ERITROTSITLARNING CHO‘KISH TEZLIGI




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

ERITROTSITLARNING CHO‘KISH TEZLIGI
Stabillashtirilgan, antikoagulyantlar qo‘shib, ivimaydigan holga 
keltirilgan qon biror idishga solinib tik turg‘azib qo‘yilsa, bir necha 
vaqtdan so‘ng eritrotsitlaming idish tubiga cho‘kib qolganligining guvohi 
bo‘lamiz. Eritrotsitlaming cho'kish tezligi asosan plazmaning tarkibiga va 
xossalariga bog‘liq. Buni quyidagi misolda ko‘rsak bo‘ladi: tajribalarda 
bir erkak kishining eritrotsitlari ikkinchi erkak kishidan olingan 
qon 
plazmasiga 
solib qo‘yilganida bir soatda 
8
mm, o ‘sha eritrotsitlar 
homilador ayol qon plazmasiga solib qo'yilganida esa 54 mm tezlikda 
cho‘kkan. Homilador ayol eritrotsitlari o ‘z plazmasida 45 mm, erkak 
kishining qon plazmasida esa atigi 9 mm cho‘kkan. Umuman olganda 
eritrotsitlar quyidagi sabablarga ko‘ra cho‘kadi. Birinchidan, eritrotsit­
laming solishtirma og‘irligi plazmanikidan balandroq. Ikkinchidan, qon 
solingan probirka tik qoldirilganida uning eritrotsitlari agglyutinatsiyaga 
uchrab, bir-biri bilan yopishadi. Oqibatda ular vazni oshib, cho‘ka 
boshlaydi. Cho‘kayotgan eritrotsitlaming agglyutinatsiyaga uchrashiga 
plazmaning globulinlari, kalsiy ionlari sababchi bo‘ladi. Gap shundaki, 
odatda, tomirlarda oqayotgan qondagi eritrotsitlaming hammasi bir -
manfiy zaryad bilan zaryadlangan. Shu sababli ular bir-birini itarib harakat 
qiladi, natijada, qonda mutloq holda suzib yuradi. Cho‘kayotgan 
eritrotsitlar po'stiga globulin oqsillari, ayniqsa, fibrinogen va kalsiy ionlari 
o‘tirib qolishi, ulardan ayrimlarining zaryadi o ‘zgarib, musbat bo‘lib 
qoladi. Oqibatda qarama-qarshi zaryadlangan eritrotsitlar tezda bir-biriga 
yopishib agglyutinatsiyaga uchraydi va tez cho‘kib tusha boshlaydi. 
Eritrotsitlaming cho‘kish tezligiga qarab hayvonlar ikki guruhga bo‘linadi: 
eritrotsitlari tez cho‘kadigan hayvonlar - bir tuyoqlilar va eritrotsitlari 
sekin cho‘kadigan hayvonlar - juft tuyoqlilar. Har qaysi gumhga kiravchi 
turli hayvonlarda ham eritrotsitlaming cho'kish tezligini aniqlash uchun 
Panchenkov apparati (eritrotsitlari sekin cho‘kuvchilar uchun) va Nevodov 
probirkasidan(eritrotsitlari tez cho‘kuvchilar uchun) foydalaniladi.
52



Download 14,15 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish