• 2-rasm. Yengil avtomobil
  • -rasm. Yuk avtomobilining dvigateli va shassisi




    Download 18,18 Kb.
    bet2/4
    Sana13.01.2024
    Hajmi18,18 Kb.
    #136586
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Ramaning vazifasi tuzilishi va turlari ramaga texnik xizmat ko’r-fayllar.org

    1-rasm. Yuk avtomobilining dvigateli va shassisi;
    1-dvigatel, 2-ilashma, 3-uzatmalar qutisi, 4-rul boshqarmasi, 6- orqa etaklovchi ko’prik (most), 7- rama, 8-ressor, 9-g’ildirak, 10- yonilg’i baki, 11-amortizator, 12- oldingi ko’prik.
    Boshqarish me[anizmlari rul boshqarmasi va tormoz tizimidan iboratdir. Rul boshqarmasi oldingi g’ildiraklarni kerakli burchakka burib, avtomobilning harakatlanish yo’nalishini o’zgartirish uchun xizmat qilsa, tormoz tizimi esa avtomobilning tezligini kamaytirish, uni to’xtatish va o’z o’rnida tutib turish kabi vazifalarni bajaradi.
    Avtomobil kuzovi haydovchi va yo’lovchilarni hamda yuklarni joylashtirishga mo’ljallangan. Yuk avtomobillarining kuzovi- kabina va yuk platformasidan iborat. Yengil avtomobillar kuzovi bir vaqtning o’zida yo’lovchilar va yuklarni joylashtirishga hamda dvigatel, transmissiya agregatlarini, yurish qismi va boshqaruv me[anizmlarini mahkamlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
    2-rasm. Yengil avtomobil:
    1-dvigatel, 2-kuzov, 3-yonilg’i baki, 4-orqa ressor, 5-orqa yetaklovchi ko’prik, 6-kardanli uzatma, 7-uzatmalar qutisi, 8-ilashma muftasi, 9-amortizator.
    Avtomobilning uch asosiy qismini o’zaro joylashuviga qarab: avtobus, yengil va yuk avtomobillari turli xil komponovkfli bo’ladi. Yuk avtomobillarining barcha komponovkalarida dvigatel va haydovchi kabinasining bir-biriga nisbatan joylashishi alohida ajralib turadi. Hozirgi paytda kapotli va kapotsiz komponovkalar ko’p tarqalgan.
    Kapotli komponovka (ZIL-130 avtomobili) avtozavodlarda uzoq yillardan beri qo’llanib kelinmoqda. So’nggi yillarda bu xildagi komponovkaning asosiy kamchiliklari, ya’ni haydovchi uchun atrofni ko’rishning yomonligi va massaning o’qlarga notekis taqsimlanganligi namoyon bo’lmoqda. Dvigatel qisman yoki to’la haydovchi kabinasiga joylashtirilgan kapotsiz komponovkaga nisbatan samarasiz hisoblanadi (MAZ va KamAZ), chunki massaning o’qlarga taqsimlanishi va haydovchining atrofni ko’rishi yaxshilanadi, ammo dvigatelga xizmat ko’rsatish qiyinlashadi. Yengil avtomobillarning komponovkalarida asosan, dvigatelning oldinda yoki orqada joylashganligi hamda oldingi yoki orqa g’ildiraklarni yetaklovchi bo’lganligi ajralib turadi. Dvigatel kuzovining old qismida joylashtirilib, orqa g’ildiraklari yetaklovchi bo’lgan komponovka klassik hisoblanadi hamda orqa yuritmali komponovka deyiladi. Bugungi kunda old yuritmali komponovka keng ommalashmoqda. Bunday komponovkalarda ham dvigatel kuzovning old qismida joylashtiriladi, ammo boshqariladigan oldingi g’ildiraklar yetaklovchi bo’ladi. Old yuritmali komponovkalarning asosiy afzalligi, ular yordamida avtomobil massasini 10 foizga kamaytirish hamda dvigatelni, transmissiya agregatlarini va yo’lovchilar o’rindiqlarini qulay joylashtirish imkoniyati tug’iladi. Ularning kamchiligiga to’xtalib, boshqariladigan oldingi g’ildiraklarga harakatni uzatish mexanizmlar konstruksiyasining texnologik jihatdan murakkab ekanligini aytib o’tish mumkin. Avtobuslar uch xil komponovkada tayyorlanadi: dvigatel old qismida joylashgan, dvigatel orqada joylashgan hamda dvigatel pol ostida joylashgan holda

    Download 18,18 Kb.
    1   2   3   4




    Download 18,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Yuk avtomobilining dvigateli va shassisi

    Download 18,18 Kb.