1.4.Yanchish jarayoni
Yanchish-qattiq zarrachalar o‘lchamini 10-30 mm dan 0,1-0,04 mm gacha
kichraytirishdir. Yanchish jarayoni barabanli tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Bunday tegirmonlarni ishlatish yuqori kapital va ekspluatatsion xarajatlar
bilan bog‘liq. Shuning uchun keyingi paytlarda o‘z-o‘zini yanchuvchi
barabanli va boshqa tegirmonlarga katta qiziqish uyg‘onmoqda. Ko‘p turdagi
rudalar uchun o‘zida-o‘zini yanchishda minerallarning yuzasi yaxshiroq
34
ochiladi, boyitishning sifat-miqdor ko‘rsatkichlari ortadi, 1 ton. kontsentrat
olish uchun ketadigan po‘latning sarfi kamayadi.
Barabanli tegirmon yonbosh tarafdan yopiladigan qopqoqli va ichi g‘ovak
sapfali (bo‘yinli) silindrik barabandan iborat.
Baraban aylanganda yanchuvchi vosita (sharlar, sterjenlar, ruda bo‘laklari va
boshqalar) va yanchiluvchi ruda ishqalanish hisobiga qandaydir masofaga
ko‘tariladi, keyin sirg‘anadi, dumalaydi va pastga qulaydi. Yanchilish pastga
tushayotgan yanchuvchi vositaning urilishi, ezilishi va tegirmon ichida
sirg‘anuvchi qatlamlar orasidagi ishqalanish hisobiga sodir bo‘ladi.(rasm)
1.12-rasm. Barabanli tegirmon.
1 – bаrаbаn; 2, 3 – qоpqоq; 4, 5 – sapfa.
Mahsulotning baraban o‘qi bo‘ylab harakati dastlabki mahsulotni berish
va bo‘shatish sathlaridagi farqqa hamda dastlabki mahsulotni uzluksiz
berilishidagi bosim ostida sodir bo‘ladi. Ho‘l usulda yanchishda mahsulotni
tegirmondan chiqarish suv yordamida, quruq usulda yanchishda esa havo
oqimi yordamida sodir bo‘ladi.
Barabanli tegirmonlar bir-biridan yanchuvchi vositaning turi, barabanning
formasi, yanchish usuli va yanchilgan mahsulotni bo‘shatib olish usuli bilan
farq qiladi.
Boyitish fabrikalarida bo‘shatuvchi panjarali sharli, markaziy bo‘shatiluvchi
sharli, markaziy bo‘shatiluvchi sterjenli,"kaskad" turidagi ho‘l va "Aerofol"
turidagi o‘z-o‘zini yanchuvchi tegirmonlar va h.k. qo‘llaniladi.
35
Bo‘shatuvchi panjarali tegirmonlarda yanchuvchi vosita sifatida po‘lat
sharlar ishlatilib, yanchilgan mahsulot panjaraning teshiklaridan o‘tadi, keyin
lifterlar orqali tegirmonning bo‘shatuvchi sapfasi markaziga ko‘tariladi.
Yuklovchi va bo‘shatuvchi tomonlari orasidagi bo‘tana satxining balandligi h
sezilarli darajada. Shuning uchun mahsulotning tegirmon bo‘ylab
harakatlanish tezligi nisbatan yuqori, bu esa mahsulotni markaziy
bo‘shatiluvchi tegirmonlardagiga nisbatan dag‘alroq yanchilishiga sabab bo
‘ladi.
Markaziy bo‘shatiluvchi sharli tegirmonlarda yuklovchi va bo‘shatuvchi
tomonlardagi bo‘tana satxining balandligidagi farq h sezilarsiz, mahsulot
tegirmon bo‘ylab nisbatan sekin harakatlanadi va mayin tuyulgan mahsulot
olinadi.
Sterjenli tegirmonlarda yanchuvchi vosita sifatida po‘lat sterjenlar
ishlatiladi va ularda mahsulot yuklanadigan va bo‘shatib olinadigan
tomonlarda bo‘tananing satxidagi farq markaziy bo‘shatiluvchi sharli
tegirmonlardagiga nisbatan katta. Bu hol bo‘shatiluvchi tsapfa diametrining
kattalashtirilgani hisobiga sodir bo‘ladi. Ho‘l rudali o‘z-o‘zini yanchishda
yanchuvchi vosita sifatida rudaning yirik bo‘laklari ishlatilib, tegirmon
klassifikatsiyalovchi apparat (elak, gidrotsiklon yoki spiralli klassifikator)
bilan yopiq tsiklda ishlaydi. Quruq rudali o‘z-o‘zini yanchishda tegirmon
pnevmatik klassifikator bilan yopiq siklda ishlaydi.
Barabanli tegirmonlarning asosiy o‘lchamlari bo‘lib barabanning ichki
diametri D va uning uzunligi L hisoblanadi.
Yanchish jarayoni quruq va xo‘l usulda olib borilishi mumkin. Boyitishdan
oldin ho‘l yanchish qo‘llangani afzal, chunki boyitishning aksari usullari suv
yordamida amalga oshiriladi. Yanchishning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib yanchish
darajasi hisoblanadi. Bu kattalik xuddi maydalash darajasi kabi qattiq
zarrachaning yanchishgacha bo‘lgan kattaligining yanchishdan keyingi
kattaligiga nisbatidan topiladi.
36
Dastlabki rudaning yanchiluvchanligi deganda uning yanchish natijasida
etarli
yiriklikdagi
mahsulotga
aylanish
qobiliyatiga
aytiladi.
Yanchiluvchanlikni aniqlashning bir necha usullari mavjud: ularning ichida
eng ko‘p tarqalgani Mexanobr usuli hisoblanadi.
-4,7+0 mm yiriklikda tayyorlangan namuna elab, mayda:
-4,7+2,4; - 2,4 + 1; -1+ 0,5; -0,5 + 0 mm li sinflarga ajratilib, ulardan 8-10 ta
namuna tortib olinadi. Bu namunalarni yanchiluvchanlikka tekshirish D x L =
300 x 215 mm li sharli tegirmonda amalga oshiriladi. Tegirmonning xajmi V
= 15 dm, aylanish chastotasi n = 64,7 min
-1
, diametri 25 va 40 mm li
sharlarning har qaysisi 14,5 kg dan (tegirmonning to ‘ldirish darajasi 47 %).
Namunaning og‘irligini quyidagi formuladan aniqlaymiz:
Pn = 0,12 V
c
bu yerda: 0,12 - tegirmonni ruda bilan to‘ldirish koeffitsienti (tegirmon
xajmidan 12 % xajm miqdorida).
V - tegirmonning xajmi, dm
3
.
c
- rudaning sochma zichligi, kg/dm
3
(ruda zichligining 2/3 qismiga teng)
Tayyorlangan namunalar har xil vaqt oralig‘ida yanchiladi. Masalan,
birinchi namuna 5 min., ikkinchi namuna 15 min. va h.k. Har qaysi tajribadan
keyin yanchilgan mahsulot elab, to‘liq tahlil qilinadi. Elab tahlil qilish asosida
kontrol elakda qolgan qoldiqlar yig ‘indisining yanchish vaqtiga bog‘liqlik
grafigi tuziladi. Grafikdan ushbu tegirmonning absolyut solishtirma ishlab
chiqarish unumdorligi aniqlanadi va u etalon rudani yanchishda olingan ishlab
chiqarish unumdorligi bilan taqqoslanadi.
Tegirmonning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligini (kg/dm
2
soat)
quyidagi formuladan hisoblanadi:
q = 60 P
n
/(t V)
bu yerda: t - yanchish, vaqti min.
Tegirmon P
n
- namunaning og`irligi, kg yopiq tsiklda ishlanganda
rudaning yanchiluvchanligi uzluksiz tegirmon va klassifikator (gidrotsiklon)
37
dan iborat moslamada yoki tegirmon va unga ketma-ket ulangan elakda davriy
ravishda aniqlanishi mumkin. Chet ellarda sanoatda ishlatiladigan
tegirmonlarning o‘lchamini aniqlash rudani yanchishning laboratoriya
tajribalari natijalari asosida amalga oshiriladi. Yanchish ma’lum yiriklikka ega
zarrachalar olish, yanchilgan mahsulotning berilgan solishtirma yuzasiga
erishish, rudali va noruda minerallar yuzasini ochish, mahsulotni fizik va
kimyoviy o‘zgartirish maqsadida qo‘llaniladi.
Yanchish texnologiyasini foydali qazilmani qayta ishlash texnologiyasining
shartlarini hisobga olgan holda tanlanadi. Boyitish fabrikalarida ruda va boshqa
foydali qazilmalarni barabanli tegirmonlarda yanchish bir, ikki va uch
bosqichli sxemalar orqali amalga oshiriladi.
Bir bosqichli yanchish sxemalari uncha katta bo‘lmagan quvvatga ega (200
t/sutka gacha), Shunigdek katta quvvatga ega bo‘lgan fabrikalarda nisbatan
dag‘al (0,2 mm gacha) yanchishda qo‘llaniladi.
Barabanli sharli, sterjenli va ruda-galkali tegirmonlar yopiq siklda va
kamdan-kam hollarda ochiq va qisman ochiq sikllarda ishlaydi.Ochiq siklda
yanchilgan mahsulot tegirmondan faqat bir marta o‘tadi va tegirmondan tayyor
yanchilgan mahsulot olinadi. Ochiq siklda yanchish sterjenli tegirmonlar
uchun quruq va ho‘l yanchishda, sharli tegirmonlar uchun esa faqat quruq
yanchishda ishlatiladi.
Yopiq siklda tegirmon spiralli klassifikator, gidrosiklon yoki elak bilan
birgalikda o‘rnatiladi.
Ikki bosqichli yanchish sxemalari o‘rtacha va katta quvvatdagi boyitish
fabrikalarida rudani ancha mayin (0,15 mm gacha) tuyushda qo‘llaniladi.
Ikki bosqichli yanchish sxemalari mahsulotni birinchi bosqichdan ikkinchi
bosqichga uzatish: quyulma yoki qum bo‘yicha uzatish usuli bilan bir-biridan
farq qiladi. Birinchi holda birinchi va ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar to‘liq
yopiq siklda, ikkinchi holda esa birinchi bosqich tegirmonlari ochiq yoki
qisman ochiq siklda, ikkinchi bosqichdagisi esa yopiq siklda ishlaydi. Birinchi
va ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar ketma-ket o‘rnatiladi.
38
Yachishning
yopiq
siklida
yanchuvchi
mahsulot
tegirmondan
klassifikatorga tushib, ikkita mahsulot-quyulma va qumga ajraladi.Quyulma
boyitishga
yuborilsa,
qum
esa
to
talab
qilinadigan
kattalikgacha
yanchilmaguncha qayta-qayta tegirmonga qaytariladi. Yopiq sikl tartibida
qumning massasi doimiyga aylanib, u tegirmon ichida aylanuvchi yuk deb
ataladi.
Tegirmonga tushadigan rudaning miqdori, o‘lchami, qattiqligi, suvning
berilishi, nasoslarning va gidrosiklonlarning ishlash tartibi o‘zgargаnda
tegirmon ichida aylanadigan yukda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Tegirmon yopiq siklda ishlaganda tegirmonning ruda bo‘yicha ishlab
chiqarish unumdorligining ortishi bilan uning ichida aylanadigan yuk
ortadi.Uncha katta bo‘lmagan (400 % gacha) aylanuvchi yuk tegirmonning
ishlab chiqarish unumdorligini sezilarli darajada oshiradi.Tegirmon ichida
aylanuvchi yukning miqdorini ortishi mahsulotni tegirmon ichidan o‘tish
tezligini oshiradi, bu esa mahsulotning o‘ta yanchilishining oldini olib,
tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. Bu yukning keragidan
ortishi tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga olib keladi.
Sharli, rudali va ruda-galkali tegirmonlar asosan yopiq siklda ishlaydi.
Odatda tegirmon ichida aylanuvchi yuk foizlarda ifodalanadi:
С = S / Q
bu erda: S - qumning og‘irligi;
Q - dastlabki mahsulotning og‘irligi.
Tegirmonga tushadigan umumiy mahsulotning og‘irligi:
Qum = Q + S = Q + СQ = Q (1 + С)
Aylanuvchi yuk dastlabki mahsulotning og‘irligiga qarab 50 dan 700 %
gacha chegarada o‘zgarishi mumkin. Tegirmonning dastlabki mahsulot
bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi ortsa yoki quyulmaning mayinligi ortsa
aylanuvchi yuk ortadi. Xaddan ortiq aylanuvchi yukda yanchish sharoiti
yomonlashadi.
39
Yachish sxemalarini tanlashda rudaning moddiy tarkibi va fizikaviy
xossalari, yanchishning talab qilinadigan o‘lchami, minerallar yuzasining
ochilish darajasi, kapital va eksplotatsiya xarajatlari va h.k. ni hisobga olish
kerak.
Rudani sharli yanchishda uning tarkibida 15 % tayyor mahsulot
bo‘lganda yanchishning birinchi bosqichidan oldin dastlabki klassifikasiya
ishlatiladi. To‘liq yopiq siklda tekshiruvchi klassifikasiya yanchilgan mahsulot
yirikligini nazorat qilish, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini oshirish
va mahsulotning shlamlanishini kamaytirish uchun qo ‘llaniladi.
Rudali o‘z-o‘zini yanchishda ikki bosqichli yanchish sxemasi ishlatiladi.
Birinchi bosqich "Kaskad" yoki "Aerofol" turdagi tegirmonlarda spiralli
klassifikator, elak, pnevmatik klassifikator kabilar bilan yopiq siklda, ikkinchi
bosqich esa gidrosiklonlar bilan yopiq siklda ishlovchi ruda-galkali
tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Yachish sxemasini tanlash turli xildagi sxemalarni sanoat yoki yarim
sanoat sharoitida tajriba yo‘li bilan tekshirish orqali amalga oshiriladi. Bunday
ma’lumotlar yo‘q bo‘lsa yanchish sxemasi dastlabki va oxirgi mahsulotning
o‘lchami, boyitish fabrikasining quvvati, qum va quyulmani alohida boyitish
kerakligi, rudaning fizik xossalari va h.k. asosida tanlanadi.
O‘z-o‘zini yanchishni nam va loyli rudaga qo‘llash afzal. Tegirmonning
o‘lchamini va iste’mol qiladigan quvvatini tanlash yiriklashgan sinov natijalari
asosida tanlanadi. Agar tegirmonga tushayotgan mahsulot ichida yirik bo‘laklar
etarli miqdorda bo‘lmasa, ruda-galkali yanchish qo‘llanilishi mumkin. Bu usul
o‘z-o‘zini yanchishdan qimmatroq, lekin sharli va sterjenli tegirmonlarda
yanchishdan arzonroq. Shunday qilib, yanchish usuli rudaning qattiqligini,
moddiy va granulometrik tarkibini, tekstura tuzilishini hisobga olgan holda
ularni texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida tanlanadi.
Bo‘shatuvchi panjarali sharli tegirmon yonbosh tomondan yopiladigan
qopqoqli barabandan va podshipniklarga tayanuvchi yuklovchi va
bo‘shatuvchi tsapfadan iborat. Baraban elektrodvigateldan uzatuvchi valga
40
o‘rnatilgan kichik shesternya va barabanga mahkamlangan tishli jag‘ orqali
aylanadi.
Katta o‘lchamli tegirmonlarda sekin harakatlanuvchi elektrodvigatel
uzatuvchi valga elastik mufta yordamida, kichk o‘lchamdagi tegirmonlarda esa
reduktor orqali bog‘lanadi.
Dastlabki
mahsulot
tegirmonga
markaziy
tuynuk
orqali
ta’minlagichdan, klassifikator qumi esa chig‘anoqsimon cho‘mich yordamida
yuklanadi. Baraban va yonbosh qopqoqlar ishdan chiqmasligi uchun boltlar
yordamida mahkamlanuvchi plitalar bilan,g‘ovak tsapfalarning ichi esa
almashtiriladigan voronkalar bilan qoplanadi. Tegirmonning bo‘shatilish
tomonida panjara o‘rnatilgan, bu panjara va yonbosh qopqoq orasidagi
bo‘shliq radial to‘siqlar - lifterlar yordamida sektorli kameralarga bo‘lingan
bo‘lib, ular tsapfaga ochiladi. Panjara va sektorlik kamera yanchilgan
mahsulotni tegirmondan majburiy chiqarishga va bo‘tana sathini past ushlab
turishga imkon beradi. Tegirmon aylanganda lifterlar bo‘tanani bo‘shatish
tsapfasining sathigacha ko‘tarib beradi va tegirmondan chiqarib olinadi.
Tegirmonga uning xajmining taxminan yarmisigacha turli o‘lchamdagi (40
mm dan to 150 mm gacha) po‘lat yoki chuyan sharlar solinadi.
Baraban aylanayotgan vaqtda sharlar dumalab, sirg‘anib, bir-biriga
urilib foydali qazilma zarrachalarini yanchiydi. Edirilgan sharlarni chiqarib
olishga, tegirmonning ichiga qoplamani kiritish va uni kuzatib turish uchun
lyuk xizmat qiladi. Bushatuvchi tsapfaning bo‘yni kattaroq diametrga ega, Shu
tufayli bo‘tananing bo‘shatish tomonga harakatlanishi sodir bo‘ladi.
Tegirmonning naminal o‘lchamlari barabanning ichki diametri D va
qoplama qalinligini hisobga olmagan holda uning uzunligi L bilan aniqlanadi.
Panjarali bo‘shatuvchi tegirmon qisqacha MShR-DxL deb belgilanadi. Bu
tegirmonlarning texnik xarakteristikasi ilovada keltirilgan.
Tegirmon barabani po‘lat patnosdan payvandlab tayyorlanadi, yonbosh
qopqoqlar esa cho‘yandan yoki po‘latdan quyiladi. Ular bir-biri bilan boltlar
yordamida ulanadi. Qoplamaning qalinligi h D ga bog‘liq holda qabul qilinadi:
41
D,m
m
900
1200-2100
2700-
3600
4000-4500
h,
mm
70
100
120
140
Yanchuvchi vositaning xarakterli hususiyati (ko‘tarilish balandligi,
qoplamaning sirg‘anish koeffitsienti), tegirmon barabanining ishchi hajmi,
qoplamaning
emirilishi,
tegirmonning
ishlab
chiqarish
unumdorligi,
elektrenergiyasining sarfi, va h.k.lar baraban qoplama plitalarining qalinligi va
profili (yon tomondan ko ‘rinishi) ga bog‘liq.
Diametri 100-125 mm li sharlar solinuvchi yanchishning I bosqichidagi
sharli tegirmon uchun qirrali profilga ega (Norilsk-III)-qoplama yaxshi
hisoblanadi, u sharlarni qoplama bilan mustahkam bog‘lanishini, sharlarni
yuqori balandlikka ko‘tarilishini, sharlarning sirg‘anishini yo‘qotishini,
plitalarning bir tekis va sekinroq edirilishini, metalning va elektrenergiya
sarfining kamayishini, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini oshirishni
ta’minlaydi.
Yanchishning II bosqichida sharli tegirmonlar uchun yaxshi qoplama qirrali-
Norilsk IV qoplama hisoblanadi. Bu qoplamalar po‘latdan tayyorlanadi.
