104
Soʻnggi yillarda jahon miqyosida oltinga boʻlgan talabning oshishi koʻp
miqdorda oltin zahiralarining vujudga kelishiga imkon yaratdi. Jahon
iqtisodiyotida ikkilamchi resurslarning qoʻllanilishining tinimsiz oʻsishiga olib
keldi. Oltin zaxiralari taxminan quyidagicha taqsimlanadi: 60%
davlat
g’aznasida(banklarda), 20% - xususiy qoʻlda(tuplanishi) va 20% - qimmatbaho
buyumlar holatida(zargarlik va tasviriy ishlanmalar kurinishida) va sanoat
mahsulotlari shaklida.
Hozirgi vaqtda oltin metallurgiyasi oldida
murakkab tarkibli atalmish
sulfidli, mishyakli, surmali va glinali rudalardan
oltin va boshqa metallarni
toʻliq ajratib olish yangi rivojlangan usullar evaziga amalga oshirilmoqda.
Boʻtanalardan oltinni sorbsiya usulida ajratib olish keng miqyosida
qoʻllanilmoqda. Rangli metallarni yoʻldosh usulda
qazib olish hajmi yanada
kengaymoqda. Oltin ajratib olishning MDH davlatlarida tarqalishi taxminan
quyidagicha koʻrinishga ega: rudadan 50%, sochma konlardan 40%, yoʻldosh
usulda qayta ishlash 10%ni tashkil qiladi.