• KIRISH 1. Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish va uning turlari. ASOSIY QISM
  • Strategik menejment




    Download 53,19 Kb.
    Sana17.12.2023
    Hajmi53,19 Kb.
    #121084
    Bog'liq
    biznes 1


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYLAR
    VAZIRLIGI
    MUXAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    “STRATEGIK MENEJMENT” FANIDAN
    MUSTAQIL ISH

    Mavzu: Biznesni rejalashtirish va bashorat qilishning obektiv


    zaruriyati
    Bajardi: 105-23-guruh talabasi
    Pardaboyeva Xusnora

    Qabul qildi: Shakarov K.


    TOSHKENT 2023
    Mavzu rejasi:



    1. KIRISH

    1. Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish va uning turlari.




    1. ASOSIY QISM



    1. Biznes-rejaning mohiyati, mazmuni, xamda uni ishlab chiqish.

    2. Biznes-rejani tayyorlash va biznesni bashorat qilishning zaruriyati

    3. Biznes rejaning asosiy bo’limlari, rejalashtirishning asosiy elementlari tahlili va uni bashorat qilishning afzallik va kamchiliklari

    4. Rejalashtirishning bosqichlari mazmuni va mohiyati



    1. XULOSA



    1. Umumiy xulosalar va takliflar

    2. Foydalanilgan adabiyotlar

    KIRISH
    Xar qanday korxona o’zini faoliyat yo’nalishidan qatʼiy nazar rejalashtirish bilan shug’ullanish kerak. Rejalashtirish deganda korxonani aniq kelajakdagi maqsadini aniqlash, ularni amalga oshirish usullarini tahlili va resurslar bilan taʼminoti tushuniladi.


    Tadbirkor faoliyatini rejalashtirish ko’pgina afzalliklarga ega:

    • u rahbar va mutaxxasislarni doimo kelajak uchun fikrlashga rag’batlantiradi;

    • rejalarni ishlab chiqarish va bajarish jarayonida korxona tomonidan qilinayotgan ishlarni aniq muvofiqlashtirish amalga oshiriladi;

    • u tashkilot o’z vazifalarini aniq belgilashga majbur qiladi;\

    • rejalshtirish tashkilotlarni to’satdan boʼladigan uzgarishlarga tayyor kiladi, mansabdor shaxslar vazifalarini, oʼzaro munosabatlarini ko’rgazmali ravishda namoyon kiladi.

    F. Kotlerning fikricha, istiqbolni rejalashtirish bu firmalar maqsadlari, uning marketing soxasidagi potentsial imkoniyatlarni va imkonlar orasidagi strategik muvofiklarni qo’llashni taqqoslovchi boshkaruv jarayonidir. Yangi qonun chiqaruvchi xujjatlarni koʼrsatib o'tilganki, korxona o'z faoliyatini mustaqil xolda rejalashtiradi va rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqarish maxsulotlar, ishlar, xizmatlarga extiyoj va korxona ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishni taʼminlash zaruriyati, uning xodimlari shaxsiy daromadlarni oshishi kelib chiqqan xolda belgilaydi.Tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi korxona rejani ishlab chiqishda quyidagilarga eʼtibor berishlari kerak: Maqsadlar va vazifalarni belgilash. Bozorga o'tish sharoitida mustaqil xoʼjalik subʼektlari boʼladi va rivojlanishni o'z-o'zini mablag'lar bilan taʼminlash uchun yetarli boʼlgan foyda olish maqsadida maxsulotlar ishlab chikarish va sotish, bozordagi ulushni ustirish yoki saqlab qolish, avvalgi davrga nisabatan maxsulotlarni sotish yoki ishlab chiqarishni o'sishini taʼminlashni amalga oshiradi. Hammadan ilgari moddiy, moliyaviy va mexnat resurslariga boʼlgan extiyojlarni aniqlash va uning tuzilishini muvofiqlashtirish talab etiladi. Faoliyat turini tanlashni va samaradorligini baholashni foydaning asosiy jamgarmalar va aylanma mablaglarga munosabati boʼlib, amalga oshirish maqsadga muvofiq. Mutanosiblik oʼrganish. Rejani ishlab chiqishda koʼrsatkichlarni barobarlashtirilganligini taʼminlashni talab qiladi. Shaxsiy aylanma mablag'larni ularning yig'ini mikdoridagi eng oz ulushini, MTB rivojlanishini transport xizmatlari bilan taʼminlanishi va xokazolarni aniqlash muxim axamiyatga ega.Iqtisodiy extiyojlarni tuliq taʼminlash va foyda omiliga karatilgan iqtisodiy va tashkiliy texnik choralarini aniqlash yoki belgilangan maqsadlarga erishish yullari va vostialar haqida boradi. Rejani bajarilishini nazorat qilish. Rejani bajarilishini doimiy o'z vaqtida tekshirish iqtisodiy jarayonni maqsadga muvofiq rivojlanishni taʼminlash, uz vaqtida kamchiliklarning oldini olish, ilgor tajribalarni qullash va samaradorlikni aniklashga yo'naltiriladi.
    Strategik rejalashtirishning tarkibiy tuzilishidan ko'rinib turibdiki, strategik rejalashtirish asosida avvalo maqsad va vazifalar bilan bir katorda strategiya mushtarak xal etiladi. Keyingi bosqichda joriy va strategik dasturlarni tuzish orkali byudjetni rejalashtirish va uni ruyobga chiqarish tadbirlari amalga oshiriladi.
    Rejalashtirishning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi:
    -bashorat qilish;
    -vazifani qo’yish (umumiy vazifalarni shakllanishi, bashorat asosida kelib chikadi);
    -rejani to’g’irlash (bajarilish muddati aniqlanadi)
    -byudjetni tuzish (byudjetning son ko’rinishidagi rejasi bo‘lib, daromadlar va xarajatlar balansi pul va natural ko’rinishda);
    -rejani aniqlashtirish (yakunlovchi bosqich- kuyi buginlarga Qabul Qilingan Qarorlar tarkatiladi va rejani amalga oshirish boshlanadi).
    Rejalashtirishning bosqichlari va uning turlari.
    Rejalashtirish jarayoni uch bosqichni uz ichiga oladi:

    • Strategik muammolarni tahlili.

    • Faoliyatni kelgusi sharoitini bashorat qilish va vazifalarni aniqlash.

    • O’z imkoniyatlarini optimal variantini tanlash.

    Firmaning istiqbolini tahlil kilishda asosiy tashki xavf-xatarlar, imkoniyatlar, “favqulotda” xolatlarni vujudga kelishi va ularni bartaraf etish imkoniyatlari hal etiladi. Birinchi bosqichda korxona ish yuritadigan bozorda tahlil kilinadi. Tahlil ikki tmonlama bo‘lib, bozor muxitidagi pozitiv va negativ xolatlar haqida uylash kerak bo‘ladi.Shuni xisobga olish kerakki, tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida bir muammoga ruxsat etilishi bilan boshqasi kelib chikadi. Extiyoj va xaridor xohishi uzgaradi, fan-texnikani yangi yutuqlari joriy etiladi, ishlab chikarishning rivojlanish darajasi o’sadi, bozor va raqobatchilar strategiyasi o’zgaradi, moliyaviy qiyinchiliklar tugiladi. Shuning uchun uz faoliyatini 1-5 yillarga bashorat kilishga harakat kiladi.
    Ikkinchi bosqichda, korxonaning ichki imkoniyatlarini aniqlash zarur. Bu o’rinda korxonani bozor muhitini o’zgarishiga qarab ishlab chiqarishdagi, bozordagi, iqtisodiyetdagi, boshqarishdagi, resurslardagi korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlari aniklanadi. Shular asosida maqsadga erishishdagi eng muxim vazifalari aniqlanadi. Bu bosqichda firmaning qaysi yo’nalishlarida “raqobatchilik stretegiyasini takomillashtirib, firmani yalpi ish faoliyatini Qanday yaxshilash mumkin?” degan savolga javob topiladi.
    Uchinchi bosqichda uch muhim ko‘rsatkich tahlil qilinadi:

    Ishlab chiqarish dasturini assortiment tuzilishi.
    Bu bosqichda firmaning turli faoliyat yunalishlari bilan istiqbolini qiyoslash, tanlangan strategiyani amalga oshirishda turli faoliyat yunalishlari bo’yicha prioritet va resurslarni taqsimlash asosiy o’rin egallaydi. Rejalashtirishning quyidagi turlari mavjud bo‘lib, ular:
    - uzoq muddatli rejalashtirish;
    - o’rta muddatli rejalashtirish;
    - qisqa muddatli rejalashtirishdir.
    Korxona faoliyatini rejalashtirishda muxim maqsad bo‘lib, tovarlarni sotish xajmi, foyda va bozordagi ulush hisoblanadi. Uzoq muddatli rejalashtirish 3 yoki 5 yillik muddatni o’z ichiga oladi. Dunyo amaliyetida uzoq muddatli rejalashtirish keng qo’llaniladi. Xorijda, masalan, Yaponiyada yirik korporatsiyalarning 70 - 80% uzoq muddatli rejalashtirishdan foydalaniladi. Uzoq muddatli rejalashtirish uz ichiga urta va qisqa muddatli rejalashtirishni ham oladi. Uzoq muddatli rejalashtirishda “maxsulot-bozor” yangi strategiyalari ishlab chikiladi. “Maxsulot bozor” yangi strategiyasini axtarish uz ichiga yangi ishlab chiqarishni rivojlanish imkoniyatlari tahlilini, vertikal integratsiyalarni, xorijiy filiallarni tashkil etishni o’z ichiga oladi. Ushbu bosqichda ishlab chiqarishni kengaytirish va xarajatlarni kamaytirish variantlari o’raganiladi. O’rta muddatli rejalar, odatda 2 yoki 3 yillarga tuziladi. O’rta muddatli rejalashtirishda raqiblarni kurash strategiyalarni uzgarishi va nomenklaturani uzgarishi natijasida xar bir maxsulot guruxi uchun rejalar tuziladi. O‘rta muddatli rejalarni qabul qilish jarayoni uch bosqichni o’z ichiga oladi:

