|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq qora-metallurgiyada-hosil-bo-lgan-changlardan-rangli-metallarni-ajratib-olish-texnologiyalarini-o-rganish-va-tahlil-qilishOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1417
w
www.oriens.uz
May
2021
6
K
0.3-1.2
7
Cd
0.05-0.2
8
Mn
2-4.5
9
Ca
1-12
10
Si
0.7-5.6
11
Mg
0.6-16
12
Al
0.1-5
13
P
0.01-0.3
14
Cl
0.3-6.8
15
F
0.2-0.5
16
S
0.02-3
Yuqorida ta’kidlanganimizdek bu turdagi changlarni qayta ishlash usullarining
foydasi bir muncha past hisoblanadi. Mavjud texnologiyalarni 3 guruhga bo’lish
mumkin:
Birinchi guruh – Changdan ruxni ajratib olmasdan turib uni aglomeratsiyalash
jarayoniga yuborib undan olingan aglomeratni domna pechiga eritishga yuborish
hisoblanadi. Bu metodda faqatgina changda rux miqdori o’ta kam bo’lgan
hollardagina foydalanish mumkin [7,8] .
Ikkinchi guruh – Ruxni pirometallurgik qayta ishlash usuli bilan ajratib olish
hisoblanadi. Bu usulga velslash va FASTMET, FASTMEL, Oxycup, PRIMUS,
PaulWurth va boshqa texnologiyalar kiradi. Keltirilgan texnologiyalarning asosini
rux oksidlarini turli xildagi uglerod saqlagan reagentlar yordamida yuqori haroratda
tiklash yotadi. Jarayondagi asosiy muommo bu tiklovchi materiallarni ko’p miqdorda
sarflanishi,pech futerovkasini yemirilishi hisoblanadi. Shuningdek yana ruxni xlorid
holatida uchirish ham taklif etilgan. Xloridli usulda ruxni temirdan ajratish yuqoriligi
bilan ajralib turadi ammo texnologiyada reagent sifatida HCl ishlatilishi xavfli va
zaharlidir [9] .
Uchinchi guruh – Turli xil eritmalar bilan changni gidrometallurgik qayta
ishlash. Bu usulda kislotali hamda ishqoriy tanlab eritishni qo’llash mumkin.
Kislotali tanlab eritishda changdan ruxni yuqori darajada eritmaga o’tqazish mumkin
shu bilan birga eritmada qo’shimchalar shu jumladan temir tuzlari ham ko’p
miqdorda bo’ladi. Eritmadan esa ruxni elektroliz usulida ajratib olish mumkin dastlab
eritmani qo’shimchalardan tozalash zarur va bu birmuncha sarf xarajatni talab
etadi[10]. Erituvchi sifatida odatda sulfat kislota qo’llanilib u anchayin arzon hamda
nitrat va xlorid kislotalarga qaraganda ruxni ajratib olish darajasi yuqoriroq [11-14].
Ayni paytda elektr yoyli po’lat eritish pechidan ajralib chiqayotgan changlarni
qayta ishlashning laboratoriya va sanoat usullari qolaversa bir qancha patentlar ishlab
chiqilmoqda.
|
| |