Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/104
Sana29.12.2023
Hajmi3,78 Mb.
#128991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

1.3. Maydalash jarayoni
Boyitish fabrikasiga rudalar har xil o‘lchamdagi bo‘laklar holida kelib tushadi. 
Rudaning yiriklik xarakteristikasi yoki uning granulometrik tarkibi konni qazib 
olish usuliga, rudaning qattiqligiga, konning sanoat quvvatiga va hokazolarga 
bog`liq. 
Rudani boyitishdan oldin foydali qazilma minerallari va puch tog‘ 
jinslari ularni erkin va bir-biridan ajralgan holda ko‘rsata olishi mumkin 
bo‘lgan yiriklikka (o‘lchamga) keltirilishi kerak. Rudani boyitishdan oldin 
tayyorlash uchun maydalash va yanchish jarayonlari qo‘llaniladi. 
Fizikaviy mohiyati jihatidan bir xil jarayonlar hisoblanuvchi maydalash 
hamda yanchish bir-biridan bu operatsiyalarga tuShuvchi va ulardan chiquvchi 
mahsulotlaming o‘lchamiga qarab shartli ravishda farq qiladi. 
Maydalash jarayoniga mahsulot 1500 mm gacha kattalikda tushib, 
maydalangan mahsulot 10— 15 mm o‘lchamda bo‘ladi. Rudaning o‘lchamini 
0,074 mm gacha kichraytirish yanchish jarayonida sodir bo‘ladi. 
Rudaning boyitishdan oldingi eng so‘nggi o‘lchami qo‘llaniladigan 
boyitish usuliga bog‘liq bo‘ladi. 


20 
Bu o‘lcham har qaysi foydali qazilma uchun uni boyitilishga tekshirish 
jarayonida tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. 
Foydali mineral zarra yuzasi qancha to‘liq ochilsa, boyitish Shuncha 
samaraliroq bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda o‘ta yanchilishga yo‘l qo‘ymaslik 
kerak, chunki bunda foydali komponent juda mayin shlamlar holiga o‘tib, 
boyitish jarayonida boyitmaga ajralmaydi va chiqindilar tarkibida yo‘qoladi. 
Bundan tashqari, o‘ta yanchilish elektr energiyasining ortiqcha 
sarflanishiga, maydalagich va tegirmonlarning tez ishdan chiqishiga, ularning 
ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga va boyitish ko‘rsatkichlarining 
yomonlaShuviga olib keladi. 
Maydalash va yanchish jarayonlari juda qimmat turadigan jarayonlar 
hisoblanadi. Bu jarayonlarda rudani boyitish uchun ketadigan xarajatlarning 60 
% dan ortig’i sarflanadi. Shuning uchun maydalashda “hech narsa ortiqcha 
maydalanmasin” degan prinsipga amal qilinadi.Shu maqsadda maydalash 
bosqichli tarzda amalga oshiriladi. 
Maydalash va yanchish jarayonlari ko‘mirni chang holda yoquvchi 
stansiyalarda, sement zavodlarida ko‘mirni kokslash uchun tayyorlashda koks 
kimyoviy zavodlarida, ohak, dolomit va boshqa mahsulotlarni maydalashda 
metallurgik zavodlarda, yo‘l qurilish sanoatida, qum-shag’al tayyorlashda va 
hokazolarda ham qo‘llaniladi. Bu hollarda maydalash va yanchish 
mahsulotlarining yirikligi keying tanlangan texnologiyaning talablari asosida 
o‘rnatiladi. 
Tog’ jinslari o‘zining qattiqligiga qarab 4 ta guruhga bo‘linadi: yumshoq, 
o‘rtacha, qattiq va o‘ta qattiq. Yumshoq rudalarga M.M.Prototyakonov 
shkalasiga ko‘ra 5 dan 10 gacha qattiqlik koeffitsientga ega tog’ jinslari; 
o‘rtacha qattiqlikka ega tog’ jinslarga 10 dan 15 gacha koeffitsientga, qattiq 
tog’ jinslariga 15 dan 16 gacha koeffitsientga ega va o‘ta qattiq jinslarga 18 
dan 20 gacha qattiqlik koeffitsientiga ega jinslar kiradi. 
Foydali qazilmalarning qattiqligi, Shuningdek, Mosning qattiqlik 
shkalasi bo‘yicha (tirnash usuli) ham aniqlanishi mumkin. Unga ko‘ra, qattiq 


21 
tog’ jinslariga (masalan, kvars, korund va hokazo) mos bo‘yicha qattiqligi 6-
10; o‘rtacha (ko‘mir, ohak) 2-5; yumshoq (talk, gips) 1-2 Mos bo‘yicha 
qattiqlikka ega rudalar kiradi. 
Maydalash deb, ruda bo‘laklarining o‘lchamini tashqi kuch ta’sirida 
kichraytirishga 
aytiladi.maydalash 
jarayoni 
maydalash 
darajsi 
bilan 
xarakterlanadi. Maydalash darajasi deb, maydalash natijasida ruda 
bo‘laklarining o‘lchami necha marta kichrayishini ko‘rsatuvchi kattalikka 
aytiladi: 
i=
, (1.14)
bunda: D
max
— dastlabki ruda tarkibidagi eng katta bo‘lakning o‘lchami, 
mm; 
d
max
-maydalangan mahsulot tarkibidagi eng katta bo‘lakning o`lchami, mm. 
Boyitish fabrikalarida rudalarni maydalash, odatda, bir necha bosqichda 
amalga oshiriladi, chunki bitta maydalagichda kerakli maydalash darajasiga 
erishish mumkin emas.Shuning uchun maydalash bir necha bosqichda amalga 
oshiriladi. Masalan, rangli va qora metallar rudalarining ko‘pchiligi uchun 3 
bosqichda maydalash ishlatiladi. 
1- 
bosqich. Yirik maydalash 1500 - 1000 mm dan 300 mm gacha. 
2- 
bosqich.O‘rtacha maydalash 300 mm dan 75 mm gacha. 
3- 
bosqich. Mayda maydalash 75 mm dan 10-15 mm gacha. 
Umumiy maydalash darajasi alohida bosqichlarda olingan maydalash 
darajalarining ko‘paytmasiga teng: 
 
=
· 
· 
(1.15) 
Masalan, agar yirik maydalash uchun: i - 1500/300 = 5; 
o‘rtacha maydalash uchun: / 
= 300/75 = 4; 
mayda maydalash uchun: i
mayda
= 75/15 = 5 bo‘lsa; 
umumiy maydalash darajasi: i
um
= 5 • 4 • 5 = 100 bo‘ladi. 


22 
Har qaysi maydalash bosqichidan oldin dastlabki rudaning tarkibidan elash 
orqali o‘lchami Shu bosqichdagi maydalangan mahsulot o‘lchamiga teng 
mayda sinf ajratib olinadi. Mayda mahsulotni ajratib olish hisobiga 
maydalagichga beriladigan yuk qisqaradi, uning ishlab chiqarish unumdorligi 
ortadi, elektr energiya sarfi kamayadi, Shuningdek, rudaning o‘ta 
yanchilishining oldi olinadi. 
Yumshoq rudalar ikki bosqichda, o‘rtacha qattiqlikdagi rudalar 3 bosqichda, 
qattiq rudalar esa 4 bosqichda maydalanadi. Ruda qancha qattiq va mustahkam 
bo‘lsa, ichki tortilish kuchlarini yengish uchun Shuncha ko‘p kuch talab 
qilinadi (1.7- rasm). 
Maydalashda mineral zarra yuzasining ochilishi ruda bo‘laklarining 
tashqi kuch ta’sirida parchalanishi natijasida sodir bo‘ladi.Ruda bo‘laklarini 
parchalash uchun alohida kristallar orasidagi va kristallar ichidagi tortishish 
kuchini yengish kerak. Bu moddaning mustahkamligini belgilaydi.Bundan 
tashqari, rudaning mustahkamligi uning tuzilishidagi ichki nuqsonlar (darz, 
begona narsalar) ga ham bog‘liq. 
Rudaning xossasi (mustahkamlik, mo‘rtlik, qovushqoqlik va boshqalar)ga 
qarab parchalanishning quyidagi usullari qo‘llanilishi mumkin: 
Ezilish- ikkita maydalovchi yuza orasida m da bo‘laklarining siqilishi 
natijasida parchalanish. 
Yorilish - ruda bo
c
laklarini maydalovchi jismning uchlari (tig‘lari) orasida 
uzilib bo
`
linishi. 
Zarba-ruda bo‘laklarini qisqa ta'sir etuvchi dinamik yuk ta’sirida 
Ishqalanish-ruda bo‘laklarini bir-biriga qarama-qarshi harakatlanuvchi 
maydalovchi yuza orasida parchalanishi. 


