INTERORETSEPTORLAR (lCHKI ANALIZATORLAR)




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

INTERORETSEPTORLAR (lCHKI ANALIZATORLAR)
Organizmning 
barcha 
ichki 
organlarida, 
qon 
tomirlarining 
devorlarida turli- tuman retseptorlar joylashgan. Bu retseptorlar 
organizmning ichki qismida joylashgani uchun 
ular interoretseptorlar 
deyiladi. Interoretseptorlaming bir necha xillari bor (baroretseptorlar, 
ximoretseptorlar, osmoretseptorlar). Organizmning turli organlarida va qon 
tomirlaridagi shu interoretseptorlar tegishli ta’sirotlardan doimo qo‘zg‘alib 
turadi. Hosil boigan qo‘zg‘alish markazga intiluvchi nerv tolalari orqali 
markaziy asab tizimining turli qismlariga uzatiladi va tegishli reflektor 
reaksiya yuzaga chiqib, organ 
yoki 
qon tomirlarining faoliyatini 
organizmning ehtiyojiga moslab, boshqarib boradi. Ichki organlar 
fiziologik tinch holatda boiganda ham retseptorlardan bir qator sekin
423


impulslar m ^ k a z iy asab tizimiga borib turadi, shu bilan tegishli organ 
yoki qon torr»irning faoliyati to ‘g ‘risida markaziy asab tizimini xabardor 
qilib boradi. Ichki organlar va qon tomirlar faoliyatining shartli reflektor 
yo‘l bilan h am boshqarilishi ulaming regulyatsiyasida po‘stloq ham 
ishtirok 
etishi^an 
darak beradi.
PROPHIORETSEPTORLAR (MUSKUL - BO‘G‘IM YOKI
HARAKAT ANALIZATORLAR1)
Skelet 
muskuUari, pay va bug‘imlarning yuzasida muskullar 
qisqarganda y o k i tonusi o ‘zgarganda qo‘zg‘aladigan retseptorlar bor. Bular 
proprioretseptorlar deyiladi. Proprioretseptorlar vestibulyar apparat, teri 
retseptorlari singari tananing fazoda muayyan vaziyatni egallashida va 
muskullaming ish faoliyatida katta ahamiyatga ega. Muskullaming 
qisqarishi, xilm a-xil harakatlami keltirib chiqaradi, shu sababli bular 
harakat 
analizatori 
deb ham yuritiladi. Harakat analizatorining periferik 
qismi, y a’ni retseptor apparati xilma-xil tuzilishga ega. Jumladan, harakat 
analizatorining muskullarda joylashgan retseptorlaridan biri - muskul 
yoylari shakla*1 urchuqqa uxshagan, nihoyatda yuksak differenciallashgan 
retseptor tuzil*11^ ^ bo‘lib, har qaysisi ingichka, nozik tolalardan tashkil 
topgan. 
Muskul 
yoylari tegishli afferent va efferent nerv tolalari bilan 
tutashgan. Paylarda harakat analizatorining ikkinchi xil retseptorlari - 
Goldji tanachalari bor. Pachchini tanachalari deb yuritiladigan proprioret- 
septorlaming uchinchi xili chandirlar va bug‘imlaming yuzalarida bo‘ladi. 
Muskullar qisqarishidan oldin muskul yoylari, Goldji va Pachchini 
tanachalari q o ‘zg‘aladi. Hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish markazga intiluvchi 
nerv tolalari orqali markaziy asab tizimiga, eng oxirida esa, miya 
po‘stlog‘iga uzatiladi. Shu qo‘zg‘alish qayta ishlanganidan keyin 
muskullar 
t e g i s h l i c h a
qisqarib, harakat jarayonlarini yuzaga chiqaradi. 
P r o p r i o r e t s e p t o r l a r
tufayli markaziy asab tizimi muayyan vaqtda muskullar 
qay holatda ekanligi to‘g ‘risida axborot beruvchi impulslami olib turadi. 
Bu nerv impulslari markaziy asab tizimining tegishli qo‘yi qismlarida, 
keyin miya po‘stlog‘ida analiz va sintez qilinadi. Hosil bo‘lgan javob 
reaksiyasi 
muskul 
larga yetib keladi va ulaming ayni paytdagi faoliyat 
darajasini belgilaydi. Organizmda kuzatiladigan xilma-xil harakatlar shu 
tariqa murakkab koordinatsiyalanib, uyg‘unlashib boradi. Harakat 
analizatori ko‘rish, eshitish analizatorlari bilan chambarchas boglangan 
holda 
i s h l a y d i -
Bu analizatorlaming hammasidan po‘stloqqa boradigan 
nerv impulslari o ‘zaro m a’lum munosabatda bo‘ladi. Ular birga qushilib, 
xilma-xil shartli reflekslar hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
424



Download 14,15 Mb.
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTERORETSEPTORLAR (lCHKI ANALIZATORLAR)

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish