ajratishi aniqlangan va bu mediatorlar gavda suyuqliklariga tushib,
bevosita asab tizimiga va ixtisoslashgan nerv uchlariga ta’sir ko'rsatadi.
Tirik jonzotlar rivojlanishining keyingi bosqichida maxsus a’zolar -
ya’ni gumoral yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatuvchi - va o‘z navbatida organizmga
tushgan oziq moddalar hisobiga hosil bo‘luvchi gormonlar ajratuvchi
bezlar paydo bo‘ldilar. Masalan, adrenalin gormoni buyrakusti bezlarida
tirozin aminokislotasidan hosil bo'ladi. Bu gumoral boshqarilishdir.
Asab tizimining asosiy funksiyasi — yaxlit holdagi
organizmning uni
o‘rab turuvchi tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasini boshqarish va alohida
organ faoliyatini hamda a’zolar orasidagi bog‘lanishni boshqarish
hisoblanadi.
Asab tizimi barcha a’zolar faoliyatini faqatgina qo‘zg‘alish to‘lq in lari
yoki nerv impulslari bilan tezlashtirmay yoki tormozlamay, balki qon,
limfa, orqa miya va to‘qimalararo suyuqliklarga tushuvchi mediator,
gormonlar va metabolitlar yoki moddalar
almashinuvi mahsulotlari
yordamida organizmdagi barcha hayotiy jarayonlami nazorat qiladi. Bu
kimyoviy moddalar a’zolarga va asab tizimiga ta’sir ko‘rsatadi. Shunday
qilib, tabiiy sharoitda a’zolar faoliyatini faqatgina nervli boshqarilishidan
iborat bo‘lmay, balki yana nerv-gumoral boshqarilishi ham mavjuddir.
Asab tizimining qo‘zg‘alishi biokimyoviy tabiatga ega. Asab tizimi
bo‘ylab, moddalar almashinuvi o‘zgarishining to‘lqinsimon tarqalishi
kuzatiladi, tarqalish paytida ionlar membranalar orqali tanlab o'tkaziladi,
natijada nisbatan tinchlik va qo‘zg‘algan holatdagi qismlar orasida
potensiallar farqi (ayirmasi) hosil bo‘ladi va elektr toki yuzaga keladi. Bu
toklar biotoklar yoki biopotensiallar deb yuritiladi va asab tizimi bo‘ylab
tarqaladi.
Asab tizimining tuzilishi. Yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda
asab tizimi ayrim elementlardan - nerv hujayralari
yoki neyronlardan
tashkil topgan bo‘lib bir-biri bilan tutashgan bo‘ladi. (1-rasm). Qo‘shni
neyronlaming bir-biri bilan tutashgan joyi sinapslar deb ataladi. Neyronlar
joylashgan joyi va funksiyasiga qarab turli tuzilishga ega. Ulaming
o‘xshashligi har bir neyron yadro va tipik oiganoidlami saqlovchi neyron
tanasidan tashkil topganligi bilan namoyon bo'ladi.
Neyronlar tanasining o‘lchami 4-130 mkm. bitta neyron tanasidagi
sinapslar soni 100 va undan ham ko‘p, dendritlarda esa ko‘p minggacha
etadi. Neyronning tanasida bitta yoki bir necha denritlar (uzun o‘simtalar)
yoki akseklar va ko‘plab tarmoqlanib ketuvchi kalta o‘simtalar - dendritlar
mavjud. Voyaga yetgan odamda aksekning uzunligi 1-1,5 mkm. gacha
yetadi, uning yo‘g‘onligi esa 0,025 mm. dan kam. NeyronlaT neyrogliya
30
hujayralarining biriktiruvchi to‘qimalari bilan xuddi qin (futlyar) singari,
aksekni o‘rab ushlab turadi. Ayrim akseklami
neyrogliya hujayralari
tagida Shvann hujayralari joylashgan, ularda miyelin saqlanib, uning
laxmli po‘stlog‘ining tashkiliy qismlarini hosil qiladi. Har bir Shvann
hujayra laxmli po‘stloqda Ranve kesmalar hosil qiladi va qo‘shni Shvann
hujayrasidan akseklardan tashqari laxmsiz akseklar ham mavjud.
Neyronning tanasi uning o‘simtalaridagi
moddalar almashinuvini
ta’minlydi. Ya’ni moddalar almashinuvi tufayli biotoklar yordamida
sinapslarga nerv impulslari o ‘tkaziladi. Sinapslardan qo‘zg‘alish navbat-
dagi neyronga mediatorlar yordamida o‘tkaziladi. Tana yuzasida va ichki
a’zolarda akseklar retseptorlar ya’ni ta’sirotchilar ta’sirini qabul qiluvchi
maxsus hosilalar bilan tutashgan bo‘ladi. Ta’sirlash natijasida yuzaga
kelgan nerv impulslari markazga intiluvchi
akseklar yoki afferent
neyronlar bilan markaziy tizimga, asab tizimidan markazdan qochuvchi
akseklar yoki efferent neyronlar orqali nerv impulslari ishchi organga
o ‘tkaziladi.