ishqoriy tomon siljishi kompensasiyalanadi va ph odatdagiday o‘zgarmay
qoladi. Bunday holat qonda bikarbonatlar miqdorining ortishi bilan
birgalikda kechadi va kompensatorli alkoloz holatini yuzaga keltiradi.
Agarda qonning ph-ni doimimyligini u yoki bu sabab bilan saqlash
imkoni bo‘lmasa, hayot uchun juda xavfli kompensasiyalanmaydigan
asidoz yoki alkaloz yuzaga keladi.
Jamlangan kislotalar miqdori ortib ketib, karbonatli bufer tizimi
kislota-ishqorli muvozanatni ta’minlash imkoniyatini bajarolmay qolsa, bu
paytda jiddiy buferlik ahamiyatini fosfatli tizim egallaydi. Kislotalar ikki
asosli fosfoming natriyli va kaliyli achchiq tuzlari bilan aloqada bo‘ladi,
qaysiki ushbu holatga taalluqli tuzlar va bir asosli fosfor kislotasining
natriyli yoki kaliyli achchiq tuzlari hosil bo‘ladi.
Na
2
HP
0 4
+H
2
C
03
N aH C 0
3
+NaH
2
P 0
4
Bir asosli natriy fosfat yoki kaliy fosfatlar dissosialanganda yana
vodorod ionlari hosil bo‘ladi, lekin ulaming konsentrasiyasi erkin
kislotalar mavjud bo‘lgandagidan ancha kam boiadi.
Tarkibida kislotali va ishqoriy guruhlami mavjudligi tufayli amfoterli
reaksiyalar bemvchi qon oqsillari ham buferlik xususiyatiga ega. Kislotali
muhitda oqsillar vodorod ionlarini biriktirib oladi va ular ishqorlar sifatida
dissosiyalansa, ishqoriy muhitda esa gidroqsil ionlarini biriktirib oladi,
ulami kislota sifatida dissosiyalaydi. Masalan, ko‘mir kislota oqsillardagi
natriy yoki kaliy ionlarini o ‘ziga oladi va bikarbonatlar hosil qiladi:
ishqorlar ko‘p bo‘lganida yuqoridagi reaksiyani
teskarisi kuzatiladi.
Natijada ph-ning siljish imkoni juda kam kamayadi.
Issiq qonli hayvonlar qoni sovuq qonli hayvonlar qoniga nisbatan
juda yuqori buferlik xususiyatiga ega. Ayniqsa, uzoq muddat kuchli
faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lguvchi sut emizuvchilarda buferlik xususiyati
juda yuqori.