Sterjenli tegirmonlar uchun to‘lqinsimon ko‘rinishli qoplama ishlatilib,
u sharli tegirmonlar uchun tavsiya etilmaydi (sharlarning sezilarli darajada
sirg‘anishi uchun). Boyitish fabrikalarida barabanli tegirmon qoplamasining
quyidagi turlari ishlatiladi
42
1.13-rasm. Qoplovchi plitalarning profili.
a – “Norilsk-III” qirrali turdagi , b – Shuning o‘zi “Norilsk-IV” uchun,
v- to‘lqinsimon turdagi H, g- “Skega”turdagi rezinali
Yanchishning II bosqichida sharli tegirmonlar uchun rezinali qoplamalar
ishlatiladi. Rezinali qoplamaning asosiy elementlari bo‘lib lifterlar, plitalar va
panjara sektorlari hisoblanadi. Tegirmon barabanining yuklovchi qopqog‘iga
radius bo‘ylab qalinligi 60 mm bo‘lgan plitalar o‘rnatilib, ular kesimi
100x110 mm lifterlar bilan qisib qo‘yiladi. Barabanga qalinligi 55 mm li
plitalar va lifterlar (140-125 mm) joylashgan.
Qalinligi 54 mm li panjaraning rezina sektorlari lifterlar (100-110
mm) bilan siqiladi. Bir komplekt qoplama plita va panjara sektorlari uchun ikki
komplekt lifterlar bo‘lishi talab qilinadi.
Rezinali qoplama po‘lat qoplamaga nisbatan yupqa bo‘lgani uchun
tegirmonning hajmi 5-6 % ga oshadi.
Rezinali va po‘lat qoplamalarning xizmat muddati yo bir xil, yo
birinchisi ikkinchisiga nisbatan 15-20% ortiqroq xizmat qiladi. Rezinali
qoplamaga ega tegirmonlarda sharlarning solishtirma sarfi po‘lat qoplamali
tegirmonlarnikiga nisbatan kichik rezinali qoplamali tegirmonlarning ishlab
chiqarish unumdorligi po‘lat qoplamali tegirmonlarnikiga nisbatan kam emas
(ko‘pincha ortiq ham). Montaj ishlarining osonligi zich yopilishi, shovqinning
nisbatan pastligi rezinali qoplamalarning afzalligiga kiradi.
43
Tsapfalarning qoplamasi tekis yoki spiralsimon. Yuklovchi tsapfa
spiralining yo‘nalishi tegirmonda dastlabki mahsulotning surilishini,
bo‘shatuvchi tsapfada esa sharlar va yirik mahsulotni tegirmonga qaytarilishini
ta’minlashi kerak.
Odatda qoplama bir tekis edirilmaydi. Marganetsli po‘lat (markasi
110 G 13 L) dan tayyorlangan qoplama plitalarning edirilish tezligi sutkasiga
millimetrning bir necha ulushini tashkil etadi.
Barabanning yoki satxiga ko‘tarilgan dastlabki mahsulotni tegirmonga
yuklash uchun barabanli ta’minlagich o‘rnatiladi.
1.14-rasm. Ta’minlagichlar. а- barabanli b- jamlashgan
U konus shakliga o‘tuvchi silindrik kameralar, qopqoq, sektorlar teshikka ega
diafragmadan iborat. Ta’minlagich boltlar yordamida tegirmonning yuklovchi
tsapfasiga o‘rnatiladi. Mahsulot qopqoqning teshigi, diafragmaning sektorli
teshigi orqali o‘tib yuklovchi tsapfa qoplamasining spiraliga tushadi.
Dastlabki mahsulotni va klassifikator qumini bir vaqtda tegirmonga
yuklash uchun jamlashgan ta’minlagichlardan foydalaniladi. Jamlashgan
ta’minlagich barabanli va chig‘anoqli ta’minlagichlarning birlashmasidan
iborat. Silindrik barabanga oxirgi uchiga almashtiriladigan soyabon o‘rnatilgan
cho‘mich mahkamlangan. Ta’minlagich bo`ltlar yordamida tegirmonning
yuklovchi tsapfasiga o‘rnatilgan.
Dastlabki mahsulot qopqoqdagi teshik orqali, qumlar esa baraban o‘qidan
quyi sathda joylashgan yuklovchi qutidan cho‘michlar yordamida tortib olinadi
va ta’minlagich barabanining ichiga tushadi.
44
Markaziy bo‘shatiluvchi sharli tegirmon tuzilish jihatdan panjara orqali
bo‘shatiluvchi tegirmon MShR ga o‘xshaydi. U yonbosh tomondan qopqoqli,
ichi bo‘sh tsapfaga ega tsilindrik barabandan iborat bo‘lib, Shu tsapfalar orqali
baraban podshipnik larga tayanadi. Barabanning va qopqoqlarning ichki devori
qoplama plitalar bilan qoplangan. Barabanning aylanishi elektrodvigateldan
barabanga mahkamlangan valga o‘rnatilgan etakchi shesternya orqali amalga
oshiriladi. Yuklovchi ichi g‘ovak tsapfaga jamlashgan ta’minlagich
o‘rnatilgan. Ichi g‘ovak tsapfalar almashtiriluvchi yuklovchi va bo‘shatuvchi
voronkalar bilan ta’minlangan.
