International Conference on Developments in Education




Download 268,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana10.01.2024
Hajmi268,23 Kb.
#133870
1   2   3   4   5
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
httpseconferencezone.org 
 
April 15
th
 -16
th
2022 
28 
nurlanish maydonining o'lchamlari (detektor yuzasidagi nurlanish manbasining bo’ylama oqimining balandligi 
va kengligi), sm
2
; - fokus masofa (rentgen nayining fokusidan nurlanish detektorigacha bo'lgan masofa), sm;
3. bemor haqida ma'lumot: - bemorning yoshi (0 - 0,5 yil; 0,5 - 3 yil; 3 - 8 yil; 8 - 13 yil; 13 - 19 yosh; 
19 yoshdan yuqori). 
Bu parametrlarning barchasi EDEREX kompyuter dasturidan foydalangan holda individual samarali nurlanish 
dozalarini hisoblash uchun dastlabki ma'lumotdir. Ushbu dastur real vaqt rejimida inson tanasining 22 a'zo va 
to'qimalaridagi dozalarning o'rtacha qiymatlarini va mos keladigan samarali nurlanish dozasini hisoblash 
imkonini beradi. Biroq, bu dastur har doim ham tibbiy muassasalar uchun ham, ayniqsa poliklinikalarda mavjud 
emas, chunki texnik jihozlanish yahshi yo’lga qo’yilmagan va malakali tibbiy fiziklarning etishmasligidir. 
Shuning uchun, ma'lum yoshdagi bemorga nurlanishning ta'sir qilishining samarali dozasi E ning qiymati 
taxminiy formula bilan aniqlanishi mumkin:
E = F
x
K
d

bu erda F
x
– nurlanish maydonidagi o'lchangan doza qiymati, Gysm
2
;
K
d
- bajarilgan rentgenologik tekshiruvi turini, proyeksiyasini, nurlanish maydonining o'lchamini, fokus 
masofasini, ekspozisiya va roentgen naychasidagi anod kuchlanishini hisobga olgan holda, ma'lum yoshdagi 
bemornurlanishining samarali dozasiga o'tish koeffitsienti, mkSv/Gysm
2
.
K
d
- koeffitsientlarining to'liq jadvallari MUK 2.6.1.1797 - 03 "Tibbiy radiologik tekshiruvlar vaqtida bemorlar 
nurlanishining samarali dozalarini nazorat qilish" ko'rsatmalarida keltirilgan. 
Rentgeno-diagnostikasi paytida bemorlar uchun nurlanish dozalari chegaralari belgilanmagan. Biroq, radiasion 
hafsizlik chegatalari -RHCh-99 ga muvofiq, amaliy sog'lom odamlarning profilaktik rentgenologik 
tekshiruvlari va ilmiy tadqiqotlarini o'tkazishda 1 yilda 1 mSv standarti belgilandi. Bundan tashqari, bemor 
hayotining barcha yillari uchun 500 mSv diagnostik nurlanishda to'plangan dozasiga erishganidan so'ng, agar 
radiatsiya jarayonlari hayotiy ko'rsatkichlarga bog'liq bo'lmasa, uning ta'sirini yanada cheklash choralarini 
ko'rish kerak. 
Rentgeli kompyuter tomografiyasidagi nurlanishning kuchlanishi bemorda oddiy rentgenografiyaga nisbatan 
ancha yuqori bo’ladi. Ular juda katta farq qiladi: teriga kirish dozasi 3 dan 15 mGy gacha, samarali doza esa 
bemorning yoshi va tanasining o'lchamiga, nurlanish geometriyasiga, uskunaning ishlash rejimlariga va 
boshqalarga qarab 0,2 dan 6,0 mSv gacha o'zgarib turadi. 
Shunga o'xshash holatlar rentgenologik nazorati ostida o'tkaziladigan turli xil interventsion muolajalarda ham 
sodir bo'lishi mumkin. Bu erda teriga kirayotgan doza muoloja turiga, rentgenoskopiya davomiyligiga, rentgen 
jarrohning malakasi va operatsiya qilish tajribasiga va boshqa omillarga qarab 0,5 dan 10 Gy gacha, samarali 
dozasi esa 1 dan 40 mSv gacha o'zgarib turadi. KT uchun bo'nday samarali dozalar qiymatlari klinik jihatdan 
juda maqbuldir, chunki ular to'g'ridan-to'g'ri nurlanish maydonidan tashqarida bo'lgan organlar va tizimlaruda 
radiatsion-indusirlangan shikastlanish hosil bo’lmasligini ta'minlaydi. Biroq, rentgen foton nishonlaridagi 
uzluksiz mahalliy sirtiy kiruvchi - teri va ko'zning gavhari kabi radiosezgir organlarning nurlanish dozalari 
haqida ham aytish mumkin emas.
Xususan, ma'lumki, 2 Gy doza miqdori terining qizarishi va gavharning kataraktasini, 7 Gy – permanent 
epilyasioyani, 10 Gy - quruq teri deskvamasiyasini, 12 Gy - terining deyarli davolanmaydigan nurlanish 
yaralarini keltirib chiqaradi. Shuning uchun bunday intervension muolajalarda nurlantirish terapiyasida 
ma'lum bo'lgan teri va gavhar uchun radiasiyaviy himoya qilish uchun maxsus choralarini qo'llash kerak. 

Download 268,23 Kb.
1   2   3   4   5




Download 268,23 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International Conference on Developments in Education

Download 268,23 Kb.
Pdf ko'rish