Radioelektron qurilmalar video signal modulyatsiyasi




Download 0,83 Mb.
bet5/8
Sana21.05.2024
Hajmi0,83 Mb.
#248410
1   2   3   4   5   6   7   8
UTN = 0,5E Uk min. (9)
Bu yerda: E—manbaning kuchlanishi; Uk min — kollek- tordagi minimal kuchlanish bo‘lib, xarakteristikada to‘g‘ri chiziqli qism boshlanadigan nuqtaga to‘g‘ri keladi (Uk min = 0,5...1,5B).
Yuklama ajratayotgan maksimal quvvat:
(10)
Bu yerda: Rn — yuklama qarshiligi. Kollektordagi maksimal tok
(11)
formula bo‘yicha; o‘rtacha tokning maksimal qiymati
(12)
formula bo‘yicha, kaskadning FIK
(13)
Formula bo‘yicha; kollektorda sochiladigan maksimal quvvat
(14)
formula bo‘yicha aniqlanadi.
Ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar.
Amaliyotda sanoat elektronikasida yuklamaga kerakli signal quvvatini olish uchun bir kaskadli qurilmalarda quvvat yetmaydi. Shu sababli qurilmalarda ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar qo‘llaniladi. Ko‘p kaskadli kuchaytirgich deganda, bir nechta alohidagi kuchaytirgich kaskadlar bir-biriga ketma-ket ulangan bo‘ladi.
Ko‘p kaskadli kuchaytirgichning blok-sxemasida infor- matsiyani elektr signalga aylantirgich sifatida mikrofon, antenna, foto diod va hokazolar qo‘llanilishi mumkin. Ko‘p kaskadli kuchaytirgichning birinchi kaskad mik- rofoni kirish qarshiligi bilan moslashtirish uchun va shu bilan birga berilayotgan signalni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.

2.10-rasm.
Kuchaytirgich blok-sxemasining oxirgi kaskadi quvvat kuchaytirgich kaskad bo‘lib, signalning quvvatini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan. Blok sxema- ning oraliq kaskadlari quvvat kuchaytirgich kaskadining maksimal quvvatini chiqarib berish sharoitini yaratish uchun ularga berilgan signalning kuchlanishini va tokni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.
Blok sxemada b1 va b2 manfiy yoki musbat teskari aloqa zanjiri.
Ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar quyidagi xarakteristikalarga ega:
1) kuchaytirgich elementi bo‘lib tranzistorlar, tunnel diodlar, mikrosxemalar qo‘llanilishi mumkin;
2) ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar soni:
— ikkita kaskad;
— uchta kaskad va bir nechta kaskad qo‘llanilishi mumkin;
3) chastota xususiyatiga ko‘ra:
a) past chastotali kuchaytirgichlar;
b) o‘rtahol chastotali kuchaytirgichlar;
d) yuqori chastotali kuchaytirgichlar;
4) sinflar bo‘yicha:
A sinf; B sinf; AB sinf; C sinf; D sinf ishlatilishi mumkin. Misol sifatida maydonli tranzistorda bajarilgan uch kaskadli kuchaytirgichning prinsiðial sxemasini ko‘rib chiqamiz.
Bu sxemada VT1 tranzistori istok qaytargich uslubida yig‘ilgan. Bu kaskad mikrofon qarshiligini kuchaytirgich qarshiligi bilan moslashtiradi.
Zamonaviy kuchaytirgichlar to‘g‘risida ma’lumot.
Zamonaviy radioelektron qurilmalarda, asosan, turli xil integral mikrosxemalar qo‘llanilmoqda.
Masalan, integral mikrosxemada bajarilgan kuchaytir- gichlarda moslashtiruvchi va chiqish transformatorlar ishla- tilmaydi va kondensatorlarning soni kerakligicha kuchay- tirilgan va katta sig‘imli kondensatorlar qo‘llanilmaydi. Kuchaytirgich sxemasini ishlab chiqishda qo‘llanilayotgan integral mikrosxemaning optimal varianti tanlanadi va tanlab olingan mikrosxema uchun tashqi komponentlar hisoblab chiqiladi.
Integral mikrosxema ta’minlanayotgan tok manbayi va yuklama bilan moslashtiriladi.
Zamonaviy kuchaytirgichlar, asosan, integral mikro- sxemalarda bajarilishi kuchaytirgichning dizayni, kam tok iste’mol qilishi, ishlash tezligi yuqori darajaligi va hokazo- lar bilan oldingi vaqtda, masalan, lampa yoki tranzis- torlarda bajarilgan kuchaytirgichlardan farq qiladi. (2.12-rasm).
Masalan, integral mirosxemada bajarilgan quvvat ku- chaytirgichning sxemasini ko‘rib chiqamiz.

2.12-rasm
Ko‘rinib turibdiki, bu sxemada detallar soni kam va kondensatorlar C4, C7 umumiy nuqtasi tok manbayining umumiysiga ulanmaganligi 100 % teskari aloqa bog‘la- nishida. Bu esa kuchaytirgichning ishlash sifatini yanada oshiradi.


Download 0,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Radioelektron qurilmalar video signal modulyatsiyasi

Download 0,83 Mb.