Uncha katta bo‘lmagan o‘lchamdagi tegirmonlar barabanning ichiga
qoplamani kiritish uchun lyuklarga ega. Katta o‘lchamdagi tegirmonlarda bu
operatsiya bo‘shatuvchi tsapfa orqali bajariladi. Barabanga po‘lat yoki chuyan
sharlar solinadi. Bo‘shatuvchi tsapfa biroz kattaroq diametrga ega, buning
natijasida tegirmonda bo‘tananing nishabi hosil qilinadi.
1.15-rasm. Markaziy bo‘shatiluvchi sharli tegirmon.
Dastlabki mahsulot tegirmonga ta’minlagich orqali yuklovchi tsapfadan
beriladi, yanchilgan mahsulot bo‘shatuvchi tsapfa orqali tuShuriladi. Markaziy
bo‘shatiluvchi tegirmonlar qisqacha MShSdeb belgilanadi. Markaziy
bo‘shatiluvchi tegirmonlarning texnik xarakteristikasi ilovada berilgan. MShS
45
tegirmonlar barabandagi bo‘tana sathining balandligi bilan xarakterlanadi, bu
bo‘ylama yo‘nalishidagi harakat tezligining kichik bo‘lishini va mahsulotning
nisbatan mayin tuyo`lishini belgilaydi.
Bo‘shatuvchi bo‘g‘iz unga tasodifan tushib qolgan sharlarni tegirmonga
qaytaruvchi spiralga ega. Sharli tegirmonlar ruda va boshqa mahsulotlarni
yanchishda keng qo‘llaniladi.
Panjara orqali bo‘shatiluvchi sharli tegirmonlarning ishlab chiqarish
unumdorligi yuqoriroq (10-15 % ga) va ularda yanchilgan mahsulot markaziy
bo‘shatiluvchi tegirmonlarda yanchilgan mahsulotga nisbatan shlami kamroq
mahsulot beradi, lekin tuzilishi ancha murakkab. Markaziy bo‘shatiluvchi
sharli tegirmonlar oraliq mahsulotni qaytadan tuyush uchun ishlatiladi.
Odatda MShR tegirmonlar yanchishning birinchi bosqichida, MShR esa
mahsulotni mayin tuyush uchun yanchishning ikkinchi va uchinchi
bosqichlarida ishlatiladi. Sterjenli tegirmonlar tuzilish jihatidan markaziy
bo‘shatiluvchi sharli tegirmonlarga o‘xshaydi. U gorizontal holdagi tsilindrik
barabandan, jamlashgan ta’minlagich ko‘rinishidagi yuklovchi moslamadan,
va uzatish mexanizmidan iborat. Mahsulotni sterjenli tegirmondan o‘tish
tezligini oshirish uchun uning yuklovchi va bo‘shatuvchi tsapfalarining
diametrini Shunday diametrga ega sharli tegirmonlar tsapfalarinikiga nisbatan
kattaroq qilib tayyorlanadi. Sterjenli tegirmonlarda yon tomondan
to‘lqinsimon yoki pog‘onali ko‘rinishga ega qoplamalar o‘rnatiladi.
1.16- rasm. Markaziy bo‘shatiluvchi sharli tegirmon
46
Mahsulotni sterjenli tegirmondan o‘tish tezligini oshirish uchun uning
yuklovchi va bo‘shatuvchi tsapfalarining diametrini Shunday diametrga ega
sharli tegirmonlar tsapfalarinikiga nisbatan kattaroq qilib tayyorlanadi.
Sterjenli tegirmonlarda yon tomondan to‘lqinsimon yoki pog‘onali ko‘rinishga
ega qoplamalar o‘rnatiladi. Sterjenli tegirmonlar qisqacha MShS deb
belgilanadi Sterjenli tegirmonlar sharli tegirmonlardan oldin mahsulotni dag‘al
tuyush uchun, Shuningdek rudani gravitatsiya va magnit usullarida boyitish
uchun tayyorlashda ishlatiladi. Sterjenli tegirmonlarning texnik xarakteristikasi
ilovada keltirilgan.
Yangi barabanli tegirmonlarni tanlashda, Shuningdek, ularni ishlatishda
bir qator muammolar hosil bo‘ladi. Ularga barabanning nisbiy aylanish
chastotasini tanlash, yanchuvchi vositaning o‘lchamlarini aniqlash, barabanni
yanchuvchi vosita bilan to‘ldirish darajasini aniqlash, dastlabki mahsulotning
yanchiluvchanligini, yanchilgan mahsulot yirikligini belgilash, tegirmonning
o‘lchami va tuzilishini aniqlash, Shu bilan bir qatorda tegirmonning ishlab
chiqarish unumdorligi va iste’mol qiladigan quvvatiga ta’sir qiluvchi boshqa
parametrlarni aniqlash kiradi. Tegirmon ishining ham texnologik, ham
iqtisodiy samaradorligi bu masalalarning to‘g‘ri hal qilinishiga bog‘liq.
Barabanli
tegirmon
mexanik
ish
tartibini
belgilovchi
asosiy
parametrlarga quyidagilar kiradi: tegirmon barabanining aylanish chastotasi,
%; tegirmon barabanining to‘ldirish darajasi, %;
Barabanli tegirmonning aylanish chastotasiga qarab yanchuvchi vosita
harakatlanishining quyidagi tartiblari mavjud: pog‘onali, sharsharali, aralash va
kritikdan ortiq tezlikli.
Pog‘onali tartib barabanning kichik aylanish tezligida yanchuvchi
vositaning uchib tushmasdan dumalashi vositasida sodir bo‘ladi. Yanchuvchi
vositaning bari aylanish tomoniga qarab, ma’lum balandlikka ko‘tariladi va
keyin parallel qatlamlar bo‘ylab pastga dumalaydi. Yanchuvchi vositaning
markazi kam harakatlanuvchi zona (yadro) ga ega. Rudani yanchish
47
tegirmonning pog‘onali harakatlanishi natijasida ezilish va ishqalanish hisobiga
sodir bo‘ladi.
Barabanning aylanish tezligi kritik aylanish tezligining 50-60 % ini tashkil
qiladi.
Sharshara tartibida yanchuvchi vosita aylanma traektoriya bo‘ylab
kattaroq balandlikka ko‘tariladi va parabolik traektoriya bo‘ylab tushib,
aylanma traektoriyada joylashgan rudaga zarba beradi.
1.17-rasm. Barabanli tegirmonning pog’onali ish tartibi.
Rudani yanchish asosiy yanchuvchi jismning zarbasi natijasida,
qisman esa ishqalanish va ezilish hisobiga sodir bo‘ladi. Bu tartib barabanning
hamma yoki ko‘pchilik yanchuvchi vosita aylanma traektoriyadan parabolik
traektoriyaga o‘tishdagi aylanish chastotasida kuzatiladi. Bu tartibda
ishlaganda barabanning aylanish tezligi kritik aylanish tezligining 78 - 86
% ni tashkil qiladi.
1.18-rasm.Barabanli tegirmonning sharshara ish tartibi.
48
Aralash tartib sof pog‘onali tartibdan sharshara tartibga asta-sekin o‘tish
bilan xarakterlanadi. Bunda yanchuvchi vositaning tashqi qatlamlari tsiklon
bo‘ylab pastga dumalovchi mahsulotning ichki qatlamlariga tushadi. Bunday
tartib baraban aylanish chastotasining oraliq qiymatlarida sodir bo‘ladi.
Barabanning aylanish tezligi kritik aylanish tezligining 60-76 % ini tashkil
qiladi.
Kritikdan yuqori tartib barabanning aylanish chastotasi kritikdan yuqori
bo‘lganda yuzaga keladi.
Baraban aylanganda yanchuvchi vosita (shar yoki sterjen) ishqalanish va
markazdan qochuvchi kuchlar ta’sirida silindrning ichki devoriga yopishib
qoladi va ma’lum bir balandlikka ko‘tarilib, og‘irlik kuchi ta’sirida pastga
tushadi va yoki devor bo‘ylab sirg ‘aladi. Aylanish tezligi oshganda Shunday
holat yuzaga kelishi mumkinki, unda markazdan qochuvchi kuch og‘irlik
kuchiga tenglashadi, bunda yanchuvchi vosita tsilindrning devoriga
yopishib,u bilan birga aylanadi (devordan uzilmaydi). Bunday tezlik
barabanning kritik aylanish tezligi deyiladi. Barabanning kritik aylanish
tezligida yanchish deyarli sodir bo‘lmaydi. Barabanning kritik aylanish tezligi
quyidagi formuladan topiladi:
bu yerda: D - tegirmon barabanining diametri, m
Amalda yuqoridagi birinchi uchta tezlik tartibi ishlatiladi.Dag‘al
yanchishni sharshara va aralash tartibda amalga oshirgani maqsadga muvofiq,
chunki unda yanchilish asosan ishqalanish va ezilish hisobiga sodir bo‘ladi.
Har qanday tartibda yanchuvchi vosita tegirmonning qoplamasi va unga
yopishgan jismlar, Shuningdek jismlarning o‘zlari orasida hosil bo‘ladigan
ishqalanish kuchi ta’sirida aylanma traektoriya bo‘ylab xarakatlanadi.
Ishkalanish kuchining qiymati mahsulotning (sharlar va ruda) barabanning
ichki yuzasiga ko‘rsatadigan bosimiga va ishqalanish koeffitsientiga bog‘liq.
Ishqalanish koeffitsienti rudaning xossasiga, qoplamaning yuzasiga,
butananing zichligi va qovushqoqligiga bog ‘liq.
