tinimsiz yuvilib turadi, chunki ulaming tarkibi o‘z-o‘zidan boshqarilishi,
almashinuvi, qon aylanishi, ovqat hazmi, nafas,
ayiruv va boshqa
fiziologik jarayonlar tufayli nisbatan doimiy (asab tizimi ishtirokida)ligi
saqlanadi. Qon, limfa, to‘qimalararo va orqa miya suyuqliklari
organizmning ichki muhitini tashkil etadi, ya’ni to‘qima va a’zolar
hujayralari faoliyat ko‘rsatadi. Ichki muhitning nisbatan doimimyligini
ta’miniab turish xususiyati (gomeostazis) hayvonot dunyosining nisbatan
yuqori rivojlanish bosqichlarida yuzaga kelgan. «Ichki
muhitning
doimiyligi —
bu erkin yashash sharoitidir» (K.Bemar).
Odamlar va yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda ichki muhitning
nisbatan doimiyligi nerv-gumoralli fiziologik mexanizmlar, yurak-tomirlar
va nafas tizimlarini boshqaruvchilik, buyraklar, ter bezlari va hazmlash
kanali
funksiyalari
tufayli
almashinuvning
oxirgi
mahsulotlari
organizmdan chiqarilishi tufayli ta’min etiladi.
Qon aylanish jarayoni a’zolar va to‘qimalarga, xuddi moddalar
almashinuvining qoldiq mahsulotlarini ayiruv a’zolariga
yetkazib
berganidek, to‘yimli moddalami yetkazib beradi. Organizmga gazsimon
moddalamin tushishini va chiqarilishini nafas a’zolari ta’miniab beradi.
Suyuq va qattik moddalaming singdirilishi va to‘yimli moddalaming suvli
eritmalariga aylantirilishi, so‘ngra organizmning ichki muhitiga tushishi
ovqat hazmi kanali tufayli ta’min etiladi. Ovqat hazmi kanali organizm
tomonidan o ‘zlashtirilmagan va qoldiq
moddalaming organizmdan
chiqarilishida
ham ishtirok etadi. Ichki muhitning nisbatan doimiy
tarkibini ta’minlashda asosiy rolni buyraklar o ‘ynaydi, uning yordamida
qon tarkibidagi ortiqcha suv, tuzlar, moddalar almashinuvini qoldiq
mahsulotlami, ya’ni qon tarkibini doimiyligini
buzuvchi va boshqa
moddalami chiqarib yuboradi.
Qon aylanishi, nafas, ovqat hazmi, ayiruv va boshqa tizim a’zolari
o‘z-o‘zini
boshqarish
xususiyatiga
ega.
Bu
muhim
fiziologik
jarayonlarning o‘z-o‘zidan boshqarilish ichki a’zolaming nerv uchlarida
joylashgan asab tizimining quyi bosqichlarining qo‘zg‘alishini qabul
qiluvchi retseptorlar orqali markazga intiluvchi
- afferent nervlar bilan
tushuvchi nerv impulslari tufayli amalga oshadi. Afferent nerv tolalaridan
kelayotgan nerv impulslari markaziy asab tizimida qo‘zg‘alish yoki
tormozlanishn keltrib chiqaradi. Natijada, markaziy asab tizimidan
markazdan qochuvchi
nerv
tolasi orqali - efferentli, ish boshlovchi
impulslar ichki a’zolar faoliyatini yoki uning tormozlanishini keltrib
chiqaradi, hamda boshqariluvchi yoki korrelyatsilovchi impulslar ichki
33
a’zolami oziqlanishini boshqarish yo‘li bilan u yoki bu a’zonig ish
bajarish qobiliyatini boshlaydi.
Bunday o‘z-o‘zidan boshqarilishning asabli jarayoni reflektor
boshqarilish
deb atalsa, organ faoliyatining o‘zgarishi va nerv uchlari
bilan qabul qilingan qo‘zg‘alishga asab tizimi orqali uning ish qobiliyatini
boshqarishga refleks deb ataladi.
i