Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

QON HOSIL BO‘LISHI
Qon hosil bo‘lishini tushuntiradigan bir necha nazariyalar bor. Bu 
nazariyalaming 
ichida 
A.A.Maksimov 
asoslab 
bergan 
unitar 
nazariya(yagona) ko'proq e ’tirof qilinadi. Shu nazariyaga asosan qonning 
barcha shaklli hujayralari bir ona hujayra - gemotsitoblastlardan hosil 
bo'ladi deb tushuntiriladi.
Qon organizmning embrional davridayoq paydo bo'ladi. Homilaning 
ona qomida rivojlaninshining dastlabki davrlarida tomirlaming ichida 
asosan eritrotsitlar hosil b o iib boradi. Bu vaqtda sariq xaltaning 
mezenxima hujayralaridan gemotsitoblastlar birlamchi eritrotsitlar hosil
62


bo‘ladi. Bu davr angioblastik qon hosil bo‘lish davri deyiladi. Angioblastik 
qon hosil bo‘lish davrida paydo bo‘layotgan qon hujayralari ancha yirik 
bo‘ladi. Shu sababli, ular megaloblastlar yoki megalotsitlar deyiladi. 
Keyinchalik, embrionda qon hosil bo‘lishi, asosan jigar va bir muncha 
darajada taloq zimmasiga tushadi. Jigarda gemotsitoblastlar bir qancha 
bosqichlardan o ‘tganidan so‘ng, ulardan eritrotsitlar, donali leykotsitlar va 
megakariotsitlar hosil bo‘ladi. Limfotsitlar taloq va limfa tugunlarida 
qonning boshqa hujayralariga qaraganda kechroq hosil bo‘ladi. Bu 
organlarning mezenximasidan hosil bo‘layotgan gemotsitoblastlardan katta 
limfotsitlar bulardan esa o ‘rta va kichik limfotsitlar vujudga keladi. 
Embrionning talog‘i va limfa tugunlarida limfotsitlar bilan birgalikda 
eritrotsitlar va qon trombotsitlari ham hosil bo‘ladi. Bu organizmda 
eritrotsitlar, donali leykotsitlar va qon trombotsitlarining hosil bo‘lishi 
homilaning ona qomidagi hayoti oxirigacha davom etadi, xalos. 
Keyinchalik esa taloq va limfa tugunlarda faqat limfotsitlar hosil bo‘ladi. 
Ona qofnidagi hayotning ikkinchi yarmidayoq embrion jigarida qon hosil 
bo‘lishi 
to ‘xtaydi. 
Shu 
vaqtdan 
boshlab 
qon 
hosil 
bo‘lishida 
kumik(qizililik) ishtirok eta boshlaydi. Jumladan, bu organda eritrotsitlar, 
donali leykotsitlar va qon trombotsitlari hosil bo‘lib boradi. Shunday qilib, 
hayvon bolasi tug'ilgan paytdayoq talog‘i va limfa tugunlarida limfotsitlar, 
kumigida eritrotsitlar, donali leykotsitlar va trombotsitlar, organizm 
retikulo-endotelial tizimining barcha hujayralarida monotsitlar hosil 
bo‘layotgan 
bo‘ladi. 
Kumikda 
gemotsitoblastlaming 
bir 
qismi 
proeritroblastlarga, undan eritrotsitlarga aylanadi. Proeritroblastlar asosli 
bo‘yoqlar bilan b o ‘yalganligi sababli bazofil eritrotsitlar ham deyiladi. 
Eritroblastlaming yadrosi kichrayib bo‘yalishi ham o‘zgara boshlaydi, 
tarkibida gemoglobin moddasi paydo bo‘la boshlaydi. Oqibatda 
eritroblastlar polixromatofil 
va 
oksifil 
normoblastlarga 
aylanadi. 
Keyinchalik normoblastlaming tarkibidagi yadrosi butunlay so‘rilib ketib, 
o ‘rnida ozroq bazofil modda qoladi. Bunday hujayralarga retikulotsitlar 
deyiladi. Retikulotsitlar kumikdan qonga chiqariladi. Tarkibidagi bazofil 
moddasi yo‘qoladi va oqibatda eritrotsitlarga aylanadi. Bu jarayonlaming 
hammasi bir necha soatda yuz beradi. Ayrim hollarda oksifil normoblastlar 
rekikulotsitlarga aylanmasdan, bevosita eritrotsitlarga ham aylanishi 
mumkin. Eritrotsitlarning hosil bo‘lishi uchun vitamin B
t2
va folat kislota 
zarur. Vitamin B
12
hayvon organizmiga ozuqalar bilan birgalikda kiritiladi. 
Ammo bu vitamin ovqat hazm qilish tizimi devoridan mukoproteid -
gemoproetin degan maxsus modda ajralib tugandagina qonga so‘rilishi 
mumkin. Agarda bu modda ovqat hazm qilish tizimi devoridan ishlab
63


chiqarilmasa, vitamin B
]2
qonga so‘rilishi buziladi va eritrotsitlaming hosil 
bo'lishi sekinlashib va to‘xtab ham qoladi. Kumikda gemotsitoblast 
hujayralarining ikkinchi qismi mieloblastlarga aylanadi. Mieloblastlardan 
eozinofil, bazofil va neytrofil promielotsitoblastlardan hosil bo‘ladi. 
promielotsitlardan mielotsitlar, ulardan esa eozinofillar, bazofillar va 
neytrofillar hosil bo‘ladi. Kumik va taloqdagi gigant hujayralar -
megakariotsitlardan 
trombotsitlar 
hosil 
bo'ladi. 
Limfa 
bezlarida 
gemotsitoblast 
hujayralari 
limfotsitlarga, 
undan 
prolimfotsit 
va 
limfotsitlarga aylanadi.
Monotsitlaming. hosil bo‘lishi to‘g ‘risida olimlar haligacha bir fikrga 
kelishganlari yoq. Limfadan qon hosil bo‘lishini dualistik nazariya asosida 
tushuntiruvchi olimlar (Erlix) monotsitlar kumikda mieloblastlardan hosil 
bo‘ladi deb tushuntirsa, unitar nazariya tarafdorlari monotsitlar qonning 
shaklli hujayralari hosil bo‘ladigan barcha organlarda, jumladan, kumikda, 
taloqda, limfa tugunlarida va biriktiruvchi to‘qimalarda (teri osti 
kletchatkasida, qon tomirlarining adventitsiyasida) hosil bo‘ladi deb 
tushuntiradilar. Yosh hayvonlaming organizmida qon hosil bo‘lishi keksa 
hayvonlardagiga qaraganda ancha tez kechadi (
8
-rasm).

Download 14,15 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish