|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq qora-metallurgiyada-hosil-bo-lgan-changlardan-rangli-metallarni-ajratib-olish-texnologiyalarini-o-rganish-va-tahlil-qilishOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1418
w
www.oriens.uz
May
2021
Changni qayta ishlashni eng keng tarqalgan usuli esa bu Vels jarayoni bilan
qayta ishlash hisoblanadi. Bu jarayonda aylanma quvurli pech ishlatiladi, pechda
ishlab chiqarishda hosil bo’lgan changni qariyb 80 % ga yaqini qayta ishlanmoqda
[15,16].
Jarayon asosida shixtani dastlab qumochlanib (60 % gacha) so’ng Zn,Cd va Pb
larni tiklashga asoslangan. Shuningdek shixta tarkibida 25 % koks kuli hamda 15 %
flyus ham bo’ladi. Pechga yuklangan shixta 4 soat davomida harorat 1200
o
C da
ushlab turiladi.[14] Rux hamda boshqa qimmatbaho komponentlar gaz fazasiga
vozgon holatida uchib ketadi. Bu gazlar sovitilganda metall bug’lari kichik dispersli
chang holatiga o’tib qoladi. Gaz tozalash tizimida chang elektrofiltrda tutib qolinadi
va bu rux oksidi (50-60 %) yoki vels oksidi deb ataladi. Va bu yangi chang tarkibida
ko’p miqdorda Pb va Cd saqlaydi va rux ishlab chiqarishga yo’naltiriladi qolgan
chiqindi esa qurilish materiallari yoki yo’l qurilishida ishlatish uchun yo’naltiriladi
[17].
1 – chizma. “Сhelyabinsk rux zavodi” OAJning texnologik sxemasi [18, 19]
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1419
w
www.oriens.uz
May
2021
Yuqoridagi texnologiya AQSH, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Meksika kabi
davlatlarda qo’lanilib kelinmoqda. Jarayon kamchiliklari: Yoqilg’ining ko’p
miqdorda sarflanishi, shixtani yiriklashtirish, shixtada ruxning miqdori 4 % dan kam
bo’lmasligi kerak, shixta tarkibi hamda haroratni boshqarishni murakkabligi,
ekspluatatsion sarf xarajatning yuqoriligi, yakuniy mahsulot toza holdagi rux emas
balkim rux oksid holida olinishi va b [20-22].
Sanoat miqyosida ilk marotaba Fastmet va Fastmelt jarayonlarini KobeStell
hamda Midrex direct reduction corporation firmalari tomonidan ishlab chiqilgan[23].
Birinchi Fastmet jarayoni 1995 yilda Yaponiyning Kakogava shahridagi zavodda
ishga tushirilgan. Jarayon aylanma quvurli pechda temirni tiklashga asoslangan.
Dunyoda atigi 7 % chang aynan ushbu usulda qayta ishlanayapti. Shixta tarkibida esa
koks kuli hamda qumochlangan chang bo’ladi. [24] Tiklanish harorat 1300
o
C da 8-
10 daqiqa davom etadi. Jarayon natijasidagi mahsulotlar esa: tiklangan temir
(metallashish darajasi 75-94 %) va rux oksidi (rux 50-65 %).
Fastmel jarayonining Fastmet jarayonidan asosiy farqi bunda elektr pechdan
foydalanish hisoblanadi. Asosiy yutug’i esa temirni ajratib olish 98 % ni tashkil qiladi.
Texnologiya o’zini sarf xarajatini yiliga 200 ming tonna changni qayta
ishlagandagina oqlay oladi [16].
Jarayon kamchiliklari [15] : qayta ishlanayotgan changga yoqilg’ining ko’p
miqdorda sarflanishi 100 m
3
; Qayta ishlanayotgan chang miqdori 200 ming tonnadan
kam bo’lmasligi kerakligi; rux oksidini chiqish darajasi kamligi va tiklangan temirni
nostabil tarkibi.
Paul Wurth firmasi tomonidan tarkibida rux 5 % dan ortiq bo’lgan changni
Primus jarayoni yordamida qayta ishlash texnologiyasi taklif qilingan. Jarayon 2
bosqichli bo’lib bunda ikki xil pechdan ko’p tubli (MHF) va elektr yoyli pechlarda
qayta ishlash hisoblanadi. Ushbu jarayonda asosan domna va kislorod konvertor hosil
bo’ladigan shlamlar,prokatlash jarayonidan chiqqan okalina,Elektr yoyli pechdan
chiqqan changlar qayta ishlanishi mumkin. Tiklovchi sifatida esa ko’mir ishlatiladi
[25].
Harorat 1100
o
C dan oshmaydi. CO is gazini to’liq yonishidan (ekzotermik
reaksiya natijasida) hosil bo’lgan issiqlik zarur energiyani ta’minlab beradi. Rux va
qo’rg’oshin oksidlari gaz fazasi bilan birgalikda yengli filtrlarda tutib qolinadi [26]
Yakuniy mahsulot esa cho’yan,rux oksidlari (55-60 %li Zn saqlagan) va shlak
(keyinchalik qurilish va yo’l qurilish materiallari tayyorlashga yo’naltiriladi) olinadi.
Primus jarayoni sanoatda: 2003 yildan – Lyuksemburgdagi Primores zavodida (yiliga
60000 tonna chang utilizatsiya qilinmoqda), 2009 yildan Tayvandagi Dragon Stell
zavodida ( yiliga 100000 t chang utilizatsiya qilinmoqda) [27] .
Kuttner firmasi metallurgik chiqindilarni Oxycup jarayonida qayta ishlashni
taklif etishmoqda. Dispers holidagi chiqindilarni (chang va shlam) tiklovchi qo’shib
|
| |