Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/104
Sana29.12.2023
Hajmi3,78 Mb.
#128991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

 
 
 
 



Annotatsiya 
Darslikda nоdir metalllаr rudalаrini boyitishning nazariyasi va amaliyoti 
koʻrib chiqilgan. Oltin va kumushni tub konlar rudalaridan ajratishning fizik-
kimyoviy asoslari keltirilgan.Nodir metallarni ajratishning gravitatsiya
amalgamatsiya usullari, sianli eritmada eritish jarayonining nazariyasi, sianli 
eritmalardan nodir metallarni ajratishning sementatsiya, sorbsiya kabi usullari, 
ion almashinuvchi smolani regenerasiyalash usullari bayon qilingan. 
Mazkur darslik konchilik ishi va metallurgiya yoʻnalishi talabalari
uchun moʻljallangan. 
Аннотация 
В учебнике рассмотрены теория и практика обогащения руд 
благародных металлов. Приведены физико-химические основы отделения 
золота и серебра из руд. Описаны методы гравитационного разделения 
благародных металлов, методы амалгамации, теория растворения в 
цианистом растворе, методы отделения благародных металлов от 
цианистых растворов, регенерация сорбции и методы ионообменых смол.
Учебник предназначен для студентов горных специальностей и 
металлургов. 
Аnnotation 
The textbook discusses the theory and practice of enrichment of ores of 
rare metals. The physical and chemical bases of the separation of gold and 
silver from ore deposits are given. The methods of gravitational separation of 
rare metals, methods of anionization, the theory of dissolution in cyanide 
solution, methods of separation of rare metals from cyanide solutions, methods 
of sorption and methods of ion-exchange resonance are described.



Kirish 
Rangli va nodir metallar rudalarini qazib olish sanoati yuksak sur’atlar 
bilan taraqqiy etishini talab qiladigan tarmoqlar turiga kiradi. Bu esa oliy ta’lim 
muassasasi oldiga nodir metallar rudalarini boyitish soxasidagi yosh 
mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashni talab qiladi. Mazkur 
darslikning maqsadi-ushbu masalalarni hal etishga yordam berish hisoblanadi.
Darslikda oltin va kumushning fizik-kimyoviy xossalaridan boshlab, 
ularni oltin va kumush ajratib olishga tayyorlash, oltin va kumushning 
minerallari, oltinni ajratib olishning asosiy prinsiplari, nodir metallar ajratib 
olishning gravitatsiya va flotatsiya usullari keltirilgan. 
Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish korxonalarida hozirda turli 
boyitish usullari va sorbsiya usulida ajratish keng qo‘llanilmoqda. Shu 
munosabat bilan darslikda rangli va nodir metallar rudalarini boyitish 
jarayonlarining nazariy asoslari, ularda qo‘llaniladigan texnologiyalari bayon 
qilingan. Olinadigan rangli va nodir metallar boyitmalariga qo‘yiladigan 
talablar keltirilgan. Ion almashgich smolalardan oltinni desorbsiyalash, 
ularning xossalarini qayta tiklash masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Undan tashqari, kambag’al rudalardan rangli va nodir metallarni to‘dada 
tanlab eritish usuli, sianli eritmalardan oltinni faollashtirilgan ko‘mirga 
yuttirish orqali ajratish ko‘rib chiqilgan.
Keyingi yillarda oltinni texnologik jihatdan oddiy rudalardan ajratib 
olish ulushi borgan sari kamayib, bir vaqtning o‘zida oltinni ajralishi qiyin 
bo‘lgan rudalardan ajratib olishning ulushi ortib bormoqda. Darslikda oltinni 
mis-oltinli, oltin-mishyakli, oltin-surmali, ko‘mirli, loyli rudalardan nisbatan 
murakkab va tarmoqlangan sxemalarni qo‘llab ajratib olish ham ko‘rib 
chiqilgan. Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish korxonalarining oqava 
suvlarini tozalash hamda zaxarli moddalar bilan ishlashdagi texnika xavfsizligi 
choralari keltirilgan. 




Download 3,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish