• Kamerali gidravlik klassifikatorlar
  • Klassifikatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi




    Download 3,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/104
    Sana29.12.2023
    Hajmi3,78 Mb.
    #128991
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104
    Bog'liq
    Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

    1.6.Klassifikatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi 
    Boyitish fabrikalarida ishlatiladigan gidravlik klassifikatorlarni shartli 
    ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin: 
    1. Ajralish gravitatsion va muhitning qarshilik kuchi asosida amalga 
    oshadigan klassifikatorlar (kamerali, konusli, spiralli, piramida shaklidagi 
    klassifikatorlar). 
    2.Yuqoridagi kuchlardan tashqari markazdan qochuvchi kuch ta’sir 
    qiladigan klassifikatorlar. 
    Kamerali gidravlik klassifikatorlar 
    Bu klassifikatorlar mahsulotni gravitatsion usulda boyitishdan oldin 
    tayyorlash klassifikatsiyasi uchun ishlatiladi. Klassifikatorlar 2,4,6, yoki 8 ta 


    55 
    kameradan iborat bo‘lib, kameralar soni markadan keyin ko‘rsatiladi (KG-2, 
    KG-4, KG-6, KG-8). Kameralarning kengligi mahsulot berilishi tomonidan 
    mahsulot quyilishi tomonga ortib boradi. 
    Kamerali gidravlik klassifikator o‘lchamlari ketma-ket kattalashib 
    boruvchi va yuqori qismida bitta bo`tana oqimi bo‘ylab kengayib boruvchi 
    umumiy tarnovchaga ega bir qator piramida shaklidagi kameralardan iborat. 
    Dastlabki bo‘tana tarnovchaning tor qismiga berilib, u klassifikator 
    kameralarini to‘ldiradi va tarnovchaning keng qismidan oqib tushadi. Mineral 
    zarrachalar o‘zlarining suvda tushish tezliklariga qarab, ma’lum yiriklikdagi 
    sinflarni hosil qilib har xil kameralarda cho‘kadi. Eng mayda fraksiya quyulma 
    bilan chiqib ketadi. 
    Har qaysi piragidal kameraga silindr va konusli nasadka ulanadi. 
    Cho‘kkan mahsulot davriy ravishda ochiladigan klapn orqali konusli uchlikdan 
    chiqarib olinadi. 
    Klasifikatorning silindr qismiga kameraning piramida qismida yuqoriga 
    ko‘tariluvchi aylana oqim hosil qiladigan tarzda urinma bo‘yicha bosim ostida 
    suv beriladi. Yuqoriga xarakatlanuvchi suv oqimi cho‘kkan mahsulotdan 
    mayda zarrachalarni yuvib yuqoriga olib chiqadi.Kameraning pastki toraygan
    sharoitida 
    sodirbo‘ladi. 
    Kameraning pastki qismiga cho‘kkan fraksiya 1,5 aylana (min tezlikda 
    xarakatlanuvchi aralashtirgich yordamida g‘ovaklantiriladi. 
    Kamerali klassifikatorlarning uzunligi 3,7 dan 7,4 m gacha,balandligi - 
    2,8 dan 4,2 m gacha,ishlab chiqarish unumdorligi 2 mm li mahsulotda 15 dan 
    25 t/soat, bunda suv sarfi 30-160 l/min. 
    Gidravlik klassifikatorlarning afzalligi-cho‘kkan mahsulotni avtomatik 
    bo‘shatish va klassifikatsiyani boshqarish mumkinligi. 

    Download 3,78 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




    Download 3,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Klassifikatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi

    Download 3,78 Mb.
    Pdf ko'rish