m u h itn in g
o‘zgarishlarini qabul qilishga moslashmagan ta’sirotchilar ham
bo‘lishi mumkin va bular adekvat bo‘lmagan ta’sirotchilar deb yuritiladi.
Bu guruhga bevosita ta’sir ko‘rsatilganida har qanday organ, to‘qima va
hujayrada qo‘zg‘alish paydo qiladigan mexanik, elektr va boshqa
ta’sirotchilar kiradi. Adekvat bo‘lmagan ta’sirotchilar orasida elektr toki
23
fiziologiyani o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Ximik yoki mexanik
ta’sirotchilarga nisbatan elektr ta’sirotchining afzalligi shundan iboratkim,
birinchidan yengil va juda o‘sish kuchi, davomiyligi va harakati bo‘yicha
jarohatlamasdan qo‘zg‘alish paydo qilishi va ta’sir to‘xtatilganidan keyin
to‘qimalarda qaytarish imkoni bo‘lmagan o‘zgarishlar paydo qilmaydi,
uchinchidan, qo‘zg‘alish paytida barcha a’zolarda elektr, potensailllari
hosil bo‘ladi, va shu sababli uning ta’siri qo‘zg‘alishni yuzaga kelish va
tarqalish mexanizmlari labiiyga juda yaqindir.
QO‘ZG‘ALUVCHANLIK. QO‘ZG‘ALISH. LABILLIK
Odam va hayvon organizmi, uning a’zolari, to‘qimalari va
hujayralarining umumiy xususiyati - qo‘zg‘aluvchanlik va labillikdir.
Qo‘zg‘aluvchanlik — organizmning tashqi muhitni turli-tuman
ta’siriga yoki ichki muhitni o‘zgarishiga qo‘zg‘alish bilan faol reaksiya
qilish xususiyatidir.
Moddalar almashinuvi jarayoni, tinimsiz ravishda a’zolar, to‘qimalar
va hujayralarda bajariladi. Shu sababli, moddalar almashinuvining
to‘xtashi to‘g‘risida gap boiishi mumkin emas. Fiziologik tinchlik davri
bu moddalar almashinuvining shunday holatiki, ya’ni kuzatishlar yoki
maxsus usullar yordamida tashqi harakat faoliyatini namoyon bo‘lishi
kuzatilmaydi.
Qo‘zg‘alish - to‘qima yoki uning ayrim a’zolariga xos bo‘lgan
faoliyatni namoyon bo‘lishida moddalar almashinuvi jarayonining
o‘zgarish darajasidir. Rivojlanish jarayonida hujayralaming funksiyalarini
ixtisoslanishi yuzaga keladi: ma’lum hujayralar, masalan muskul to‘qimasi
qo‘zg‘atilganida qisqaradi, ayrim to‘qimalar esa maxsus moddalar ishlab
chiqadi, ajratadi va hokazo. Qo‘zg‘alishning bunday namoyon bo‘lishi
maxsuslik (spesifik) deb ataladi. Qo‘zg‘alishning dastlabki bosqichlarida
maxsus bo‘lmagan faoliyatlar ham kuzatiladi, ya’ni bunday holatlar
oksidlanish jarayonlarini unchalik ham ortib ketmaydigan, ilg‘ab
bo‘lmaydigan darajada o‘zgarishi, issiqlik ajralishi, elektr toklarini hosil
bo'lishi va boshqa jarayonlar shaklida qayd qilish mumkin.
Labillik - yoki funksional harakatchanlik - bu tinchlik holatidan
qo‘zg‘alish holatiga o‘tish va bu holatdan chiqish tezligidir. Ayrim
hujayralarda va to‘qimalarda qo‘zg‘alish tez tarqalsa, boshqalarida sekin
tarqaladi. Labillik xususiyatini N.Ye.Vvedenskiy kashf etdi va tahlil qilib
chiqdi.
Moslashuvchanlik. Organizmning hayotligi uning tuzilishi va
funksiyalarini tashqi muhit shart-sharoitlariga mos kelganidagina saqlab
24
qolinadi. Qator avlodlar davomida yerdagi hayot sharoitining o‘zgarishi
dezeksiribonuklein kislotalaming
qayta tuzilishining nasldan-naslga
o‘tkazilishi, hayvonlar organizmining sharoitga chidab yashashi sifatida,
hayvonlar organizmining tashqi muhitga moslashishi saqlanadi va
rivojlanadi.
Moslanuvchanlik ham boshqa fiziologik xususiyatlar singari -
moddalar almashinuvi o ‘zgarishining oqibatidir. Tashqi muhit o‘zgarishiga
qarab moddalar almashinuvini o‘zgartirish xususiyati moslashtiruvchi
o‘zgaruvchanlik deb ataladi. Hayvonlar organizmining faqat bitta yashash
sharoitiga moslashishi juda xavfli va maqsadga muvofiq boimaydi.
Bunday hollarda nisbatan tez o‘zgaruvchan sharoitga moslashaolmasdan
hayvon organizmi o ‘ladi, tur esa yo‘qolib ketadi.
Tabiiy sharoitga moslashtiruvchi o‘zgaruvchanlik organizmning
tarixiy rivojlanishida asosiy rolni o‘ynaydi.
Fiziologik funksiyalar moddalar almashinuvi bilan bevosita bog‘liq
bo‘lganligi sababli, tashqi muhit sharoitlari o ‘zgarishi bilan avval
funksiyalar, so‘ngra esa organizmning tuzilishi o‘zgaradi. Hayvonlar
organizmining xususiy o'zgarishi, funksiyalami va hayvonlar xulq-
atvorining ulaming yashash sharoitiga mos holda nisbatan tez o‘zgarishi
bilan xarakterlanadi.
Ko‘payish. 0 ‘z-o‘zidan ko‘payish odam va hayvonlar organizmining
asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Ko‘p hujayrali organizmidagi
hujayralar hayot
davomida
yadrolaming
bo‘linishi
yoki
mitoz
(kariokineza) yo‘llari bilan ko‘payadi. Mitozdan
keyin, har bir qiz
hujayralarda xuddi ona hujayradagidek miqdordagi xromosomalar
(xromosomalaming diploid yig‘ilmasi) va tiplari qoladi.
Rivojlanayotgan jinsiy hujayralarda navbatdagi ikki bo‘linishdan
keyin xromosomalar faqat bir marta uzunasiga bo‘linadi va bu vaqtda
xromosomalaming miqdori ikki marta kamayadi (xromosomalaming
diploid jamlamasi). Bunday bo‘linish meyoz bo‘linish deb ataladi.
Ko‘payishda ya’ni spermatazoidlar va tuxum hujayralarining qo‘shilishi
natijasida mavjud bo‘lgan xromosomalaming gaploid jamlamasi, homila
hujayralarida diploid xromosoma jamlamasiga qadar tiklanadi.
Meyozdan keyin ayollaming barcha tuxum hujayralarining 23-
juftligida iks-xromosomalar saqlanadi, erkaklar spermatazoidlarining
yarmida - bir qismida iks-xromosomalar saqlansa, ikkinchi qismida igrek-
xromosomalar saqlanadi. Agarda tuxum hujayrasi iks-xromosoma bilan
otalansa - qiz bola, igrek-xromosoma bilan otalansa - o‘g‘il bola
rivojlanadi.
25
Ko‘payish funksiyasi asab tizimi va ichki sekresiya bezlari
mahsulotlari - gormonlar bilan boshqariladi.
|