Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

Geokimyoda biogenez
- bu organizmlaming hayot faoliyatida yuzaga 
keladigan biogenli elementlaming aylanish konsentrasiyasi va tarqa- 
lishidir. Biogeoximik jarayonlami o‘rganish ko‘plab qazilmalar navini va 
konlami aniqlash imkonini berdi, masalan, tosh ko‘mir, torf, slanslar, nefit 
biogenezning asoratidir. Ikkinchi tomondan yer sharining turli joylaridagi
19


uning tarkibiy qismlarining bir-biridan farq qilishi organizmning 
tuzilishiga va funksiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hujayra. Tirik hujayra hayotning asosiy tuzilish va funksional birligi 
boiib hisoblanadi. Elektron mikroskop yordamida hujayralaming 
murakkab tuzilishi o‘rganilgan, gistokimyoviy usullar yordamida ulaming 
kimyoviy tarkibi va organoidlaming funksiyalari o‘rganiladi. Hujayraning, 
po‘stlog‘i yoki membranalar 4 qavatdan iborat: ikki qavat fosfolipid 
molekulalari fosfor kislotasi bilan bog‘langan yog'li moddalar va ular 
tashqi tomondan murakkab uglevodorodlar qatlami joylashgan bo‘lsa, 
uning ostki qismida esa oqsil qatlami joylashgan. Membranalar o‘zining 
bir tomonlama, tanlab o‘tkazuvchanligi bilan ajralib turadi.
Hujayra sitoplazmasida 60 ga yaqin biogenli elementlar, bulamdan 
tashqari bir qator biogenli xususiyatiga ega bo‘lmagan elementlar ham 
mavjud. Sitoplazma yuqori molekulali oqsillar (uning bir qismi 
biokatalizatorlar funksiyasini bajaravchi fermentlardan iborat) nuklein 
kislotalar, lipidlar, uglevodlar, tuzlar va suvlardan iboratdir. Nuklein 
kislotalar, lipidlar, uglevodlar va tuzlar bilan birikkan oqsillar katta 
fiziologik ahamiyatga ega.
Asosan, nuklein kislotalami saqlash miqdoriga qarab yadro va 
sitoplazmalar farqlanadi. Hujayra yadrosining xromosomalarida DNK lar 
mavjud bo‘Isa, yadro va yadrodan tashqari sitoplazmada esa - RNK 
saqlanadi. Nuklein kislotalar oqsillar sintezida ishtirok etadi. To‘qima- 
laming turli hujayralarini tuzilishi ham har xildir, lekin ulaming har 
qaysisida quyidagi organoidlar mavjud: oziqli moddalardan energiya 
ajratuvchi - mitoxondriyalar va moddalar almashinuvida ishtirok etuvchi 
fermentlami saqlovchi - lizotsimlar, 
oqsillar sintezlanishi, jumladan 
fermentlami sintezlanuvchida faolligi sezilib turadigan - ribosomalar; 
kanalchalar tashkil qiluvchi ichki membranalar, ya’ni hujayrada hosil 
bo‘luvchi va undan ajraluvchi moddalarni harakatlanishi kuzatiladi. Yangi 
membranalar hosil qilinishida ishtirok etadi deb taxmin qilinuvchi Golji 
apparatlari mavjud hujayralaming bo‘linishida oddiy mikroskopik 
kuzatishlar yordamida ikkita sentrosomalar, yadroda esa xromatin iplarini 
ko‘rish mumkin. Hujayralar orasida ulaming hayot mahsulotlari 
hujayralararo moddalar mavjud.

Download 14,15 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish