|
Mavzu: Sezgi turlari va uning qonuniyatlari. Reja: Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha
|
bet | 1/5 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 17,27 Kb. | | #253539 |
Bog'liq Mavzu Sezgi turlari va uning qonuniyatlari. Reja Sezgi to\'g\'ri Mavzu: Sezgi turlari va uning qonuniyatlari. Reja: 1. Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha. 3. Sezgining neyrofiziologik asoslari 4. Sezgi turlarining psixologik tavsifi
Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha. Jahon psixologiyasi fani ma'lumotlarining ko'rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo'zg'atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta'sir etishi orqali mavjud olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini, shuningdek, inson organizmining ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat'iy nazar, sezgi organlariga ta'sir qilish natijasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar sifatida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko'rinishini, ularning xossalarini olziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida biladi. Sezgilar to'g'risidagi ilmiy ta'limotlarga ko'ra narsa va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o'zi esa tashqi va ichki qo'zg'atuvchilarning sezgi a'zolariga ta'sir ko'rsatishining mahsulidir. Ma'lumotlarga qaraganda, sezgilar moddiy borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in'ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko'rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo'lsa, ular xuddi shundayligicha o'zgarishsiz aks ettiradi. Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo'zg'atuvchining o'ziga mutlaq mos bo'lgan analizatorlar ta'siri natijasida yuzaga keluvchi asab jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziolog va psixologlar-ning ta'limotlariga ko'ra, analizator uch o'zaro uzviy uyg'unlikka ega bo'lgan tarkibiy qismlardan iborat. Sodda qilib aytganda, mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikda tuzilgandir: 1.Tashqi kuch-quvvatni asab jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya'ni retseptordan; 2.Analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog'lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o'tkazuvchi asab yo'llaridan; 3.Periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po'stlog'idagi qismlaridan iboratdir.
|
| |