1.2.Elash jarayoni
Elash foydali qazilmaning yirikligiga qarab,bir yoki bir necha elak orqali
elab,sinflarga ajratish jarayonidir.
Elashga tushayotgan mahsulot — dastlabki, elak ustida qolgan mahsulot
elak usti, elakdan o‘tgan mahsulot esa elak osti mahsuloti deyiladi.
Elashda qabul qilingan elak ko‘zlari o‘lchamining kattadan kichikka tomon
ketma-ket qatori elash shkalasi,ikkita ketma-ket kelgan elak ko‘zlari
o‘lchamining bir-biriga nisbati shkala moduli deyiladi. Masalan:48, 24, 12, 6, 3
mm li shkala uchun modul 2 ga teng. Mahsulotni n ta elakda elashdan so‘ng n+
ta mahsulot olinadi.
Elashning quyidagi turlari qo‘llaniladi: yordamchi, tayyorlovchi, mustaqil
hamda boyitish mahsulotlaridan suvni ajratish maqsadida ishlatiladigan elash
operatsiyasi.
1.
Yordamchi elash maydalash va yanchish sxemalarida ishlatilib, dastlabki
mahsulot tarkibidagi tayyor (maydalanishi kerak bolmagan) mahsulotni ajratish
yoki maydalangan mahsulot yirikligini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bunday
elashning birinchi turi dastlabki, ikkinchisi esa nazoratlovchi elash deyiladi.
2.
Tayyorlovchi elash dastlabki mahsulotni alohida-alohida boyitish
maqsadida sinflarga ajratish uchun ishlatiladi.
3.
Mustaqil elash - elash mahsulotlari iste’molchiga yuboriladigan tayyor
mahsulot hisoblansa mustaqil elash deyiladi, elashning bu turi ko‘pincha
ko‘mirni elashda ishlatiladi.
Elash samaradorligi har xil kattalikdagi dastlabki zarralar aralashmasini
elovchi yuzada qay darajada ajralishini xarakterlovchi kattalikdir. Umumiy
holda, elash samaradorligi ma'lum sinfning elak osti mahsulotidagi miqdorini
Shu sinfning dastlabki mahsulotdagi miqdoriga nisbatini ko‘rsatadi:
E = Q
e.o.
/ Q
d.m
·100,%. (1.10)
14
1.2-jadval
Elak osti mahsuloti deb, dastlabki mahsulotdagi elovchi yuza teshiklaridan
o‘tuvchi kichik o‘lchamli mahsulotga aytiladi. Agar dastlabki mahsulotdagi
elak osti mahsulotining umumiy miqdori (Q
eo
) Shu mahsulot uchun
granulometrik tarkib egri chizig‘idan va uning og'irligi Q ma’lum bo‘lsa, elash
samaradorligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
E = 1 0
4
Q
e . o .
/ Q
d . m .
(1.11)
Real sharoitda uzluksiz ishlaydigan boyitish fabrikalaridagi elak osti
mahsulotining og‘irligi (massasi)ni aniqlash qiyin, Shuning uchun elash
samaradorligi elak usti mahsuloti tarkibidagi elak osti mahsulotining miqdori,
Ya`ni elak osti mahsulotining dastlabki va elak usti mahsuloti Q ning miqdori
bilan hisoblanadi. Bu holda elash samaradorligini hisoblash uchun quyidagi
formuladan foydalaniladi:
E= 10
4
(a - 9)/a(100 - 0),
(1.12)
bunda: a - dastlabki mahsulotdagi elak osti sinfining miqdori;
0 - elak usti mahsulotidagi elak osti mahsulotining miqdori.
Shunday qilib, elashga tushayotgan mahsulot tarkibidagi ostki (quyi) sinf
miqdorini bilgan holda, Shu sinfning elak usti mahsulotidagi miqdorini
aniqlab, elash samaradorligini hisoblab topish mumkin.
Elash samaradorligi elak ishining mexanik, texnologik parametrlariga va
elanayotgan mahsulot xossasiga, elakning ish tartibiga, elash vaqtiga, elovchi
Ruda
bo‘laklari
Dastlabki mahsulotning yirikligi, mm
Elak ko‘zining o‘lchami,
mm
Yirik
-1200+0
300-100
O‘rta
-360+0
60-25
Mayda
-75+0
25-6
Mayin
-10+0
5-0,5
O‘ta mayin
-1+0
0,05gacha
15
yuzaning ko‘rinishi va holatiga, elakning ishlab chiqarish quvvatiga,
mahsulotning namligiga va hokazolarga bog‘liq.
Elaklar geometrik shakli, elovchi yuzaning xususiyati,uning gorizontal
tekislikka nisbatan joylashishi bilan bir-biridan farq qiladi.Elovchi yuzaning
shakliga qarab yassi, silindrik (barabanli) yoki yoysimon shakldagi elaklar
mavjud. Elovchi yuzaning joylashishiga qarab gorizontal va qiya, ba’zi
hollarda vertikal elaklarga bolinadi.
Mahsulotning elovchi yuza bo‘ylab harakatlanishi xususiyatiga qarab
elaklar qo‘zg‘almas (ba’zi hollarda elovchi yuza ba’zi elementlarining
harakatlanishi), aylanma harakatli qo‘zg‘aluvchi va to‘g‘ri chiziqli
harakatlanuvchi qo‘zg‘aluvchi elaklarga bo‘linadi.
Foydali qazilmalarni elashda ishlatiladigan elaklar quyidagi guruhlarga
bo‘linadi: qo‘zg‘almas panjaralar, valokli aylanuvchi barabanli,yassi
tebranuvchi; yarim vibratsion; vibratsion aylanma vibratsiyali; vibratsion
to‘g‘ri chiziqli vibratsiyali; yoysimon va hokazo. Hamma elaklar og‘irligi
jihatidan yengil, o‘rta va og‘ir turdagi elaklarga bo‘linadi.
Qo‘zg‘almas panjarali elaklar alohida orasi ochiq panjaralardan tashkil
topib, gorizontga nisbatan 40-45° burchak ostida rudani elash uchun, 30-35°
burchak ostida ko‘mirni elash uchun o‘rnatiladi (5- rasm). Mahsulot
panjaraning yuqori qismiga berilib, o‘z oqimi bilan harakatlanadi, bunda
mayda mahsulot panjara orasidan o‘tib, yirik mahsulot esa panjara ostidan
ajratiladi.Bunday elaklar yirik mahsulotni elash uchun ishlatiladi. Ikkita
panjara orasidagi masofa 50 mm va undan katta bo‘lishi kerak.
1.3-rasm . Qo‘zg‘almas panjarali elaklar.
1—panjara; 2—siquvchi boltlar; 3—tirgak trubkalar.
16
Elakning kengligi dastlabki mahsulotdagi eng katta bo‘lak o‘lchamida
kamida 2-3 marta, uzunligi esa kengligidan 2 marta katta bo‘lishi kerak.
Elovchi panjaralarning panjaralari turli xil ko‘rinishga (profil) ega bo‘lishi
mumkin: trapetsiya, dumaloq, kvadrat, «T» harfi (tavroviy) va hokazo. Panjara
sifatida oddiy temir yo‘l relslari ham ishlatilishi mumkin. Panjaralar bir-biridan
ma’lum masofada parallel holda joylashtiriladi va bir-biri bilan boltlar orqali
mahkamlanadi.
Elovchi panjaralarda elash samaradorligi 60—70% ni tashkil qiladi.
Elovchi panjaralarning ishlab chiqarish quvvati elakning o‘lchamiga,
mahsulotning xossasiga va panjaralar orasidagi masofaga bog‘liq.
Elovchi panjaraning ishlab chiqarish quvvati quyidagi empirik formula
bilan hisoblanadi:
Q=2,4 · F · a, (1.13.)
bunda: F - panjaraning yuzasi, m
2
; a — panjaralar orasidagi masofa, mm.
Boyitish fabrikalarida elovchi panjaralar, asosan, yirik va o‘rta maydalash
maydalagichlaridan oldin o‘rnatiladi.
Elovchi panjaralarning afzalligi: sodda tuzilishga egaligi va xizmat
ko‘rsatishning qulayligi; elektroenergiya sarflanmasligi,korxonada uni xilma-
xil materiallar (eski rels, balka)dan tayyorlash mumkinligi,ularga mahsulotni
avtomashina, temir yo‘l vagonlari va hokazolardan bevosita tushirib olish
mumkinligidan iborat.
Biroq, elovchi panjaralar o‘rnatish uchun binoning baland bo‘lishi talab
qilinadi va ularda elash samaradorligi past.
Barabanli elaklarning ishchi maydoni silindr yoki kesik konus shaklida
bo‘lib, odatda, teshik-teshik listlardan yig‘iladi. Silindr barabanining o‘qi
gorizontga nisbatan 4-7° burchak ostida qiya holda, konusli barabanning o‘qi
esa gorizontal o‘rnatiladi.
17
Dastlabki mahsulot baraban ichiga yuqori qismidan beriladi. Bunda baraban
teshiklaridan kichik o‘lchamdagi mahsulot o‘tib ketadi, yirik mahsulotlar esa
barabanning ichida pastga tomon harakatlanadi (1.4- rasm).
Barabanning aylanish tezligi kritik aylanish tezligining 25-50% ini tashkil
etadi.
Elak barabanining diametri 500 dan 3000 mm gacha, uzunligi 2000 dan
15000 mm gacha, teshiklarining o‘lchami 3 dan 75 mm gacha bo‘ladi.
Barabanli elaklar, asosan, loyli moddalarni elash va yuvishda ishlatiladi.
Uzatish mexanizmi, qutisi va ramasi orasida qattiq bo‘lmagan kinematik
bog‘lanishli tezyurar tebranuvchi elaklar, asosan, boyitish mahsulotlarini
suvsizlantirishda ishlatiladi.
1.4-rasm.Barabanli elaklarning sxemasi
Yassi tebranuvchi elaklar 2 ta ketma-ket gorizontal joylashgan qutidan
iborat bo‘lib, qiya holdagi sharnirli tayanchga tayanadi (har qaysi qutiga 4
tadan). Ekssentrik uzatma val va tayanchlar bir-biri bilan sharnirli
bog‘langan.Val tasmali uzatma orqali elektrodvigatel yordamida harakatga
keltiriladi.Val rama bilan 2 ta amortizatsion prujinalar orqali bog`langan (1.5-
rasm).
18
1.5-rasm.Yassi tebranuvchi elaklar
Harakat
ikki
juft
shatunlar
yordamida
valdan
qutichalarga
uzatiladi.Qutilarning harakatlanuvchi massasini muvozanatlashtirish uchun
ekssentrisitetlar bir-biridan 180°ga siljitilgan. Elak quyidagi texnik
xarakteristikalarga ega: qutining 1 minutdagi tebranishlari soni 400-450;
tebranish amplitudasi 14-26 mm; 2 ta to‘rning maydoni 7,5 m
2
; ko‘mirli
konsentratni
suvsizlantirishdagi
ishlab
chiqarish
unumdorligi
20-25
t/soat,ko‘mirli shlamlar uchun 12-13 soat.
Yarim vibratsion elaklar to‘r o‘rnatilgan qutini ekssentrik val yordamida
vertikal tekislikda aylanma harakatlanishi bilan xarakterlanadi (1.6-rasm).
1.6-rasm. Yarim vibratsion elaklar:
1 rama, 2—tayanch; 3—quti; 4—ressor; 5—osilgich; 6—disk; 7—konyuktur;
8-val; 9-to‘rlar; 10-qo‘zg‘aluvchi podshipniklar; 11-tub podshipniklar.
19
Qo‘zg‘almas ramaga podshipniklarda gorizontal holda ekssentrik val
o`rnatilgan. Elak qutisiga tebranuvchi podshipnik mahkamlangan.Quti unga
tortilgan tor (2 ta yoki 3 ta ham bo‘lishi mumkin) bilan gorizontga nisbatan 20-
30° burchak ostida o‘rnatiladi va Shunday holatda amortizatorlar yordamida
ushlab turiladi.
Harakat valga ramaga o‘rnatilgan elektrodvigateldan uzatma va shkiv orqali
beriladi.Elak qutisi vertikal tekislikda kichik radiusli aylanma harakat qiladi.
Qutining tebranishlar amplitudasi va harakat trayektoriyasi faqat o‘rta qismi
uchungina doimiydir. Qutining elliptik trayektoriya bo‘yicha harakatlanuvchi
chetki qismlari o‘rta qismining tebranish amplitudasiga nisbatan erkinroq
tebranish va amplitudaga ega. Quti chetlarining harakatlanish xarakteri
amortizatorlarning qattiqligi bilan aniqlanadi.
|