49
Baraban aylanishining kichik chastotasida va tegirmon yanchuvchi
vosita bilan kamroq (30%) to‘ldirilganda aylanma traektoriya bo‘ylab
harakatlanishda yanchuvchi vositaning sirg‘anishi kuzatilishi mumkin
(qoplama yuzasi va baraban ichi). Barabanning yanchuvchi sita bilan
to‘ldirilishi 40-50%, va silliqmas qoplamada sharlarning tashqi qatlami
sirg‘anmaydi, ichki qatlamlarning nisbiy siljishi esa hamma vaqt kuzatiladi.
Real sharoitda yanchuvchi vosita aylanma traektoriya bo‘ylab alohida
harakatlanmasdan, boshqa jismlar bilan birgalikda xarakatlanadi.
Sharli tegirmonning hamma tartiblarida yanchuvchi mahsulotning
qatlamlari, sharlar va qoplama orasida o‘zaro bir-biriga kirib olish kuzatilishi
mumkin.
Yanchish jarayonini o‘z-o‘zini yanchuvchi tegirmonlarda quyidagicha
tasavvur qilish mumkin. Rudaning yirikroq (150-450 mm) bo‘laklari pog‘onali
tartibda xarakatlanadi va barabanning yuqoriga
ko‘tariluvchi tomoni bo ‘ylab ko‘tariladi va dumaloq shaklga kiradi.
O‘rtacha yiriklikdagi bo‘laklar (50-150 mm) sharshara tartibida
joylashadi. Parabolik traektoriya bo‘ylab tushganda ular maydaroq bo‘laklarni
zarba ta’sirida yanchiydi va asta-sekin o‘zlari ham yirik rudaning dumalovchi
bo‘laklari orasida zarba, ishkalanish va ezilish natijasida parchalanadi.
Gravitatsion va markazdan qochuvchi kuchlar ta’sirida, Shuningdek
lifterlar yordamida ruda bo‘laklari tog‘irlik kuchi markazdan qochuvchi
kuchdan ortguncha yuqoriga ko‘tariladi.
Yirik bo‘laklar yanchish zonasiga mayda bo‘laklardan oldin tushadi va
qisqa vaqt oralig‘ida mayda bo‘laklar kattaroq balandlikka
ko‘tariladi va sharshara zonasiga tushadi. Tegirmon xajmining 8 % i atrofida
po‘lat sharlarni qo‘shish yanchish jarayonini tezlashtiradi.
Ruda massasini kerakli balandlikka ko‘tarish uchun o‘z-o‘zini
yanchuvchi tegirmonlar lifterlar bilan ta’minlangan.
Baraban aylanganda lifterlar ruda bo‘laklarini ushlab olib, lifterlarsiz
tegirmondagiga nisbatan kattaroq balandlikka ko‘taradi.
50
Barabanning aylanish chastotasi va uning to‘ldirilish darajasiga qarab
faqat iste’mol qilinadigan quvvat emas, balki zarba va ishqalanish orqali
yanchishga sarflanadigan foydali quvvat orasidagi nisbat ham o‘zgaradi.
Sharshara tartibida yanchish asosan rudali jismning erkin tushishida
zarba ta’sirida, Shuningdek ishqalanish ta’sirida sodir bo‘ladi.
Dag‘al yanchilgan mahsulot aylanish chastotasi katta bo‘lganda (aralash
va sharshara tartibi); mayin yanchilgan mahsulot aylanish chastotasi kichik
bo‘lganda ishqalanish natijasi (pog‘onali tartib) da olinadi. O‘z-o‘zini
yanchishda rudaning hamma bo‘laklari bir vaqtning o‘zida ham yanchiluvchi,
ham yanchuvchi hisoblanib, bu jarayonning samaradorligini sezilarli ravishda
oshiradi.
Pog‘onali, aralash va sharshara tartiblari bir-biri bilan bog‘langan va
yanchilish sharoiti (to‘ldirish darajasi, qoplamaning edirilishi, aylanishlar
chastotasi, yanchiluvchi mahsulotning fizik-mexanik xossasi, bo‘tananing
zichligi va h.k) o‘zgarishi bilan biridan-ikkinchisiga o‘tishi mumkin.
Yanchuvchi muhitning mexanikasi o‘rganilganda uzilib parabolik
traektoriyaga o‘tgandagi holatga ishqalanish kuchining ta’siri hisobga
olinmaydi. Shuning uchun sharli tegirmonlarning amaldagi Shu tartibi
yuqorida ko ‘rilgan nazariy tartibdagidan farq qiladi.
Tegirmonning ishlash jarayonida sharlar asta-sekin emiriladi. Shuning
uchun tegirmonning normal ishlashi uchun sharlar yoki sterjenlar massasini
doimiy ushlab turish kerak. Shu maqsadda tegirmonga yangi shar yoki
sterjenlar qo‘shib turiladi.
Shuni hisobga olish kerakki, sharlarning o‘lchami bir xil emas.
Ular ma’lum qoida asosida tanlanadi: 160, 120, 80, 40, va h.k. Juda mayda
sharlarni yirik sharlar bilan ishlatish maqsadga muvofiq emas, chunki ular
yirik sharlar orasidagi bo ‘shliqni egallab, o‘ziga zarba va edirilishni oladi.
|