ORGANIZM VA UNING ASOSIY FIZIOLOGIK FUNKSIYALARI




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

ORGANIZM VA UNING ASOSIY FIZIOLOGIK FUNKSIYALARI
Moddalar almashinuvi. Barcha fiziologik jarayonlaming asosi -
moddalar almashinuvidir. U filogenetik rivojlanishining turli bosqichlarida 
tumvchi organizmlarda turlichadir. Tirik organizmlar kimyoviy tarkibini
20


nisbatan bir xilda saqlash xususiyatiga egadirlar. Bu bilan ular o‘lik tabiat 
tanalaridan jiddiy farq qiladi, ya’ni tashqi muhit bilan aloqasini 
tenglashtiradi va o‘z kimyoviy tarkibini hamda tuzilishini uning o ‘zgarishi 
hisobiga amalga oshiradi. Organizmning tashqi muhit bilan tenglashishi u 
o‘lgan vaqtdanoq boshlanadi.
Tirik organizmlaming asosiy xarakterli xususiyati - tashqi muhit 
o‘zgarishiga faollik bilan qarshilik ko‘rsatishi bo‘lib organizmni tarixiy 
tuzilishi va funksiyalari bilan amalga oshadi. Organizmni tashkil qiluvchi 
kimyoviy birikmalarda juda katta energiya zahirasi jamlangan, bu esa 
haroratning keskin o‘zgarishiga, namlik, sho‘rlanish va boshqa omillarga 
qarshi ta’sir ko'rsatish imkonini beradi.
Shu maqsadda oziqlanish va ovqat hazmi jarayonlarida organizmdagi 
zahira moddalardan foydalaniladi.
Tashqaridan tushayotgan kimyoviy moddalar avval nisbatan oddiy 
moddalargacha parchalanadi va energiya ajratadi. Bu katabolizm 
jarayonidir. So‘ngra ajralgan energiyaning bir qismi esa murakkab yuqori 
molekulyar birikmalardan - oqsillar, yog‘lar va uglevodlar hamda ulaming 
aynan shu organga xos bo‘lgan kimyoviy qoldiqlarini sintezlash uchun 
foydalaniladi, bu assimilyasiya jarayonidir. Bu murakkab birikmalarda 
tashqi muhitga qarshilik ko‘rsatilishini ta’minlovchi katta miqdordagi 
energiya saqlanadi. Energiyaning bir qismi turli tuman fiziologik 
jarayonlami jumladan assimilyasiya va dissimilyasiyaning bajarilishiga 
sarflanadi. Natijada organizm tuzilmalarining doimiy ravishda o‘z-o‘zidan 
yangilanishi, uning rivojlanishi, nihoyat hayotning ma’lum davrlarida -
o‘sish yuz beradi.
Rivojlanish va o‘sish. Tug‘ilgandan to o‘lishgacha moddalar 
almashinuvi natijasida organizmning rivojlanishi, ya’ni uning kimyoviy 
tarkibi va tuzilishining qonuniy o‘zgarishlari yuz beradi.
Rivojlanish jarayonida yetilguniga qadar hujayralar, to‘qimalar, 
a’zolar va a’zolar tizimlari mukammallashib, 
boradi. Hujayralar, 
to'qimalar va a’zolar turli vaqtlarda yetiladi ya’ni rivojlanish geteroxron 
ravishda yuz beradi. Ma’lum yoshdan boshlab giteroxron holda a’zolarda 
tuzilishining qarilik o‘zgarishlari boshlanadi. Shu bilan birga, butun hayot 
davomida funksiyalar ham o'zgaradi. Tuzilish va funksional o'zgarishlar 
miqdorining ortishi organizmning yangi sifat va xususiyatlarini namoyon 
bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga olib keladi.
Hayotning turli davrlarida rivojlanish natijasida organizmning o‘sishi 
ham o‘zgaradi. 0 ‘sish-rivojlanuvchi organizmning va uning a’zolarining 
shaklan, hajmi va massasini o‘lcham jihatidan o‘zgarishidir. 0 ‘sishda
21


asosan hujayralaming ko‘payishi va hujayralararo elementlaming hajmi va 
massasi (tirik moddalaming) ortishi natijasida organizmning faol 
qismlarining massasi ortadi. Voyaga yetgan organizmning o‘sishi hech 
qachon proporsional bo‘lmaydi. Organizm a’zolarining o‘sishi asab tizimi 
va ichki sekresiya bezlari faoliyati bilan boshqariladi.
Gavda o‘lchamlarining umumiy ortishi, uni hajm jihatidan 
kattalashishiga olib keladi. Organizm to‘lig‘icha yoki ayrim qismlari bir 
xilda o‘smaydi - geteroxronizm, ya’ni tezlashish va susayish davrlari 
kuzatiladi.
0 ‘sish va rivojlanishdagi geteroxronizm, filogenez tufayli yuzaga 
keladi, ammo hayot sharoitining o‘zgarishi hal qiluvchi ahamiyatga ega, 
bu esa harakat faoliyatining miqdoriy va sifatiy farqlari bilan aniqlanadi. 
Yashash sharoitiga mos holda har bir yosh davrlarida organizmning o‘sish 
va rivojlanishiga asosiy ta’sirini ko‘rsatuvchi skelet mushaklarining 
qisqarish jadalligi va xarakteri o‘zgaradi.

Download 14,15 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ORGANIZM VA UNING ASOSIY FIZIOLOGIK FUNKSIYALARI

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish