I BOB. QON VA LIMFA TIZIMI FIZIOLOGIYASI
Qon organizmning eng muhim to‘qimalaridan biridir. Qon,
limfa va
to‘qimaliar aro suyuqlik organizmning ichki muhitini tashkil qiladi.
Organizmning barcha to‘qima va hujayralari fizik-kimyoviy xossalari va
tarkibi nisbatan doimiy bo‘ladigan ana shu suyuqliklaming muhitidagina
normal yashay oladi.
Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar qoni uzoq davom etgan
evolyutsiya mahsulidir. Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo‘q. Ular
hayoti uchun zarur moddalami hujayra po‘sti orqali oladi,
chiqindi
keraksiz moddalami ham ana shu yo‘l orqali chiqarib tashlaydi. Zoologik
silsilaning pastki bosqichlarida turadigan hayvonlaming tomirlari ichida
suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning tarkibida oqsillar va boshqa
azotli moddalar kam bo‘ladi. Bir muncha yuqoriroq taraqqiy etgan
hayvonlarda gemolimfa paydo bo‘ladi. Gemolimfaning
tarkibi organik va
anorganik moddalarga boy bo‘lib, unda oqsillar va kislorodni biriktirib
tashiy oladigan pigment bor. Bu pigment gemolimfaga qizg‘ich rang
beradi. Issiq qonli hayvonlarda esa tarkibi murakkab, benihoya muhim
vazifalami bajara oladigan, o‘ziga xos xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan
suyuq to‘qima - qon paydo bo‘lgan. Qonning organizmdagi ahamiyati u
bajaradigan vazifalaridan kelib chiqadi. Qon quyidagi vazifalami bajaradi:
1. Transport vazifasi (funksiyasi). Qonning
bu vazifasi uning turli
parchalanib so‘rilgan moddalami - oqsillar, aminokislotalar, yog‘lar
(lipidlar), uglevodlar, mineral moddalar,
suvni organizmning barcha
hujayra to‘qimalariga tashib yetkazib beradi. Shuningdek hujayra va
to‘qimalarda hosil bo‘lgan chiqindi, keraksiz ziyonli moddalami
(metabolitlami) tegishli chiqaruv ayiruv organlariga tashib keladi.
2. Termoregulyatsiya funksiyasi - ya’ni issiqlik almashinuvida va
uning boshqarilishida ishtirok etadi. Ma’lumki organizmning turli organ va
to‘qimalarida moddalar almashinuvining darajasi bir xil emas. Modomiki
shunday ekan, turli organlarda issiqlik hosil bo‘lushi
ham bir xil
boTmaydi. Qon organizm bo‘ylab doimo harakatda boTib, tegishli
organlardagi ortiqcha issiqlikni olib boshqalariga beradi. Ortiqchasini esa
issiqlik uzatadigan organlarga - teri, o‘pka,
buyraklar va boshqalarga
yetkazadi. Shunday qilib, qon
organizm haroratining mo‘tadilligini,
doimiyligini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Qon hujayra va to‘qimalar
uchun fizik-kimyoviy muhitdir. Buning ma’noSi shundaki, qonning fizik-
kimyoviy ko‘rsatkichlari doimiy bo‘lib juda kam darajada o‘zgaradi.
Barcha hujayra va to‘qimalar faqat qonda va limfada mavjud bo‘lgan
muhitdagina yashay oladilar. Qon muhitning me’yoridan tashqari
36
o‘zgarishi hujayra va to‘qimalardagi jarayonlaming buzilishiga olib keladi.
Demak gomeostazni, ya’ni hujayra va to‘qimalardagi
suv va elektrolitlar
miqdorini o‘zgarmas holda saqlab turishida qon katta ahamiyatga ega.
3. Qonning himoya funksiyasi. Qondagi leykotsitlar - oq qon
tanachalari organizmga tushgan turli xil yot jismlar, zararli agentlami
(mikroorganizmlami)
o‘rab
olib po‘stidan
ajraluvchi
fermentlari
yordamida parchalab hazm qilib yuboradilar,
bu hodisa fogocitoz deb
ataladi (1883 yil I.I.Mechnikov kashf etgan). Bundan tashqari qon
zardobida oqsil tabiatli moddalar - antitanalar mavjud bo‘lib, ular ham
organizmni turli zararli agentlardan himoya qiladilar. Qonning yana uvish
xossasi ham bo‘lib u ham himoya vazifasini bajaradi.
4. Qonning ayiruv funksiyasi. Moddalar almashinuvini oraliq,
qoldiq
mahsulotlarini, turli xil bo‘yoqlari, zaharlami ayiruv organlariga tashib
yetkazib berib, ulardan organizmni tozalaydi.
5. Qonning korellyativ funksiyasi. Turli ichki endokrin bezlaridan va
to‘qimalardan chiquvchi gormonlar va fiziologik faol moddalar
(mediatorial) qon orqali turli funksiyalami boshqarishda ishtirok etadi.
Bu funksiyalar qon tomirlarida harakat qilib turganida ijro etiladi.