Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/104
Sana29.12.2023
Hajmi3,78 Mb.
#128991
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104
Bog'liq
Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

1.5.Klassifikatsiya jarayoni 
Mineral zarrachalarning suvda va havoda tushish tezligiga qarab sinflarga 
ajratishga klassifikatsiya deyiladi. Klassifikatsiya suvda olib borilsa 


51 
gidravlik klassifikatsiya, havoda olib borilsa pnevmatik klassifikatsiya 
deyiladi. 
Gidravlik klassifikatsiyadan maqsad xuddi elash kabi ma’lum yiriklikka ega 
zarrachalar sinfini ajratish. Biroq elashdan tubdan farq qilib, klassifikatsiya 
jarayonida sinflar yirikligiga qarab emas, balki "teng tuShuvchi" sinflarga 
ajratiladi. Gidravlik klassifikatsiya natijasida olinayotgan har qaysi sinf bir 
vaqtning o‘zida suvda bir xil tushish tezligiga ega engil minerallarning yirik 
zarrachalarini va og‘ir minerallarning mayda zarrachalarini saqlashi mumkin. 
Gidravlik klassifikatsiya mustaqil, tayyorlovchi va yordamchi jarayon 
bo‘lishi mumkin. Mustaqil jarayon sifatida gidravlik klassifikatsiya 
marganetsli, volframli va h.k. rudalarni dezintegratsiyalangandan keyin 
donali mahsulotdan loy va balchiqlarni yuvish uchun ishlatiladi. 
Tayyorlash klassifikatsiyasi mahsulotlarni alohida-alohida sinflarga ajratib, 
alohida boyitish uchun (masalan, gravitatsion usulda) qo‘llaniladi. 
Klassifikatsiya yordamchi jarayon sifatida yanchish sxemalarida hali 
yanchilib ulgurilmagan mahsulotni ajratib olish uchun qo‘llaniladi. 
Gidravlik klassifikatsiyaga kelib tuShuvchi mahsulotning yirikligi 3-4 mm 
dan oshmasligi kerak. 
Mineral zarrachalarning suvda tushish qonunlari 
Bo‘shliqdan farq qilib, istalgan muhit (suv, havo va h.k.) o‘zida tushayotgan 
jismga qarshilik ko‘rsatadi. Zarrachaning muhitda tushish tezligi uning 
o‘lchamiga, shakliga, zichligiga va muhitning zichligiga bog‘liq. Yuqori 
zichlikka ega yirik zarrachalar zichligi kichik mayda zarrachalarga nisbatan 
tezroq tushadi. Biroq katta zichlikka ega yirik zarrachaning shakli yassi bo‘lsa, 
zarrachaning tushish tezligi kamayadi, chunki bunda muhitning qarshiligi 
ortadi. 
Muhit qarshiligi 2 turga bo‘linadi: dinamik qarshilik va qovushqoqliq. 
Gidravlik klassifikatsiyada tushish tezligiga ikkala qarshilik ham ta’sir qiladi, 
lekin ularning ta’sir darajasi turli xil zarrachalar uchun bir xil emas. 


52 
Yirik zarrachalar katta tezlik bilan tushayotganda suvning turbulent oqimiga 
xos dinamik qarshilik ustunlik qiladi. Bu holda zarrachaning past bosimli 
zonasi hosil bo‘ladi va uyurma oqim hosil bo ‘lishiga olib keladi. 
Dastlabki vaqtda mineral zarrachalar gravitatsion kuch ta’sirida muxitda 
tezlanish bilan tushadi. Tezlik ortib borishi bilan muhitning qarshiligi ortadi va 
juda qisqa vaqt ichida xarakatdagi gravitatsion kuchga tenglashadi. Shu 
paytdan boshlab, zarracha doimiy tezlik bilan harakatlanadi va bu tezlik 
berilgan zarrachaning oxirgi tushish tezligi deyiladi. 
Nazariy jihatdan amaldagi sharoitda zarrachaning oxirgi tushish tezligini 
aniklash qiyin, chunki tushishda juda ko‘p sonli zarrachalar ishtirok etib, 
ularning o‘zaro bir-biriga ta’sirini hisoblash mumkin emas. Amalda 
zarrachaning oxirgi tushish tezligiga erishish vaqti juda kam (masalan,1mm 
diametrga ega shar shaklidagi zarrachaning tushish vaqti 0,01-0,2 sek) 
bo‘lgani uchun gidravlik klasifikatsiyada mineral zarrachaning sinflarga 
ajralishi ularning oxirgi tushish tezligidagi farqqa qarab amalga oshiriladi. 
Gidravlik klassifikatsiya amalga oshiriladigan real sharoit uchun 
zarrachalarning oxirga tushish tezligini nazariy jixatdan aniqlash qiyin, chunki 
jarayonda juda ko‘p sonli zarrachalar ishtirok etadi, va ularning bir-biriga 
o‘zaro ta’sirini (ishqalanish, urilish va h.k) aniqlash mumkin emas. Shuning 
uchun zarrachalarning oxirgi tushishi tezligi «erkin» tushish sharoitida, Ya`ni 
boshqa zarrachalarning ishtirokisiz va idish devoridan etarli darajadagi 
masofada uzoqlashgan shar shaklidagi zarrachalar uchun aniqlangan. 
1 mm dan yirikroq o‘lchamdagi zarrachalarning suvda tushishining 
oxirgi tezligi. Rittenger formulasidan topiladi: 


V
R d
0
1000



bu yerda: R-son koeffitsienti/suv uchun R=0,16; havo uchun R=4,6); - 
sharsimon zarrachaning diametri, m; 

- zarrachaning zichligi,kg/m
3

0,1 mm dan kichik o‘lchamli zarrachalarning oxirgi tushish tezligi Stoks 
formulasidan aniqlanadi:


53 
V

= Sd
2
(

- 1000)
bu yerda: S - son koeffitsienti (suv uchun S = 545, havo uchun S = 30278)
Oraliq o‘lchamdagi (0,1 - 1 mm) zarrachalar uchun zarrachalarning oxirgi 
tushish tezligi Allen formulasidan topiladi: 
V
0
= A d
3
100
(
)


2
bu yerda: A - son koeffitsienti (suv uchun A = 1,146, havo uchun A=40,6) 
(1), (2) va (3) formulalar bo‘yicha hisoblangan sharsimon shakldagi 
zarrachalarning suvda oxirgi tushish tezligi amaldagi bilan bir xil chiqmaydi, 
chunki yanchishdan keyin gidravlik klassifikatsiyaga Shuncha zarrachalar 
boshqa yassi, burchakli, dumaloqlangan, cho‘zinchoq va h.k. shaklga ega 
bo‘lgan. Shuning uchun bunday zarrachalarning tushish tezligi nazariydan 
ancha kichik bo ‘ladi. 
Biroq tajriba natijalari asosida aniqlanishicha, noto‘g‘ri shakldagi 
zarrachalarning tushish tezligini aniqlash uchun (1)-(3) formulalarga tegishli 
tuzatish koeffitsientlari kiritilsa, shar shaklidagi zarrachalar tushish 
qonunlaridan foydalanish mumkin.
Gidravlik klassifikatsiya natijasida olinadigan sinflar teng tuShuvchi, 
Ya`ni har xil zichlikka va o‘lchamga ega, lekin bir xil tezlikda tuShuvchi 
zarrachalardan iborat. Bir xil tezlikda tuShuvchi har xil zarrachalar 
diametrlarining nisbati teng tushish koeffitsienti deyiladi. 
V
0
orqali diametri d
c
va zichligi 

bo‘lgan yengil mineral yirik 
zarrachasining oxirgi tushish tezligini; V
0
orqali esa diametri d va zichligi 
bo‘lgan og‘ir mineral mayda zarrachasining oxirgi tushish tezligini 
belgilaymiz. (1)-(3) formulalar asosida V
1

= V
11
bo ‘lganda va 
koeffitsientlarning son qiymati teng bo‘lganda suvda teng tushish koeffitsienti
yirik zarrachalar uchun
e = d
e
/d

= (


- 1000)/(

e
- 100)
mayda zarrachalar uchun
e = de/d

= (


- 1000)/(

e
- 1000)


54 
oraliq o‘lchamdagi zarrachalar uchun
e = de/d

=[(


- 1000)/(

e
- 1000)]
2
Teng tushish koeffitsienti bir xil tushish tezligiga ega yengil 
minerallarning zarrachasi og‘ir mineral zarrachasidan necha marta kattaligini 
ko ‘rsatadi. 
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan alohida olingan mineral zarrachaning erkin 
tushish sharoitidagi qonuniyatlari mineral zarrachaning xarakatlanishi 
chegaralangan bo‘shliqda sodir bo‘luvchi gidravlik klassifikatsiyani to‘liq 
xarakterlab bera olmaydi. Bunday harakatlanishda har qaysi zarracha boshqa 
xarakatdagi zarrachalarning ta’siriga uchraydi. Undan tashqari, muxitning 
o‘ziga har qaysi zarracha va hamma zarrachalarning massasi umumiy holda 
dinamik ta’sir etadi. 
Zarrachalarning bunday sharoitda tushishi siqilib tushish deyiladi. 
Zarrachalarning sikilib tushish tezligi hamma vaqt erkin tushish tezligidan 
kichik va u muhitning qovushqoqligiga bog‘liq bo‘lib, qattiq zarrachalarning 
miqdori ortishi bilan ortadi. 
Zarrachalarning siqilib tushishida sodir bo‘ladigan xodisalarning 
murakkabligi tufayli uning tezligini empirik formulalardan aniqlanadi.

Download 3,78 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish