QONNING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

QONNING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI
Qon qizil rangli, sho'rtak ta’mli, yopishqoq suyuqlikdir. Toza idishga 
qon olib uni ivishdan saqlanuvchi modda qo‘shilgach qonni bir necha vaqt 
tinch holatda qoldirsak, u ikki qismga sarg‘ich yoki rangsiz tiniq suyuqlik 
- plazmadan tashkil topgan ustki qismida va shaklli elementlar, ya’ni qizil 
qon tanachalari(eritrotsitlar), oq qon tanachalari (leykotsitlar) hamda qon 
plastinkalari (trombotsitlar)dan iborat pastki qismga ajraladi. Qonning 
60% ni plazma, 40% ga yaqinini esa shaklli elementlar tashkil qiladi. 
Keltirilgan bu raqamlar nisbiy bo‘lib, plazma bilan shaklli elementlar 
miqdorini o‘zaro nisbati organizmning holatiga, hayvonlaming turiga 
qarab bir muncha o ‘zgarib turadi. Masalan, baliqlar qonining 10% dan 
30% gacha qismini, issiq qonli hayvonlar qonining 30% dan 50% gacha 
qismini shaklli elementlar tashkil qiladi. Qon plazmasi bilan shaklli 
elementlaming o‘zaro nisbati gemotakrit asbobi yordamida aniqlanadi. 
Qonning rangi uning kislorod bilan to‘yinish darajasiga qarab o'zgarib 
turadi. Qon kislorod bilan yaxshi to‘yinsa, och qizil rangga ega bo‘ladi, bu 
arteriya qondir. Kislorod bilan yaxshi toyinmagan qon esa qaramtir- 
qizg‘ich rangli boiib, vena qoni deyiladi. Qonning yopishqoqligi 4,0-6,0 
ga teng ya’ni qon suvga nisbatan 4,0-6,0 barobar yopishqoqroqdir. 
Qonning yopishqoqligi asosan tarkibidagi qizil qon tanachalari
37


eritrotsitlaming miqdoriga va kamroq darajada plazmaning oqsil tarkibiga 
bog‘liq. Organizm ko‘p suv yo‘qotganida qonda eritrotsitlar karbonat- 
angidridning miqdori ko‘payganda, harorat ko‘tarilganida qonning 
yopishqoqligi oshadi. Aksincha, eritrotsitlar va plazma oqsillari kamay- 
ganda, qonda kislorod ko‘payganda qonning yopishqoqligi kamayadi. 
Qonning solishtirma og‘irligi o‘rtacha 1,050-1,060 kg/sm3 ga teng. Bu 
ko‘rsatkich ham hayvonlaming turiga va organizmning holatiga qarab 
o‘zgarib turadi. Jumladan, qonning solishtirma og‘irligi otlarda 1,046­
1,059 lcg/sm3ga, qoramollarda 1,046-1,058 kg/sm ga, qo‘ylarda 1,041­
1,061 l:£/sm3ga, cho‘chqalarda 1,039-1,059 kg/sm3ga, echkilarda 1,035­
1,049 kg/smJga teng bo‘ladi.
Eritrotsitlar ko‘payganda solishtirma og‘irlik oshishi ham, oshmasligi 
ham mumkin. Qonning 80% ga yaqin qismini suv, 20% ga yaqin qismini 
esa quruq moddalar tashkil qiladi. Qonning bir qator fizik-kimyoviy 
xususiyatlari plazmaning xossa va xususiyatlari bilan belgilanadi.

Download 14,15 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish