LEYKOTSITLAR - OQ QON TANACHALAR1




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

LEYKOTSITLAR - OQ QON TANACHALAR1
B u la r r a n g s iz e r i t r o t s i t l a r g a n is b a ta n k a tta r o q ( d ia m e tr i 5 -2 0
m i k r o n g a te n g ) , h u j a y r a l a r b o ‘ lib , y a d r o v a p r o to p la z m a s i b o r. 
Q o n d a l e y k o t s i t l a r e r i t r o t s i t l a r g a n is b a ta n k a m r o q b o ‘ la d i. U la r
1 m m 3 h a jm d a g i q o n d a b ir n e c h a m in g d o n a g a y e ta d i, b u n i q u y id a g i 
j a d v a l d a k o ‘r s a b o ‘la d i:
8 -jad v al.
O d a m va h a y v o n la m in g 1 m m ’ q o n id a g i le y k o tsitla r so n i (m in g
liso b id a )
t/r
Jo n z o tla r
o ‘rta c h a
o ‘zg a rish
ch e g a ra si
1.
O d a m
4,5
4 ,0 -5 ,0
2.
O t
9,0
7 .0 - 1 2 ,0
3.
Q o ra m o l
7,0
4 , 5 - 1 2 , 0
4.
Q°‘y
8,0
6 , 0 - 1 4 ,0
5.
E ch k i
12,0
CD
T
о
00
6.
It
9,5
8, 5 - 10,5
L e y k o ts itla m in g o rg a n iz m d a g i a so siy v a z ifala ri:
1. 
F a g o tsito z , 
y a ’ni 
y o t 
m o d d a la rn i, 
tu rli 
z a h a rla rn i 
va 
m ik ro o rg a n iz m la m i y eb y e m irish (h a z m q ilish ).
2. T u rli k a sa llik la rg a q a rsh i a n tita n a c h a la r ish la b ch iq arish .
3. O q sil ta b ia tli to k sin la m i p a rc h a la sh v a c h iq a rib tash lash .
4. B io lo g ik fa o l m o d d a la r a jrata d i.
5 -rasm . T e rid a y a llig Lla n ish ja ra y o n in in g p a y d o b o ‘lishi v a 
le y k o sitla m in g h im o y a la n u v c h i a h a m iy a ti.
1 -b a k te riy a la r, 2 -tik o n , 3 - te r i, 4 - le y k o s it, 5 - q o n to m irla ri, 6 - a s a b
57


Oq qon tanachalari organizmda bo‘lib turadigan fiziologik 
jarayonlarning o ‘zgarishiga juda sezgir hujayralardir. Shuning uchun, ham 
leykotsitlaming soni organizmning turli holatlarida tez o ‘zgarib turadi. 
Organizmda leykotsitlar miqdorininig ko‘payishi leykotsitoz, kamayishi 
esa leykopeniya deyiladi. Leykotsitoz hodisasi organizm fiziologik 
holatlarining turli xildagi o‘zgarishlari natijasida va turli kasalliklar 
paytida kuzatiladi. Masalan, odam va hayvonlar oziqlangandan keyin 
qonida leykotsitlar miqdori ko‘payadi, shuningdek, hayvonning bo‘g‘ozlik 
davrida kuchli jismoniy ish bajarayotganida, dori ichganida va 
boshqalarda. Bular fiziologik leykotsitozlardir. Chunki bu paytlarda 
kuzatiladigan leykotsitoz vaqtinchalik hoi bo‘lib organizm uchun qonuniy 
normal hodisadir. Biroq, bir qancha patologik jarayonlarda, xususan, 
yallig‘lanish, jarohatlanishlarda organizmning patologik jarayonlarga 
qarshi javob reaksiyasi tarzida qonda leykotsitlar sonining ko‘payib ketishi 
m a’lum. Leykotsitlar amyobasimon harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. 
Ular kapillyar qon tomirlarining devori orqali to‘qima oralig'iga harakat 
qilib chiqishlari mumkin. Bunday oq qon hujayralariga sayor hujayralar 
deyiladi va bu holat-diapedez deb yuritiladi. Leykotsitlar bir necha xillarga 
bo‘linadi. Ular avvalo o ‘z protoplazmalarida turli donachalami saqlash 
yoki saqlamasligiga qarab donador leykotsitlar - granolotsitlarga va 
donasiz - agranulotsitlarga bo‘linadi. Donador leykotsitlar granulotsitlar 
o ‘zlarining tuzilishi va bo‘yoqlar bilan bo‘yalishiga qarab 
3 xilga -
Bazofil leykotsitlarga (ishqoriy bo'yoqlar bilan bo‘yaluvchilarga); 
eozinofillarga 
(kislotali 
bo‘yoqlar 
bilan 
bo‘yaluvchilarga); 
va 
neytrofillarga (ishqoriy va kislotali bo‘yoqlar bilan ham bo‘yaluvchilarga) 
bo‘linadi (
6
-rasmga qarang).
6-rasm. Qonning mikroskop ostida ko‘rinishi(rasmi):
1—trombostitlar, 2-eritrostitlar, 3-miolastitlar va yosh hujayralar, 4—bazofillar, 
5-ozofillar, 6-tayoqchayadrolilar, 7-segmintyadrolilar, 8-9 limfotsit,
58


