HOZIRGI DAVRDA FIZIOLOGIK KASHFIYOTLAR VA




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

HOZIRGI DAVRDA FIZIOLOGIK KASHFIYOTLAR VA
FIZIOLOGIK G’OYALARNING RIVOJLANISHI
Hozirgi zamon fiziologiyasining yutuqlari biofizika va biokimyo 
usullaridan foydalanishga asoslangan.
Nozik va juda aniq elektron asboblar ayrim hujayralar funksiyasini va 
hatto ayrim hujayra tuzilmalarini o‘rganish imkonini beradi. Masalan, 
mikroelektrodli usullar bilan bevosita ayrim nerv hujayralami, muskul 
tolalarini, to‘r parda retseptorlarining faoliyatini o‘rganish mumkin. Bunga 
esa ayrim hujayralar va ulaming tarkibiy qismlarida moddalar almashinuvi 
natijasida yuzaga kelgan bioelektrik hodisalami (biologik potensiallar) 
qayd qilish hisobiga erishiladi.
Biopotensiallami uzatish uchun ikki turdagi mikroelektrodlar 
ishlatiladi: suyuqli (kapillyarli) va metall. Suyuqli mikroelektrodlar 
metalldan yaxshi, ya’ni qutblanish imkoniyatini yo‘qga chiqaradi. 
Hujayradan tashqari biopotensiallami qayd qilish uchun tashqi diametri 1­
4 mikronga teng bo‘lgan elektrodlardan foydalaniladi, ichki biopotensiallar 
uchun esa diametri 0,5 mkm dan kam bo‘lgan elektrodlardan 
foydalaniladi. Mikroelektrodlar to‘qimaga uning fimksiyasi buzilmay 
ma’lum chuqurlikka kiritiladi va tezlashtimvchi hamda qayd qiluvchi 
apparatga ulanadi.
Mikroelektrodlaming bosh miyaning organ va hujayralariga kiritilish 
chuqurligi steriotopsin apparat yordamida aniqlanadi. Bu apparat ham 
o‘tkir, ham surunkali tajribalarda ishlatiladi. Mikroelektrodlar miya 
qopqog'idagi teshiklarga o‘matilgan tiqin yoki qopqoqni o‘tkazuvchi 
yo‘llari orqali kiritiladi. Bosh yoki kalla mustahkam fiksasiya qilinadi, 
maxsus moslama esa uni osoyishta aylantirish imkonini beradi. 
Mikrovintlar mikroelektrodlami miya i c h i g Jl 
7 7 ) n bir
qismigacha bo‘lgan aniqlik bilan kiritish 1
S
$
w
i
b
aktik

OsVi v'r 

!
17 

jrs. 

if!


plastinkalarga bosh miyaning turli qismlariga kiritilgan mikromanipul- 
yatorlar yordamida bir necha mikroelektrodlar biriktiriladi.
Mikrofiziologik tadqiqotlar uchun masalan, bir nerv hujayrasidan 
ikkinchisiga yoki muskul to‘qimaga qo‘zg‘alishning o‘tkazilishida yuz 
ming martagacha kattalashtiruvchi elektron mikroskoplardan foyda­
laniladi.
Hozirgi zamon fiziologiyasining 
rivojlanishi uchun gistologik 
tuzilmalarga xos bo‘lgan kimyoviy birikmalami fiziologik tinch holatda va 
funksiyalami o‘zgarishini o‘rganuvchi gistologik kimyoning ahamiyati 
jiddiy. Gistologik kimyoning yutuqlari elektron mikroskop va kimyoviy 
tadqiqotlaming nozik usullaridan foydalanish hisobiga erishildi.
Hozirgi zamon fiziologiyasining yangi muhim kashfiyotlari elektron 
asboblami qo‘llashning natijasidir. Bosh miyani turli tuzilmalarining 
funksiyalari haqidagi aniq ma’lumotlar, ulami alohida-alohida hamda 
o‘zaro munosabatlari haqida yangi ma’lumotlar bilan boyidi. Bu 
tuzilmalaming shartli reflekslar hosil bo‘lishida hamda hayajonlanish 
jarayonlarida ishtiroki o‘rganilgan. Markaziy va periferik asab tizilmala- 
rining turli bo‘limlarida, nerv-muskul preparati va boshqa tizimlar 
faoliyatidagi nerv jarayonlarini kimyoviy o‘tkazgichlari (mediatorlar) va 
garmonlaming roli juda chuqur o ‘rganilgan. Shartli reflekslaming hosil 
bo‘lishida, qo‘zg‘alish va tormozlanishlaming shakllanishida, nerv jara- 
yonlarining tarqalishida, asab tizimining tiklanishidagi ulaming ahamiyati 
aniqlangan.
Nozik bioximik usullaming rivojlanishi natijasida tabiiy sharoitda 
hosil bo‘luvchi ilgari ma’lum bo‘lmagan asab tizimining mediatorlari 
ochildi. Bu kashfiyotlar natijasida ruhiyatga maqsadli ta’sir ko‘rsatish 
imkoniyati yaratildi.
Hozirgi matematika va kibemetikaning rivojlanishi tufayli miya 
faoliyatining barcha faolligininig muskullar qisqarishida namoyon bo‘lishi 
haqidagi I.M.Sechenovning g‘oyalari amalga osha boshladi. Ya’ni 
jarayonlar matematik jihatdan tahlil qilinadi va formula bilan ko‘rsatiladi.
Shunday qilib, fiziologiyaning biokimyo, matematika, fizika va 
kimyo fanlari bilan hamkorligi va o‘zaro aloqasi uning hozirgi zamon 
rivojlanishining asosiy yo‘nalishidir.
HAYOTNING ASOSIY Y О ‘NALISHL ARI
Biogenez. Hayotning yuzaga kelishi yoki biogenez (T.Gekli) 
idealistlar tomonidan inkor etiladi. Ulaming taxminlari bo‘yicha, yerda 
hayot ilgaridan bo‘lgan yoki uning boshlang‘ich murtaklari boshqa
18


planetalardan keltirilgan deyishadi. Yerda hayotning dastlabki yuzaga 
kelish davrlarida, agar unda hayot bulganida barcha tirik mavjudotlar o‘sha 
davming fizik sharoitlaridan о‘lib ketgan bo'lur edi, shunday hayot boshqa 
planetalardan olib kelinganida ham barcha mavjudotlar kosmik nurlar 
ta’sirida о‘lib ketishi mumkin edi.
Qator ming yilliklar davomida Yerda hayot bo‘lmagan. So‘ngra 
ma’lum fizik sharoitlarda dastlabki okeanlarda oqsil sifatli yuqori 
molekulyar-polimerlar va boshqa organik moddalar hosil bo‘la 
boshlashgan, ya’ni natijada suvli eritmalarda 
organik moddalaming 
(konservatli tomchilar) yig‘ilishi, atrof-muhit bilan o‘zaro kimyoviy 
aloqalar hosil bo‘la boshladi. Ushbu kimyoviy reaksiyalaming o‘ziga xos 
xususiyatlari tufayli organik moddalaming ayrim tomchilari parchalandi, 
boshqalari esa o‘sa boshladilar va natijada chidamliligini saqlab qoldilar. 
Natijada parchalanish va sintezlanish jarayonlarini saqlab qolgan 
konvergen tizimlaming saralanishi yuzaga keldi. Qator 
ming yilliklar 
davomida organik moddalaming rivojlanishi va murakkablashishi hisobiga 
yangi sifat - hayot uchun xarakterli bo‘lgan o‘z-o‘zidan ko‘payish 
xususiyati kelib chiqdi.
Keyinchalik 
organik 
moddalaming 
o‘z-o‘zidan 
ko‘payish 
xususiyatiga chidamliligini saqlab qolgan murakkab tizimlaridan dastlabki, 
lekin hujayra tuzilmalariga ega bo‘lmagan oddiy organizmlar rivojlandi. 
So‘ngra bir hujayrali organizmlar paydo bo‘ldi. Keyingi bosqichlarda esa 
alohida a ’zolar va ulaming tizimlaridan iborat ko‘p hujayrali organizmlar 
paydo bo‘ldi. Organizmlar evolyusiyasi ulami o‘rab turgan tashqi 
dunyoning o‘zgarishiga mos holda amalga oshdi.
Tirik organizmlar moddalar aylanishida ishtirok etadi. Ular, 
elementlardan tashkil topgan bo‘lib, bular biogenli elementlar deb ataladi 
va ular hayvonlarning butun massasida hamda yer yuzida tarqalgan 
o‘simliklar organizmida saqlanadi. 
Tirik jonlaming bu massasi 
geokimyoda «tirik modda» deb ataladi. «Tirik moddalar» tarkibiga 
quyidagi biogenli elementlar kiradi: (% hisobida) kislorod - 70 %, uglerod 
- 1 8 , vodorod - 10, kalsiy - 0,5, azot - 0,3, fosfor - 0,07% va boshq. Tirik 
moddalaming umumiy massasi yer shari po‘stlog‘ining 0,01 %ga yaqinini 
tashkil etadi. 
.

Download 14,15 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



HOZIRGI DAVRDA FIZIOLOGIK KASHFIYOTLAR VA

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish