FIZIOLOGIYANING RIVOJLANISHIDA FIZIKA, KIMYO VA
BOSHQA ARALASH BIOLOGIK FANLARNING ROLI
Hozirgi fizika va kimyo fanlarining yutuqlari hujayralar va ulaming
turli organoidlarini bir qator nozik tuzilishi va funksional qonuniyat-
larining ochilishini ta’min etdi. Dezoksikarbonuklein (DNK) va
ribonuklein (RNK) kislotalaming tuzilishini o‘rganish,
hujayralarda oqsil
sintezlanishining qonuniyatlarini ochish imkonini berdi. Nuklein
kislotalarda organizmning tuzilish va funksional xususiyatlarini irsiyligini
dasturiy ishtiroki fiziologiya uchun muhim ahamiyatga ega.
Fizika va
kimyoning yangi usullari asab tizimini turli qismlarini funksiyalari, nerv
yo‘llari orqali nerv impulslarini o‘tkazilishi va nervdan a’zolarga o‘tishi
haqidagi tushunchalarimizni ancha boyitdi va organizm funksiyalarini
maqsadli o‘zgartirish usullari bilan qurollantirdi.
Tadqiqotlaming yangi
fizik usullari yordamida sezgi a’zolarining ilgaridan ma’lum bo‘lmagan
funksiyalari aniqlandi, hozirgi biologik kimyo esa funksiyalaming
boshqarilishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ayrim oqsillarni sintezlash
usullarini ishlab chiqdi.
Fiziologiyaning rivojlanishi uchun organizmdagi
fizik jarayonlami
o‘rganuvchi-biofizika va organizmda ximik jarayonlami o‘rganuvchi-
biokimyoning ahamiyati o‘ta muhimdir.
Fiziologik tahlillar uchun hozirgi zamon matematik usullari va
kibemetika hamda avtomatik boshqarish usullaridan keng foydalanil-
moqda, ya’ni bu usullar sezgi a’zolari
va asab tizimi, taktil sezgisi, xulq-
atvor va o‘rgatish fiziologiyalarini o'rganishda, juda samarali hisoblanadi.
Eksperimentlaming natijalarini hisoblash va tahlil
qilish uchun elektron-
hisoblash mashinkalaridan foydalanilmoqda.
Biologiya «Organik dunyo dinamikasi» haqidagi fan bo‘lish bilan
birga (K.A.Timiryazev), organizmlar evolyusiyasi va ular funksiyalari
qonuniyatlari
haqida fiziologiyaning, aynan evolyusion fiziologiyaning
rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Olz navbatida fiziologiya ham ayrim
organizmlar hayotiy jarayonlarini umumbiologik
qonuniyatlar asosida
o‘rganuvchi biologiyaning bir qismi sifatida biologiyaning rivojlanishi
uchun muhim ahamiyatga ega.