7-rasm. Qonni tindirish bosqichi.
1-vena tomirlaridan endigina olib probirkaga quyilgan qon; 2 -b ir oz probirkada 
turgan qon; 3-sentri-fugalangandan so‘ng ikki qismga ajralgan qon (yuqoridagi 
rangsiz qismi qon zardobi —plazmasi, pastki quyuq qismi-qonning shaklli 
elementlari bor qismi)
Bazofillar diametri 11-17 mikronga teng dumaloq hujayralardir. 
Otlarda eng katta, qo‘ylarda eng kichik bo‘ladi. Protoplazmasida nisbatan 
yirik donachalar bor. Asosli b o ‘yoqlar bilan bo‘yalganda donachalari 
qaramtir - binafsha, yadrosi esa to ‘q binafsha rangga kiradi. Har xil 
turdagi hayvonlar bazofillarining yadrosi turli shaklda bo‘ladi. Jumladan, 
ot va cho‘chqa bazofillarining yadrosi to ‘yoqcha yoki nok shaklini 
eslatadi, odatda segmentlashgan bo‘ladi. Turli hayvonlar qonida 
leykotsitlarning 0,1 -0,4% ini tashkil qiladi. Bazofil donachalaming 
tarkibida qon ivishiga to'sqinlik qiluvchi geparin degan modda bor. 
Bazofillar turli yallig‘lanish jarayonlarining qaytish paytida ro‘y beradigan 
so'rilish va bitish hodisalarida m a’lum ahamiyatga ega deb faraz qilinadi.
Eozinofillar - dumaloq shakldagi hujayralar bo‘lib, diametri 8-12, 
otlarda esa 14-22 mikron keladi. Protoplazmasida yirik donachalari bor. 
Yadrosi bargsimon odatda segmentlashgan (bo‘g ‘im - bo‘g ‘imga 
bo ‘lingan) bo‘ladi. Segmentlashgan yadro ikkita, ayrim hollarda uphta- 
to ‘rtta b o ‘g ‘imdan tashkil topadi. Barcha kislotali bo‘yoqlar bilan 
protoplazmasi och-ko‘kish rangga, donachalari qizg‘ich-sariq rangga, 
yadrosi esa qo‘ng‘ir-binafsha rangga bo ‘yaladi. Turli hayvonlaming 
qonida eozinofillar leykotsitlarning 2-12% ni tashkil qiladi. Bular oqsil 
tabiatli toksinlami, organizm uchun yot oqsillami parchalashda, 
zararsizlantirishda ishtirok etadi.
Neytrofillar - neytral bo ‘yoqlar bilan bo‘yaladigan, diametri 9,5­
14,5 mikron keladigan dumaloq hujayralardir. Yoshiga, yadrosining 
shakli va bo‘yalishiga qarab to ‘rt sinfga bo'linadi:
59


