|
RADIOELEKTRON QURILMALAR,VIDEO SIGNAL MODULYATSIYASI
|
bet | 2/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,83 Mb. | | #248410 |
1.RADIOELEKTRON QURILMALAR,VIDEO SIGNAL MODULYATSIYASI.
Radiotexnik jarayonlar radiosistemalar yordamida amal- ga oshiriladi. Eng ko‘p tarqalgan radioelektron sistemalarga xabar (signal) tarqatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalarni kiritish mumkin.
Axborot uzatuvchi qurilmaning struktura chizmasi 1.1- rasmda ko‘rsatilgan.
1.1-rasm. bu yerda:
XM — xabar manbayi; XESA — xabarni elektr signaliga aylantirgich; PCHK — past chastotali kuchaytirgich; M — modu- lator; RCHK — radiochastotali generator; YCHK — yuqori chastotali kuchaytirgich; TA — tarqatuvchi antenna.
Xabar, odatda, elektr tabiatiga ega bo‘lmaganligi sababli (tovush, tasvir va shunga o‘xshash) manbadan xabar elektr signaliga aylantiruvchi qurilmaga beriladi. Radioaloqa ishlarida bu vazifani mikrofon, uzatuvchi televizion kamera va hokazolar bajaradi. Hosil bo‘lgan elektr signali ku- chaytirgichga kuchaytirilgandan so‘ng modulatorga beriladi. Modulatorga generatorda yuqori chastotali elektr tebranish- lari beriladi. Modulatorda yuqori chastotali tebranishlarning biror-bir parametri (amplitudasi, chastotasi yoki fazasi) xabar signaliga aylantiriladi. Bu jarayon modulatsiyalash deb yuritiladi. Modulatsiyalangan yuqori chastotali ku- chaytirgichda kuchaytirilgandan so‘ng u tarqatish uchun antennaga uzatiladi.
Uzatuvchi antennadan chiqqan radioto‘lqinlar efir orqali yo‘naltirilib, priyomnik kirishiga qabul qiluvchi antenna orqali uzatiladi. Uzatuvchi antenna va qabul qiluvchi an- tenna, ular orasidagi fazo (efir), shuningdek, to‘lqin o‘tkazuvchi kabel yoki yorug‘lik o‘tkazuvchilar aloqa liniyasi deb ataladi.
1.2-rasm. bu yerda:
Aq — qabul qilgich antenna; KQ — kirish qismi; YCHK — yuqori chastotali kuchaytirgich; A — aralash- tirgich; YCHG — yuqori chastotali generator; O‘CHK — o‘rtahol chastotali kuchaytirgich; D — detektor; PCHK — past chastotali kuchaytirgich; K — karnay.
Detektorlar modulatsiyalashga nisbatan teskari jarayon- dir. Unda modulatsiyalangan yuqori chastotali signallar dastlabki xabar signallariga aylantiriladi. Shundan so‘ng xabar karnayga beriladi.
Videosignallar
Xarakterlanuvchi va harakatsiz jismlarning tasvirini radioelektron qurilmalar yordamida uzatish va qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan soha televideniye deb ataladi.
Televideniya uchta fizik jarayondan iborat:
1) yorug‘lik energiyasini videosignallarga aylantirish;
2) videosignallarni uzatish va qabul qilish;
3) videosignallarni tasvirga aylantirishga asoslangan. Bu masalalarni hal qilish ikkita prinsip asosida bajariladi. Birinchidan, tasvir juda kichik (elementar) yuzachalarga (elementlarga) bo‘linadi.
Ikkinchidan, bu elementlar yuzalarning ravshanligini ketma-ket uzatadi.
Videosignallar quyidagi signal va impulslardan iborat:
1) uzatilayotgan tasvir va tovush signali;
2) Ï-simon satr sinxroimpulsi (SSI);
3) Ï-simon kadr sinxroimpulsi (KSI);
4) Ï-simon satr so‘ndirish impulsi;
5) Ï-simon kadr so‘ndirish impulsi;
6) Ï-simon oldingi muvozanatlovchi impuls (OMI);
7) Ï-simon keyingi muvozanatlovchi impuls (KMI).
Bu yetita yordamchi impulslar bir-biridan davomiyligi bo‘yicha farq qiladi, ular «qora» yoki «qoradan qoraroq» sathga ega bo‘ladi va shu sababli ular televizor ekranida ko‘rinmaydi.
Videosignallar, odatda, elektrik tebranma signallar bo‘lib, tasvir yoritilganda bu signallar amplitudasi o‘zgaradi. Bu signallarning amplitudasi to‘liq televizion signallarning 75 % ini tashkil qilib, eng yuqori amplitudasi shartli «qora» signal, eng kichik amplitudasi shartli «oq» signal ko‘rsat- kichida to‘liq televizion signalning 12 % ini tashkil qiladi. Televizion standart bo‘yicha to‘liq televizion signal quyidagi parametrlarga ega (mikrosoniya):
1) Bir satrning satr so‘ndiruvchi impuls bilan uzatilishi 64.
2) Satr so‘ndirish impulsining davomiyligi 11,8—12,3.
3) Satr sinxroimpulsi davomiyligi 4,5—4,9.
4) Kadr sinxroimpulsi davomiyligi 150.
Radiosignallar.
Voqea, hodisa yoki narsa haqida ma’lumot-axborotni tashuvchi har qanday fizik kattalik signal deb ataladi.
Axborotlar turli xil bo‘lishi mumkin. Masalan, odam- ning tovushi, musiqa sadosi, tasvirlar, kosmik nurlanishlar va boshqalar. Radioelektron qurilmalar ularni elektr kodi, kuchlanish yoki quvvat ko‘rinishida ifodalanadigan elektr tebranishlariga aylantirib beradi. Yuqori chastotali modu- latsiyalangan signallar — radiosignallar, qolganlari esa boshqaruvchi signallar deyiladi.
Shuni aytish kerakki, har qanday elektr tebranishlar ham signal bo‘lavermaydi. Masalan, turg‘un holatdagi o‘zgaruvchan to‘k signal emas, chunki uning amplitudasi, chastotasi yoki fazasining vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuni — funksiyasi aniq bo‘lib, hech qanday axborotga ega emas. Demak, signal vaqt bo‘yicha tasodifiy qonunda o‘zgaradigan funksiya orqali ifodalanadigan kattalikdir.
Signallar, odatda, aniqlangan (ma’lum) va tasodifiy signallarga ajratiladi. Radiosignallar hozirgi vaqtda uzluksiz — qiyosiy va uzlukli — diskret signallarga bo‘linadi.
Qiyosiy signallarga mikrofonga nutq ta’sir etgan vaqtda hosil bo‘ladigan tokning uzluksiz o‘zgarishini, diskret signalga esa, ma’lum vaqt oraliqlarida uzatiladigan impuls- lar ketma-ketligini misol qilib keltirish mumkin.
Modulatsiya.
Biror-bir xabarni (informatsiyani) uzoq masofalarga uzatishda radioto‘lqinlardan foydalaniladi. Buning uchun xabarni eltuvchi elektromagnit to‘lqinlarning biror para- metri xabarni ifodalovchi elektr signallar vositasida o‘zgar- tiriladi. Bu jarayon modulatsiya deb ataladi. Elektromagnit tabranishlarning asosiy parametrlariga chastota, amplituda va faza kiradi. Shunga ko‘ra bu parametrlardan qaysi birining xabar signaliga mos ravishda o‘zgartirilishiga qarab modu- latsiya uch turga bo‘linishi mumkin:
1. Amplituda bo‘yicha modulatsiya.
2. Chastota bo‘yicha modulatsiya.
3. Faza bo‘yicha modulatsiya.
Modulatsiya prinsipini amalga oshiradigan qurilma modulator deb ataladi.
1. Amplituda bo‘yicha modulatsiya deb yuqori chastotali signallar amplitudasining past chastota qonunida o‘zgarishi- ga aytiladi.
Yuqori chastotali signallar hosil qilgan tokning oniy qimati
(1)
bu yerda: Imo — modulatsiyalangan tokning amplituda qiymati.
Modulatsiya paytida tok amplitudasi
Imo + Im (2)
bo‘yicha o‘zgara boshlaydi. Past chastotali tebranishlar cos t qonuni bo‘yicha o‘zgaradi deb e’tiborga olsak,
Im = Imo cost; (3)
bu yerda: — past chastotali tebranishlar.
(4)
belgilash kiritsak, Im = mImo · cost bo‘ladi.
U holda modulatsiyalangan tok tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
i =(Imo + mImo · cost) sin = Imo · sint + mImo · cost · sint.
1.3-rasm. Amplituda bo‘yicha modulatsiyalangan signal: a—past chastotali tebranish; b—yuqori chastotali tebranish; d—modulatsiyalangan signal shakllari.
Bundan ma’lum trigonometrik amallarni bajargandan so‘ng quyidagiga ega bo‘lamiz:
(5)
Bu amplituda bo‘yicha modulatsiyalangan tokni ifoda- lovchi tenglama. Bu yerda: m — modulatsiya koeffitsiyenti, u bevosita modulatsiyalangan tebranishlar grafigidan aniqla- nishi mumkin.
(6)
1.4-rasm.Signallarni chastota bo‘yicha modulatsiyalash: a—past chastotali tebranish; b—yuqori chastotali tebranish; d—modulatsiyalangan signal shakllari.
Chastota va faza bo‘yicha modulatsiyalash deb, yuqori chastotali signallar chastotasining yoki fazasining past chastota qonuni bo‘yicha o‘zgarishiga aytiladi.
Xabarni eltuvchi yuqori chastotali signalning oniy qiymati
Uelt(t )=U0cos(t+). (7)
Xabar signali eltuvchi signalning chastotasi yoki faza- sini o‘zgartirganligi tufayli formula dagi U0 o‘zgar- masdan qoladi.
Bunda o‘zgaruvchi qism (t )=t+ (8)
to‘la faza deb atalib, burchakni ifodalaydi. Shu sababli chastota yoki faza bo‘yicha modulatsiyalangan signallar burchakli modulatsiya signallari deb yuritiladi.
|
| |