz yuborilgan bemorlar (dastlabki tashxis, shunga o'xshash noananaviy
tadqiqot imkoniyati o'tkazish mavjud bo’lmaganda), shifokor-rentgenolog tomonidan rentgenologik
tekshiruvini o'tkazilishi bekor qilinishi mumkin, ammo muolaja olishi asosli bo’ganida, undan bosh tortgan
bemor haqida davolovchi shifokorga xabar berilishi va bemor rad etganligini kasallik tarixida qayd etilgan
(ambulatoriya kartasi ) bo’lishi kerak. Bemorning talabiga binoan unga kutilayotgan yoki qabul qilgan
nurlanish dozasi va uning bo’lishi mumkin bo'lgan oqibatlari haqida to'liq ma'lumot berilishi kerak. Bu,
ayniqsa, rentgenologik nazorati ostida turli xil intervension muolajalarni o'tkazishda, tananing nurlangan
terisida aniq ifodalangan radiasiyaviy shikastlanish paydo bo'lishini bilishi zarur. Bemor tibbiy rentgenologik
muolajalarni rad etishi mumkin, ammo epidemiologik xavfli kasalliklarni, masalan, silni aniqlash maqsadida
profilaktik tekshiruvlar bundan mustasno.
Barcha turdagi rentgenologik tadqiqotlar uchun nurlanish maydonining o'lchami minimal bo'lishi
kerak, muolajalarning davomiyligi imkon qadar qisqa bo'lishi tadqiqot sifatiga zarar etkazmasligi kerak.
Bemorni rentgeno-diagnostik apparatiga optimal joylashishini ta'minlash, rentgen tasvirini aniqlash
(detektorlash) tizimida maksimal sezadigan qurilmalaridan foydalanish, hamda diagnostik ma'lumotlarni
yo'qotmagan holatda rentgenoskopiya rejimidan rentgenografiya rejimiga almashtirish juda muhimdir.
Rentgeno-diagnostika uskunalarining nurlanish geometriyasi va ish rejimlari har bir rentgeno-
diagnostik texnologiylar uchun optimal bo'lishi kerak
Bunday holda, har bir alohida holat uchun individual teri-fokus masofasini, rentgen naychasidagi
qo'shimcha filtrning materiali va qalinligini, undagi kuchlanishni, bemor tanasidagi tekshirilayot joyning
qalinligi va rentgen nurlarini detektorlaydigan sistema sezgirligiga qarab ta'sir qilish qiymatini tanlash talab
etiladi [5].
Shifokor-rentgenolog rentgenodiologik muolajalari paytida nurlanish ta'sirini qayd etish uchun maxsus
varaqda individual effektiv (samarali) nurlanish dozasining qiymatini qayd etadi, uning nusxalarini kasallik
tarixiga, ambulatoriya kartasiga va bemorning yashash joyidagi poliklinika epikrizga yopishtirib quyadi.
Bemorning barcha tibbiy hizmat ko'rsatishning bosqichlarida, shu jumladan boshqa davolovchi-profilaktik
muassasalarda asossiz qayta nurlantirishni oldini olish uchun, avvalgi rentgenologik tekshiruvlar natijalarini
va yil davomida olingan dozalarni hisobga olish shart bo’ladi. Takroriy tadqiqotlar faqat kasallik holati
o'zgarganda yoki yangi kasallik paydo bo'lganda, shuningdek bemorning sog'lig'i haqida kengaytirilgan
ma'lumot olishda va tashxisni aniqlashtirish zarur bo'lganda amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda tibbiyot muassasalaridagi rentgeno-diagnostika bo'limlarida bemorda nurlanishning ta’sir etish
vaqtini ixtisoslashtirilgan mahalliy rentgen nurlar dozimetrlari DRK-1 yoki DRK-1M yordamida aniqlanadi.
Uning o'tuvchi ionlashgan kamerasi to'g'ridan-to'g'ri rentgen nurlari diafragmasiga o'rnatiladi, dozimetr
ko'rsatkichlari esa tananing nurlantiriladigan joyining maydonidagi doza sm
2
dagi Gr miqdorini qayd etadi.
Agar rentgenodiagnostik uskunasi nurlantiriladigan joydagi doza miqdorini o'lchashga jihozlanmagan bo'lsa,
bemorning samarali-effektiv dozasini doimiy rentgenodiagnostika sifatini kafolatlanadigan dastur doirasida
o'lchaydigan rentgen nurlarining radiasion chiqish qiymatlari yordamida amalga oshiriladi.
Bemorning individual samarali dozasini hisoblash uchun kirish ma'lumotlari quyidagilarni o'z ichiga
olishi kerak:
Rentgenologik muoloja tekshiruvi paytida rentgen nurlar maydonining radiatsion-fizik parametrlarini
aniqlovchi xususiyatlarni: - rentgen naychasidagi anod kuchlanishining qiymatini, kV; - qo'shimcha filtr
qalinligi va materiali (odatda qalinligi 2 mm Al qo'shimcha filtri qo’llaniladi); - berilgan maydondagi doza
qiymati, Grsm
2
; - ta'sir qilish - ekspozosiya qiymati (elektrning miqdori), mAs;
2.
Rentgen nurlanish maydonining geometrik parametrlarini belgilovchi xususiyatlar: -tekshiruvning
anatomik sohasi (o'pka, tos suyagi, bosh suyagi va boshqalar); - proyeksiya (old-orqa, orqa-old, yonbosh); -
|
| |