    1. O’zining maxsus maʼlumotlari asosida uz ishini bashorat qilish;

    2. Bashoratlar solishtiriladi;

    3. Korxona rahbariyati o’z ishini umumiy ko’rinishini ishlab chiqaradi va yuqori tashkilotga beriladi.

    Qisqa muddatli rejalashtirish 1 yilga, yarim yilga, oylarga mo’ljallangan bo‘ladi. Qisqa muddatli rejalar 1 yilga ishlab chiqarish hajmi, foydani rejalashtirishni o’z ichiga oladi. Byudjetlar rejalashtirish tizimining muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. Byudjet o’z ko’rinishicha xarajatlar va daromadlar rejasini ko‘rsatib beradi. Byudjet qiymat va natural kurinishda bo‘lishi mumkin.
    Byudjetning ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin:
    - kapital xarajatlari byudjeti;
    - joriy operatsiyalar byudjeti.
    Kapital xarajatlar byudjeti uzoq muddatli rejalashtirishni baxolash va nazorat kilish uchun ishlatiladi. Joriy operatsiyalar byudjeti xar kungi ishlab chikarish va sotish faoliyatini rejalashtirish va nazorat kilish uchun ishlatiladi.
    O‘zbekiston iqtisodiyeti ro’y berayotgan to’xtovsiz o’zgarishlar va raqobat darajasining o’sib borish sharoitida fakat mashaqqatli mexnat orqali biznesda muvaffaqiyatga erishish mumkin,deyish qiyin. Muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun biznesimiz aniq maqsadga va unga erishish uchun esa, yaxshi rivojlangan strategiyaga ega bo‘lish lozim. Boshqacha qilib aytganda, bizga biznes - reja zarur.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes- reja tadbirkorlikning xamma sohalarida qo’llaniladigan go’yo bir ish asbobidar. U firmaning ish jarayonini tasvirlab, firma rahbarlarining o’z maqsadlariga kay tariqa erishishlarini, birincha galda ishning daromadliligini qay tarika oshirish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes- reja firmaga o’sib borishga, bozorda yangi mavqelarni qo’lga kiritishga, o’z taraqiyotining istikbollarini belgilab olishga, yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmat turlarini yaratishga hamda muljallarni amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini tanlab olishga yordam beradi. Biznes- reja doimiy xujjat bo‘lib, muntazam ravishda yangilab beriladi, unga xam firmaning ichida, xam umuman iqtisodiyotdagi sharoitlarga karab ruy bergan uzgarishlar kiritiladi. Biznes- reja firma ichi tahlilini maxsus ilmiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan makroiqtisodiy tahlillar bilan bog’laydi. Odatda xar bir firma biznes- reja tuzadi, lekin bunday xujjatlarni tayyorlash imkoniyatlari xar xil bo‘lishi mumkin: biznes- rajani ishlab chikish uchun kichik firmalar konsalting tashkilotlarining mutaxassislarini jalb etishlari mumkin.
    Biznes- reja firmaning muayyan bozordagi faoliyatning aniq yunalishini o’rganish maqsadida o’tkaziladigan tadkqiqotlar va tashkiliy ishning natijasi bo‘lgan munosabati bilan u quyidagilarga asoslanadi:
    Maʼlum tovarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) ning anik loyixasiga- yangi turdagi buyumlar yaratish yoki yangi xil xizmatlar ko‘rsatishga;
    Firmaning zaif va kuchli tomonlarini aniqlab, olish maqsadida xar tomonlama o’tkaziladigan ishlab chiqarish- xo‘jalik va tijorat tahliliga;
    Anik masalalarni amalga oshirish uchun qo’llaniladigan moliyaviy, texnik- iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarga asoslanadi.
    Biznes- reja firmaning rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan asosiy xujjatlarning biridir. Shu bilan birga u firma tarakkiyotining umumiy konsepsiyasiga asoslanadi, strategiyaning iqtisodiy va moliyaviy jixatlarini bir muncha batafsil bayon etadi, anik- tayin chora tadbirlarni texnik- iqtisodiy jixatdan asoslab beradi. Strategiyani amalga oshirish texnik, tashkiliy va iqtisodiy uzgarishlarning maʼlum vaktgacha o‘zaro maxkam boglangan butun bir tizimi sifatida tugilgan kenginvestitsiya dasturlariga asoslanadi, biznes- reja investitsion dasturning odatda bir necha yil ichida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan bir qismini o’z ichiga oladi. Shunday qilib, firmaning strategik ishida quyidagi tartib ko’zga tashlanadi.
    1-bosqich. Rivojlanish konsepsiyasini ishlab chikish.
    2-bosqich. Rivojlanishning investitsion dasturi.
    3-bosqich. Urtacha muddatli davrga biznes- reja tuzish.
    4-bosqich. Biznes- rejani amalga oshirishga doir chora- tadbirlar.
    Biznes- rejaning bir kancha vazifalarni hal qilishga imkon beradi, lekin bularning asosiylari quyidagilardir:
    Firma taraqqiyoti (strategiyasi, konsepsiyalari, loyixalari) yunalishlarining iqtisodiy jihatdan muvofiqligini asoslash;
