Organizmning yaxlitligi va uning hayot sharoitlarini ta’minlanish
jarayonlarida bir necha a’zolar tizimining faoliyati tanlanib birikadilar.
Bunday vaqtinchalik a’zolar tizimining birikishi - funksional birikish deb
ataladi. Masalan, xulq-atvor aktlarida asab tizimi, harakat apparatlari,
yurak-tomirlar va nafas tizimlari funksiyalari birikadi. Funksional tizimlar
a’zolar tizimidan organizmning uning talab darajasiga qarab o‘zgaruvchan
turli-tuman funksiyalami bajarilishida ishtirok etishi bilan farq qiladi.
Organizmning a’zolari va funksional tizimlari uning tinimsiz
o‘zgamvchan atrof muhitdagi hayotining rivojlanishini ta’minlashda,
yagona funksiyani bajamvchi yaxlit jonzot bu organizmdir. Bu funksiya
tashqi sharoitni jiddiy o'zgarishiga qaramasdan, asosan asab tizimi
ta’sirida ma’lum chegarada o‘zgamvchan, nisbatan doimiy o‘rtacha
darajaga qaytuvchi barcha a’zolar, a’zolar tizimi va funksional tizimning
nisbatan mustaqil faoliyatidir. Organizm ichki a’zolar funksiyalarini
nisbatan dinamik doimiyligini va ichki muhitni tashkil qiluvchi
suyuqliklaming biokimyoviy tarkibini bir xilda saqlanishini ta’minlab
turadi, bu gomeostaz deb ataladi.