a) Mielotsitlar - eng yosh neytrofil hujayralar bo‘lib, odatda qonda 
turli kasalliklar paytida uchraydi. Chunki juda yosh hujayralar b o ‘lgani 
uchun normada periferik qonda bo'lmaydi. Yadrosi yirik, dumaloq, ayrim 
hollarda esa shaklan loviyaga o‘xshaydi, binafsha rangga bo‘yaladi. 
Protoplazmasida och qizil, och ko‘k yoki tutun rangga bo‘yalib, mayda, 
qizg‘ich-sariq yoki qizg‘ich-binafsha donachalami saqlaydi.
b) Yosh hujayralar - hali etilmagan hujayralardir. Yadrosi binafsha 
rangga bo‘yaladi va ikki tomoni yugo‘nlashgan bo‘ladi. Qonda 0,5-1,0% 
atrofida uchraydi.
c) Tayoqcha yadroli hujayralar - yadrosi tayoqcha yarim oysimon, 
taqa shaklida bo‘ladi, ayrim hollarda shakli S harfini eslatadi; qaramtir- 
binafsha rangga bo‘yaladi. Protoplazmasi och-qizil rangga bo‘yalib, 
mayda qizg‘ich-binafsha donachalami saqlaydi. Qonda 3-10% atrofida 
b o ‘ladi.
d) Segment yadroli hujayralar - yadrosi rang jihatidan to‘yoqcha 
yadroli hujayralar yadrosi rangiga o ‘xshaydi, segmentlashgan bo'ladi. 
Turli hayvonlar qonida 18-60% atrofida uchraydi. Neytrofillar eng faol 
fagotsitlar bo‘lib bakteriyalami, mikroorganizmlami yeb yemirish, 
antitanachalar ishlash va organizm uchun keraksiz moddalami parchalash 
vazifalarini bajaradi. Donasiz leykotsitlar (agranulotsitlar), oz navbatida, 
ikkiga:
Limfotsitlar - dumaloq kattaligi 4-26mk. gacha boradigan 
hujayralardir. Yadrosi yumaloq, ayrim hollarda tayoqchasimon bo‘ladi, 
qaramtir-binafsha rangga bo‘yaladi. Protoplazmasi havorangda bo‘ladi. 
Limfotsitlaming eng xarakterli belgisi yadrosi bilan protoplazmasi 
orasida bo‘yalmagan oq zona - perinuklear zona mavjudligidir. 
Diametrining katta-kichikligiga qarab katta, o ‘rta va kichik limfotsitlar 
farq qilinadi. Limfotsitlar qonda 20-65% atrofida bo‘ladi. Bu hujayralar 
qonning eng plastik hujayralaridir. Ular monotsitlarga, makrofaglarga va 
gistiotsitlarga aylana oladi. Limfotsitlar yallig‘lanishdan keyingina 
tiklanish jarayonida ishtirok etadi. Monotsitlar yirik hujayralar bo‘lib, 
diametri 12-20mk.ga teng. Yadrosi odatda protoplazmasining chetida 
joylashadi, shakli o ‘zgaruvchan (dumaloq, oval, buyraksimon, taqasi- 
mon), ayrim hollarda segmentlashgan bo‘ladi. Protoplazmasi ko‘kish-kul, 
tutun rangga, yadrosi och binafsha rangga bo'yaladi. Qonda 1-7% 
atrofida bo‘ladi. Leykotsitlar turli xillarining bir-biriga foiz hisobida 
olingan nisbati leykotsitar formula deyiladi.
Leykotsitar formulani tibbiyot va veterinariya amaliyotida aniqlash 
juda katta ahamiyatga ega. Turli hayvonlarda leykotsitlar turli turlarining
60


o ‘zaro foiz nisbati turlicha bo‘lgani holda bir turga mansub 
hayvonlaming 
leykotsitar 
formulasi bir 
qadar turg‘un 
bo‘ladi. 
Organizmdagi hayot jarayonlari o ‘zgarganida leykotsitar formula ham 
o ‘zgarib qoladi. 
Shuning uchun leykotsitar formulasini aniqlab 
organizmda kechayotgan jarayonlaming o ‘zgarishi to ‘g ‘risida fikr 
yuritish mumkin.
9-jadval.
Odam va hayvonlar qonining leykotsitar formulasi:% hisobioda.

Download 14,15 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish