unumdorligini
oshirish, maktablarda o‘qitish va ishlab chiqarish
jarayonlarini tashkil qilishning asosi hisoblanadi.
Oziqlanish fiziololgiyasi - jamoaviy va xususiy ovqatlanishni to‘g ‘ri
tashkil qilish haqida amaliy bilimlar beradi. Iqlimiy fiziologiya tashqi-
tabiiy muhit omillarini dozalash haqida tavsiyalar beradi. Aviatsion va
kosmik fiziologiyalar parvoz paytida odam sog‘ligini
saqlashni ilmiy
jihatdan asoslaydi.
О‘sib kelayotgan yosh avlodni tug‘ilganidan boshlab jismonan
baquvvat, aqlan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, o‘smir va
yoshlami mehnatga o‘rgatish, barcha turdagi ommaviy sport va jismoniy
madaniyatni qo‘llab-quvvatlash yoshga oid fiziologiya va jismoniy hamda
sport fiziologiyasi ma’lumotlariga asoslanadi.
Odam - yosh fiziologiyasi
va ayniqsa nerv tizimi, sezgi a’zolari fiziologiyasi, yoshga oid va umumiy
psixologiya va pedagogikaning nazariy asosi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlari, parrandalar va baliqlar fiziologiyasi xalq
xo'jaligida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa qishloq xo‘jalik hayvonlari
xulq-atvorini
maqsadli
ravishda
o‘zgartirish,
ulami
saqlash
va
oziqlantirish, yangi zotlar yaratish, go‘sht-sut mahsulotlari ishlab
chiqarishni ko‘paytirish,
serpushtlikni oshirish, baliqlami o‘rgatishda
fiziologiyaning o‘mi salmoqlidir.
Hasharotlar fiziologiyasi, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda
va aksincha foydali hasharotlami (masalan, asalarini) urchitish va
parvarishlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.