|
RADIOELEKTRON QURILMALARDA KUCHAYTIRGICHLAR
|
bet | 3/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,83 Mb. | | #248410 |
2. RADIOELEKTRON QURILMALARDA KUCHAYTIRGICHLAR.
Agar energiyani boshqarish uzluksiz, bir me’yorda va o‘zgarish qonuni saqlangan holda bo‘lsa, uni kuchaytirish jarayoni deb ataladi.
Kuchaytirgichlar keng ko‘lamda radioaloqa, radiouza- tish, televideniye, radiolokatsiya, ma’lumotlarni yozish va qayta eshittirishda qo‘llanilmoqda.
Kuchaytiriladigan elektr signallar turli chastotalarga ega bo‘lib, garmonik tebranish holida yoki murakkab ko‘rinish- dagi holda turli amplitudali, fazali yoki chastotali bo‘ladi.
20 Hz—20 kHz ga ega bo‘lgan signallarni kuchaytira- digan kuchaytirgich, ovoz chastota signalini kuchaytirgich deyiladi.
Texnikada kam energiya sarf qilgan holda manbalarning katta energiyasini boshqarish jarayoni keng tarqalgan. Unda ham boshqaruvchi, ham boshqariluvchi energiya mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektr va boshqa tur tabiatiga ega bo‘lishi mumkin.
Kuchaytirgichning signal ta’sir etadigan zanjiri kirish zanjiri yoki kirish deb, kuchayib chiqqan signal beriladigan qurilma esa, tashqi yuklama-iste’molchi deb ataladi.
Kuchaytirgichning (tashqi) yuklama ulanadigan zanjiri chiqish zanjiri deb ataladi.Kuchaytirgichlar ichida elektr signali kuchaytirgichlari eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularda boshqaruvchi va bosh- qariluvchi energiya elektr energiyasidan iborat bo‘ladi. Bu kuchaytirgichlar elektron, elektromexanik, magnit va boshqa tur kuchaytirgichlariga bo‘linadi. Ulardan elektron kuchaytirgichlar universalligi, qator sifatli xarakteristi- kalarga ega bo‘lishi bilan boshqa kuchaytirgichlardan ustun turadi. Shuning uchun ulardan juda ko‘p radioelektron va boshqa masalalarni hal qilishda keng foydalaniladi. Qo‘lla- niladigan o‘rni, vazifasi va boshqa belgilariga
turadi. Shuning uchun ulardan juda ko‘p radioelektron va boshqa masalalarni hal qilishda keng foydalaniladi. Qo‘lla- niladigan o‘rni, vazifasi va boshqa belgilariga qarab juda ko‘p turdagi elektron kuchaytirgichlar ishlab chiqariladi va turlicha nomlar bilan yuritiladi.
Kuchaytirish jarayonini 2.1-rasmda ko‘rsatilgan chizma yordamida tushuntirish mumkin. Unda o‘zgarmas E tok manbayi ketma-ket qilib ikki qarshilikka (boshqariluvchi va o‘zgarmas) ulangan. Bu qarshilik yuklama qarshiligi deb ataladi. Chiziqli bo‘lmagan aktiv element qarshiligi bo‘lib, zanjirning kirishiga (punktir chiziq) boshqaruvchi kuchlanish yoki tok ta’sir etganda kattaligi o‘zgarib boradi. Bu o‘zga- rish juda keng oraliqda bo‘lib, manba energiyasi sarf bo‘lmagan yoki juda oz miqdorda sarf bo‘lgan holda sodir bo‘ladi. Lekin qarshilikda ajraladigan quvvat ortadi. Shunga ko‘ra, boshqaruvchi elementning vazifasi o‘zgarmas tok manbayi energiyasini yuklama qarshiligiga uzatilishini
(1)
tartibga solishdan iboratdir. Odatda, bu jarayon juda katta tezlikda o‘tadi. Shuning uchun juda kichik energiyali element bo‘lishi kerak. Eng sodda holda uning vazifasini ko‘p elektrodli elektron lampa yoki yarim o‘tkazgichli triod bajaradi.
Shunday qilib, kuchaytirish fizikaviy jarayon bo‘lib, kam quvvatli manba yordamida katta quvvatli manba energiyasi boshqarilishidan iboratdir. Bu katta quvvatli manba energiyasi- ning kam quvvatli signalga uzatilishiga mos keladi. Shunga ko‘ra kuchaytirgich katta quvvatli manba energiyasini kam quvvatli signalga uzatilishini amalga oshiruvchi qurilmadir.
Agar signal quvvatining ortishida uning shakli saqlan- sa, kuchaytirish chiziqli deb, aks holda esa, chiziqli bo‘lma- gan kuchaytirish deb ataladi.
Kuchaytirgichlarning turlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, ular umumiy xarakteristika va parametrlarga ega. Asosiy parametrlardan biri kuchaytirish koeffitsiyentidir. U ku- chaytirgich chiqishida qaysi bir kattalik (tok, kuchlanish yoki quvvat) asosiy bo‘lishiga qarab aniqlanadi va mos nom bilan ataladi. Masalan, chiqish kuchlanishning kirish kuch- lanishga nisbati
(2)
kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti deyilsa, kirish tokining chiqish tokiga nisbati
(3)
tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti deb ataladi.
Quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti esa, kuchayti- rayotgan signalning chiqish quvvatining kirish quvvatiga nisbati ko‘rinishda aniqlanadi:
(4)
Amaldagi kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffi- tsiyentidan keng foydalaniladi. Shuning uchun uni oddiy qilib kuchaytirish koeffitsiyenti deb ataladi va «U» belgi tushirib yoziladi.
Umuman olganda, kuchaytirgichning chiqish kuchla- nishi kirish kuchlanishidan faqat amplituda qiymati bilan emas, balki fazasi bilan ham farq qiladi. Shuning uchun kuchaytirish koeffitsiyenti kompleks kattalik bo‘lib, chas- totaga bog‘liq miqdordir.
|
| |