    Faoliyatining kutilayotgan moliyaviy natijalarini, birinchi galda, sotuv xajmlarini sarmoyadan olinadigan daromadlar, foydani xisoblab ko’rish;
    Tanlab olingan strategiyani amalga oshirish uchun kerakli mablaglar manbalarini, yaʼni moliyaviy resurslarni jamlash usullarini belgilash;
    Mazkur rejani amalga oshira oladigan xodimlarni tanlab olish.
    Rejaning xar bir bandini boshka bandlar bilan maxkam boglangan xolda olib yechish mumkin xolos. Biznes rejaning asosiy markazi moliyaviy resurslarni jamlashdir.
    Kompaniya sarmoyasini ko’paytirib borishning muxim vostasi ayni shu biznes- rejadir. Bu rejani tuzish jarayoni boshlangan ishning xamma tafsilotlarini sinchiklab tahlil Qilib chikishga imkon beradi. Biznes- reja bulgusi sheriklar bilan muzokaralar olib borilayotganda biznes- taklif uchun asos bo‘lib xizmat kiladi, u firmaning asosiy xodimlarini ishga taklif etishda katta rol o’ynaydi. Biznes- reja firmaning ichki xujjati bo‘libgina komay, balki undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda xam foydalanish mumkin.Investorlar tavakkal qilib sarmoya berishdan avval loyixaning sinchiklab ishlab chikilganligiga ishonch xosil kilishlari va uning samarali ekanligidan xabardor bo‘lishlari kerak. Investorlar tavakkal qilib pullarni ishga solishdan avval ularning pulini oluvchi korxona rahbarlari uz maqsadlarini xar tomonlama uylaganligiga nima kilish kerakligini ravshan tasavvur kilishlariga, qanday yo’l tutishligi va nimaga erishmokligiga yetarlicha ishonch xosil kilish kerak. Investorlarning kupiligi investitsiya kilishdan avval biznes – rejani talab kiladilar va odatda, usiz tadbirkor bilan xatto gaplashib xam utirmaydilar.
    Demak, biznes – reja potensial investor tanishmoqchi bo‘lgan korxona haqidagi dastlabki maʼlumot bo‘lib, agar reja ishonchli bulmasa va investorni jalb kilmasa, shartnoma haqida gap xam bo‘lishi mumkin emas. Shuni esda tutish lozimki, bizdagi yagona imkoniyat bu birinchi uchrashuvdayek ijobiy taassurot qoldirishdadir!
    Biznes rejani tayyorlash va undan foydalanish. Biznes-rejani menejer, tadbirkor, firma, firmalar guruhi, konsalting tashkiloti tayyorlashi mumkin. Menejerda yangi mahsulot tayyorlashni uzlashtirib olish, yangi xil xizmat ko‘rsatish fikri paydo bo‘lgan bulsa yoki u uz konsepsiyasini mustakil ravishda amalga oshirishga axd kilgan bo’lsa u o’z biznes-rejasini yaratadi. Yirik firma rivojlanishining strategiyasini ishlab chiqish uchun kengaytirilgan biznes-reja tuziladi. Biznes-rejani tayyorlash bosqichidayoq ko’pincha sherik chiqib qoladi. Biznes-rejani yaratishda unda ishtirok etadigan konsepsiya mualliflaridan tashqari kredit bozorining xususiyatlarini, qayerda bush sarmoyalar borligini , mazkur biznesning tavakkal talab xatarli tomonlarini biladigan moliya xodimlari xam faollik bilan katnashadilar. Biznes-rejani ishlab chikadigan mutaxassislar guruxining asosini iktisodchilar, statistlar, sistemachilar tashkil etadi. Biznes-rejada vaziyatning firma ichida ham, undan tashqarida ham kelajakda qanday bo‘lishi ifoda etiladi. Biznes-reja mulkka aksionerlar egalik qiladigan sharoitda va maʼlum darajada, shirkatlar tuzishda Qanday yul tutishni bilib olish uchun firma rahbariyatiga zarur bo‘ladi. Ayni shu biznes-reja yordamida firma rahbariyati foydaning Qanday kismini jamgarmani kupaytirib berish uchun koldirish, Qanday kismini dividentlar shaklida aksionerlar urtasida taksimlanish kerakliligi xususida Qaror Qabul kiladi. Biznes-rejadan firmalarning tashkiliy-ishlab chikarish strukturasini takomillashtirishda xam foydalaniladi. Biznes-rejadan yangi aksionerlar, kreditorlar, mablag beruvchi xomiylar va boshkalarni kidirib topishda xammadan ko’p foydalaniladi. Mavjud firmalar aksiyalarini sotib olib yoki yangi tashkiliy-ishlab chikarish strukturasini yaratib, ishni kengaytirishni muljallayotgan yirik korxonalar va firmalarga biznes-reja yordam beradi. Ko’pgina investorlar mazmuni bir yoki ikki betda bayon etilgan loyixaning muxim xususiyatlarini va afzalliklarini bilib olishga imkon beradigan biznes-rejani ukib chikishni yoktiradilar. Mazmuni qisqka va lunda Qilib bayon etish juda kiyin. Bu ishni reja boshidayok ishlab chiqarib, aloxida urgu beriladigan va qisqacha mazmun bayoniga kiritiladigan asosiy tadbirlar ravshan bo‘lib kolgan maxaldagina moxirona uddalash mumkin. Qisqacha bayon etilgan mazmun dastlabki material bo‘lib, bo’lg’usi investorning shunga karab fikr yuritishini nazarda tutish kerak. Biznes-rejaning kiskacha bayon etilgan mazmunidan keyin odatda firma to‘g‘risidagi maʼlumotlar keltiriladi, bularda kompaniyani boshkarish uchun kerakli va investorlarni kiziktiradigan tafsilotlar lunda Qilib bayon etiladi. Ana shunday materialning kuyidagi asosiy bulimlarini ajratish mumkin:
