HID BILISH MEXANIZMI
Hidni sezish uchun turli-tuman hidli moddalaming molekulalari
nafasga olinadigan havo bilan burun bo‘shlig‘iga kirishi va yuqoriga
ko‘tarilib, hid bilish soxasidagi retseptorlami qo‘zg‘atishi kerak. Odam
tez-tez va chuqur nafas olsa, hidli moddalarning molekulalari havo bilan
hid bilish sohasiga tez va ko‘p yetib boradi, oqibatda retseptorlami
kuchliroq qo‘zg‘atadi. Hid sezish retseptorlarining qo‘zg‘alish darajasi
hidli moddaning xarakteriga, kimyoviy strukturasiga, havodagi konsentra-
tsiyaga va retseptorlaming flziologik holatiga bog‘liq. Hidli moddalaming
ta ’siri tufayli hid sezuvchi retseptorlaming qo‘zg‘alishi markazga
intiluvchi nerv tolasi orqali markaziy asab tizimidagi hidlov traktining
oldingi qismiga, u yerdan bodomsimon yadroga va oxirida bosh miya
yarim sharlarining po‘stlog‘iga uzatiladi. Nerv impulsiga aylangan
qo‘zg‘alish miya po‘stlog‘ida analiz va sintez qilinib, tegishli hid sezgisini
keltirib chiqaradi.
Po‘stloqning hid bilish analizatori qismiga boradigan bu asosiy
y o ‘ldan tashqari hidlash traktining oldingi qismida joylashib, ikkinchi
neyron aksonlarini oraliq, orqa va o ‘rta miyaning turli yadrolari bilan
boglab, turadigan yo‘llar ham bor. Hid sezish retseptorlarining ta’sirlanishi
tufayli yuz beradigan harakat va sekretor reaksiyalar ana shu yoMlar
ishtiroki bilan yuz beradi. Hid sezish retseptorlari adaptatsiyalana oladi.
420
Shu sababli hidli moddaning havodagi konsentratsiyasi
kaUa bo igan
binoda bir necha vaqtgacha bo‘lgan odam shu hidni kam sezadigan b o iib
qoladi. Hozircha hidlarning aniq klassifikatsiyasi yo‘q. Xenning hidli
moddalaming kimyoviy strukturasiga qarab barcha hidlami klassifikatsiya
qilishni taklif qildi. Ammo tekshirishlarda muayyan strukturaga ega
b o igan moddalaming turli hid taratishi mumkinligi m aiu m boidi.
Keyinchalik D.Eymur turli-tuman hidlarni o‘rganib, asosan 7 xil hid
borligini (kamfora hidli, gul hidli, efir hidli, o ‘tkir hidli, chirik hidli va
boshqalar) va bu hidlarning hidli modda molekulalarining shakliga
bogiiqligini aniqladi. Ammo hidning modda molekulasi bilan birga
elektrik holatiga ham b o g iiq b oiish i keyinchalik isbotlandi. Chunonchi,
molekulalari elektr manfiy b oigan moddalaming o ‘tkir, elektr musbat
boiganlari esa, chirik hid taratishi aniqlandi. Biroq, hidlarning bu xildagi
klassifikatsiyasi ham nisbiy b o iib , haqiqatda uchrashi mumkin b o igan
hid xillarini to ia qamrab olmaydi.
61-rasm. 1-Hidlov miya.
Hozirgi vaqtda hid sezishni tushuntiradigan ikkita nazariya bor.
Birinehi kimyoviy nazariyadir. Bu nazariyaga ko‘ra, hidli moddalar
muayyan molekulalardan tashkil topgan, y a’ni hidli har bir moddaning
molekulasi o ‘ziga xos tuzilishga ega. Shu sababdan hidli har bir
moddaning molekulasi hid sezuvchi retseptorlaming o ‘z tuzilishiga mos
keladigan xilini qo‘zg‘atadi. Oqibatda shu moddaning hidiga xos reaksiya
yuz beradi. Ikkinchi nazariya fizikaviy nazariyadir. Bu nazariyaga ko‘ra,
muayyan hidni bilish hidli moddadan tarqaladigan elektromagnit
toiqinlariga bogiiq. Har ikkala nazariya ham hid bilish mohiyatini to ia
tushuntirib berolmaydi. Hid bilish sohasidagi epiteliy hujayralar oqsillari
sulfgidril guruhining hid bilishda katta ahamiyatga ega ekanligi keyingi
vaqtda aniqlandi. Har xil hidli moddalar sulfgidril guruhini tegishlicha
o‘zgartiradi va shunga ko‘ra, sezuvchi retseptor qo‘zg‘alganda paydo
boiadigan impulslaming xarakteri ham moddaning hidiga guyo mos
tushadi.
421
|