    1.Firmaning tashkil topishi:
    - firma tashkil topgan va kengaytirilgan vakt (firmaning kachon, kayerda va kim tomonidan ruyxatga olingani, kayerda joylashgani);
    -firmaning tashkiliy-huquqiy shakli;
    -firma sarmoyasining strukturasi (chikarishga ruxsat etilgan aksiyalarning soni, chikarilgan va mumolada bo‘lgan aksiyalarning soni, ularning nominal Qiymati va birja baxosi);
    - firmaning xisob raqami ochilgan asosiy bank;
    - firma rahbariyati – raisi , bosh direktori;
    - firmaning buxgalteri;
    - firmaning yuristi;
    - asosiy menedjerlari, ularning malakasi, maʼlumoti, ish staji;
    2. Firmaning tashkiliy strukturasi yaʼni tuzilishi, bunda asosiy tashkiliy chiqarish va boshqaruv bo’linmalari ko‘rsatiladi.
    3.Firma imidji, yaʼni xaridorlarning firma to‘g‘risidagi fikri. Bu bo’limda quyidagi savollarga javob berilgan bo‘lishi zarur:
    Mazkur firma Qanday maxsuloti bilan nom chiqargan;
    Bu firma uziga o’xshagan boshka firmalardan nimasi bilan farq qiladi;
    Firma tovarini kimlar sotib oladi yoki uning xizmatidan kimlar foydalanadi;
    Firmaning tovar belgisi qayerlarda maʼlum;
    Doimiy mijozlari kimlar va qancha;
    Firma tovari yoki xizmatlarining ilgarilama xarakati qanday;
    4. Firma faoliyati sharoitlarining tahlili biznes-reja birinchi bo’limining muhim qismidir. Firma faoliyatining sharoitlari ikki katta qbulinadi: tashki va ichki sharoitlar.
    Tashki sharoitlarga firma aytarli taʼsir ko‘rsata olmaydi, lekin ularni nazarda tutishi kerak bo‘ladi. Bu sharoitlar isteʼmolchilar xoxish-istaklari va didlarining, bozor talablarining uzgarib turishini, ishchi kuchi bor yukligini, moddiy resurslar manbalarini, buyum (maxsulot, xizmat)ning xayot sikli, ishlab chikarish sikli, soliqka tortish tahlili, baxolar ustidan nazorat va boshkalarni uz ichiga oladi. Ichki omillar jumlasiga kuyidagilar kiradi: ishlatilayotgan texnologiyalar, asbob-uskunalarning xarakteristikasi, tovar (maxsulot, xizmatlar) sifatini va ishlab chikarish xarajatlarini aniklash usullari, Biznes-rejaning tahliliy kismi uning eng ijodiy bo’limlaridan biridir. Firma bir necha yildan beri ishlab kelayotgan bulsa, tahlilda realizatsiya Qilingan maxsulot xajmi va foyda mikdori sungi moliya yillari davomida kay tarika uzgarayotganini ko‘rsatishi kerak. Bundan tashkari sanoat istikbollari maxsulot xajmi bilan assortimentini kengaytirish imkoniyatlari to‘g‘risida kiskacha aytib utish foydali bo‘lishi mumkin. Firmaning uzidagi texnologiyaning afzalligi yoki xatto uning yukligi, shuningdek bozorda rakobatgabardosh berish imkonini ochadigan savdo usul-amallari ko‘rsatib o’tadi.
    Biznes-rejada muljallanayotgan loyixaning tabiatiga karab uning uziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan bulimlar bo‘lishi mumkin, lekin biznes-rejadek bu ish xujjatining mazmuni, umuman olganda, bir kolipda bo‘lib, kuyidagilarni uz ichiga olishi kerak:
    1. Rezyume. Biznes-rejaning birinchi va kiska bo‘lgan bu bulimida keyingi bulimlarining umumiy xulosalari keltiriladi. Rezyumeni tugri tuzishning muximligi shundaki, bulgusi investorlar, - bular esa, odatda biznesmenlar, yaʼni doimo band bo‘ladigan kishilardir ,-taklif etilayotgan loyixaning kiska bayonidagi dastlabki suzlardan uning samaradorligiga va niyat Qilingan shu loyixani amalga oshirish mumkinligiga ishonch xosil kiladigan bo‘lishi kerak.
    Rezyumeda quyidagilar nihoyatda qisqa qilib bayon etiladi:
    a) loyihaning mohiyati, uning maqsadlari va samaradorligi ;
    b) loyihani aniq bozor sharoitlarida amalga oshirish mumkinligi;
    d) loyihani kim va qanday qilib amalga oshrishi;
    e) loyihaning mablag’ bilan taʼminlanishining manbai;
    f) loyixani investitsiyalashdan kurilishi mumkin bo‘lgan foyda; sotuv xajmi, ishlab chikarish va molni o’tkazishga bo‘ladigan xarajatlar xajmi. Foyda meʼyori, sarf xarajatlarning qancha muddatda o’rni to’lishi va investitsiyalangan mablag’larning qachon qaytib kelishi.
    2. Tovar (Maxsulot yoki xizmat turlari):
    A) Ishlab chikariladigan muljaldagi maxsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar Qanday talablarni kondiradi;
    B) Bularning bozorda mavjud bo‘lgan shu xildagi maxsulot yoki xizmatlardan Qanday afzalliklari bor;
    C) Ishlab chikariladigan muljaldagi maxsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar Qanday mualliflik huquqlari bilan ximoyalangan.
    3. Mol o‘tkaziladigan bozor:

    1. maxsulot yoki xizmatlarning asosiy isteʼmolchilari kimlar;

    B) Xozirning o’zida va kelgusida qanday xajmlarda mol o’tkazish mumkin;
    D) Asosiy raqiblar kim, ulardagi sotuv xajmlari, marketing strategiyasi, realizatsiyadan olinayotgan daromadlar;
    E) Raqiblarning maxsuloti kanaka: asosiy xarakteristikalari, sifatining darajasi;
    F) Rakiblar Qanday baxoda maxsulot sotadi yoki xizmat ko‘rsatishadi, ularning baxo siyosati.
    4. Marketing strategiyasi.
    A) Maxsulot yoki xizmatlarni ichki va tashki bozorda taksimlash va utkazish yuzasidan kuzda tutilayotgan tizim;
    B) Realizatsiya baxosi va baho qo’yish strukturasi;
    D) Reklamaga doir zarur chora-tadbirlar, kuzda tutilayotgan reklama vositalari va reklamaga kilinadigan sarf-xarajatlar strukturasi;
    E) Molni utkazish, sotishga yordam beradigan chora-tadbirlar –pablik releyshnz, xaridorlarga qo‘shimcha imtiyozlar, sotuvdan keyin ko‘rsatiladigan xizmatlar va boshkalar.
    5. Ishlab chiqarish dasturi:
    A) Kayerda maxsulot ishlab chikariladi yoki xizmat ko‘rsatiladi;
    B) Yangi ishlab chikarish kuvvatlari yaratish kerakli yoki ishlab turgan korxonadan foydalanish mumkinmi;
    D) Rejalashtirilayotgan korxonada eng maʼkul keladigan ishlab chikarish xajmi kancha;
    E) Eng maʼkul kuvvatga erishish uchun kanaka investitsiyalar zarur;
    F) Korxona xom-ashyo, butlovchi kismlar, boshka ishlab chikarish omillari bilan Qanday taʼminlanadi;
    G) Texnologiya va asbob-uskunalardan Qanday foydalaniladi;
    H) Korxona boshka korxonalar bilan birgalikda ishlaydimi.
    6. Ishlab chiqarishni tashkil qilish:
    A) Rejalashtirilayotgan korxonaning tashkiliy sxemasi Qanday bo‘ladi;
    B) Korxona kadrlar bilan kanchalik taʼminlangan, ishlab turgan mutaxassislarning ro’yxati, malakasi va ish tajribasi;
    D) Xar xil toyifaga ega bo‘lgan xodimlar mexnatiga kay darajada, qanday shaklda xak tulanadi, jumladan ularga qanday maxsus imtiyozlar beriladi;
    E) Korxonaning texnologik sxemasi qanday bo‘ladi.
    7. Korxonaning tashkiliy-rejaviy shakli
    A) Rejalashtirilayotgan korxonaning huquqiy mavqyi, mulkining shakli qanday? (shirkat, aksionerlik jamiyati, kooperativ, ijara korxonasi, kushma korxona va xokazo)
    B) Bulgusi investor korxonada qanday huquqlarga ega bo‘ladi (boshkarishda ishtirok etishi, aksiyalar nazorat paketiga egalik kilishi, oddiy aksioner bo‘lishi), korxonaning xomiysi yoki endi anik bo‘lib kolgan investori kim (davlat idorasi yoki konsern, bank, xususiy korxonalar va boshqalar)
    D) Mavjud xomiy yoki investorlar qanday huquqlarga ega bo‘ladi (boshkarish, moliyaviy nazorar..)
    E) Mazkur shakldagi mulkka ega bo‘lgan korxona qanday yuridik huquqlarga ega (korxonaning huquqiy mavkeini tartibga soluvchi qonun-koidalardan kiskacha kuchirtma beriladi), bulgusi investor uziga taklif etilayotgan huquqlar (birgalikda egalik kilish, xomiylik, aksioner huquqi)ni kulga kiritish uchun u qanday yuridik aktlarni bajo keltirish maqsadga muvofik va bu narsa milliy va maxalliy qonunlarga ko‘ra qanday huquqiy javobgarlikni zimmaga yuklaydi.
    8. Moliyaviy reja:
    A) Korxonani barpo etish uchun umumiy investitsiya xajmi qancha bo‘lishi zarur;
    B) Mablag bilan taʼminlash manbalari kanaka (zayomlar chikarish, aksiyalar sotish, bank kreditini olish, korxona ochadigan shaxslarning uz mablaglari);
    D) Mablag bilan taʼminlash strukturalari valyutalarning manbalari va turlari buyicha qanday bo‘lishi kerak;
    E) Uzok muddatli investitsiyalar va aylanma sarmoyalarga bo‘lgan extiyojni kondirish uchun moliyaviy mablaglar qanday shartlar bilan jalb etiladi.
    9. Loyihaning rentabelligi:
    A) Korxonani barpo etishga kilinadigan investitsion xarajatlarning turlari va umuman maxsulot birligi xisobga olinadi, yaʼni kancha va kanaka (asosiy va aylanma sarmoyaga, infrastrukturaga beriladigan investitsiyalar va xokazo);
    B) Rejalashtirilayotgan korxonani ishga tushirish va maxsulot yoki xizmatlarni utkazish ishlarini tashkil etish knchaga tushadi;
    D) Maxsulot yoki xizmatlarni realizatsiya kilishdan tushadigan umumiy daromadlar kancha bo‘lishi mumkin;
    E) Rejalashtirilayotgan korxona qanday soliqlarni tulashi kerak;
    F) Ziyon mablag’larini kay muddatlarda va qanday hajmlarda qaytarish rejalashtirilmoqda;
    F) Ushbu korxonaning umumiy foydasi umuman qancha bo‘lishi mumkin, uning meʼyori. Biznes-rejaning bulimlarida beriladigan axborot bulgusi investorni qiziqtirish uchun zarur bo‘ladi-yu, lekin, ayniqsa so’z ancha yirik investitsiyalar ustida borayotgan bo’lsa. Investitsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun zarur bo’lmaydi. Bunday qarorga kelish uchun investitsiyadan oldin ancha asoslangan tadqiqotlar o’tkazish zarur bo‘ladi.

    XULOSA
    Rejalashtirish- bu korxona maqsadlari, uning marketing soxasidagi potensial imkoniyatlari orasidagi strategik muvofiklikni kullashni takkoslovchi boshkaruv jarayonidir. Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish ko’pgina afzallikalarga ega bo‘lib, u mutaxxasislarni doimo kelajak uchun fikrlashga rag’batlantiradi, rjalarni ishlab chikarish va bajarish jarayonida korxona tomonidan kilinayotgan ishlarni anik muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi. Rejalashtirish tashkilotlari to’satdan bo‘ladigan o’zgarishlarga tayyor kiladi va u tashkilot uz vazifalarini aniq belgilashga majbur qiladi. Strategik rejalashtirish asosida avvalo maqsad va vazifalar bilan bir katorda strategiya mushtarak xal etiladi. Keyingi bosqichda joriy va strategik dasturlarni tuzish orkali byudjetini rejeleshtirish va uni ruyobga chikarish tadbirlari amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayoni uch bosqichni uz ichiga oladi, yaʼni strategik muammolarni tahlili, faoliyatni kelgusi sharoitini bashorat kilish va vazifalarni aniklash, usish imkoniyatlarini optimal variantini tanlashdan iborat. Rejalashtirishni uzoq, o’rta va qisqa muddatli turlari mavjud. Biznes- reja tadbirkor boshlanayotgan ish to‘g‘risidagi umumlashgan mulohazalar, g’oyalar majmui bo‘lib, uning konsepsiyasi, strategiyasi, marketing rejasi va boshqa tomonlari ifodalangan xujjatdir. Biznes reja korxonaning kelajagini aniqlab beradi, sinchiklab tahlil qilib chiqishga imkon beradi.



    Foydalanilgan adabiyotlar va intertnet saytlari ro’yxati
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustivor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni // Xalq so‘zi, 2005, 15 iyun.
    2. Karimov I.A. “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis qonunchilik palatasm va Senatining Qushma majlisidagi maʼruzasi // Xalq so‘zi, 2005, 29 yanvar, 20-son.
    3. Ivanov L.N., Ivanov A.L., Metodы prinyatiya resheniy biznes-plana.-M.: Prior- izdat, 2004.
    4. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N., Muxiddinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. –T.: “O‘qituvchi”, 2003.
    5. Abdullayev Yo., Karimov F. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari.-T.: Mehnat, 2000.
    6. Yeremenko A. Razrabotka biznes-prilojeniiy v Microsoft Business solutions-Alapta iyersii. 3.0/Feleksey Yermenenko, Ruslan Shashkov. –M.: Alpina Biznes Buks, 2005.-503 s.
    7. Xodiyev B.Yu., va boshqalar. Kichik tadbirkorlik asoslari(o‘quv-amaliy Qo‘llanma)-T.:YEH. TEMPUS “Konsaudit”, 2004.
    8.Rambler-http ://www/rambler, ru/;
    9. www. gov. uz.
    Download 53,19 Kb.




    Download 53,19 Kb.