23 
1.7-rasm. Jismni kerakli o‘lchamgacha maydalash: 
a-ezilish; b-uzilish; d-kesish; e-ishqalanish; f-siqiq zarba; g-erkin zarba. 
Maydalash jarayoni ko‘pgina omillarga bog‘liq. Ularga quyidagilarga 
qarab 4 ta toifaga bo‘lish mumkin: rudalarning mustahkamligi, mahsulotning 
qovushqoqligi, shakli o‘lchami, namligi, maydalanuvchi bo‘laklarning o‘zaro 
joylaShuvi
uning zichligi va hokazo. Barcha tog‘ jinslarini ularning qattiqligiga 
qarab, 4 ta toifaga bo‘lish mumkin: 
1) 
yumshoq rudalar, ularning maydalanishga ko
`
rsatadigan qarshilik kuchi < 
100 kg/sm
2

2) 
o‘rtacha qattiqlikka ega rudalar 100-500 kg/sm
2

3) 
qattiq rudalar 500-1000 kg/sm
2

4) 
o‘ta qattiq rudalar, ularning maydalanishga qarshilik kuchi >1000 
kg/sm
2

Maydalash vaqtida ruda bo‘laklari kuchsiz kesimlar bo‘ylab parchalanadi. 
Bo‘laklarning kattaligi kichraygan sari ularning mustahkamligi ortib boradi. 
Maydalashga sarflanadigan ish qisman maydalanayotgan bo‘laklarning 
deformatsiyasiga sarflanadi va atrofga issiqlik tarzida tarqaladi; qisman esa 
qattiq jismning erkin (>oiza) energiyasiga aylanib, yangi yuzalarning hosil 
bo‘lishiga sarflanadi: 
A=A
d
+ A
yu
= k AV + 5AS (Rebinder formulasi)
(1.16) 


24 
bunda: 
A -maydalash ishi; 
A
d
— deformatsiya ishi; 
A
yu
- yangi yuzalarning hosil bo‘lish ishi; 
AV- deformatsiyalangan hajm; 
AS ~ yangidan hosil bo‘lgan yuzalarning kattaligi; 
k va 5 - proporsionallik koeffltsiyentlari. 
Maydalanayotganda maydalash darajasi kichik bo‘lganda yangi yuzalarning 
hosil bo‘lish ishi deformatsiya ishiga nisbatan juda kichik bo‘lganligi uchun 
uni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Bu holda Rebinder tenglamasidan 
Kirpichevning xususiy maydalash qonuni hosil bo‘ladi - maydalash ishi 
maydalanayotgan jismning hajmiga yoki og‘irligiga to‘g‘ri proporsional 
bo‘ladi: 
A = k AV= kd
2
(Kirpichev formulasi). 
(1.17) 
Ko‘pincha maydalash o‘rtacha maydalash darajasida olib boriladi, Shuning 
uchun maydalash ishini aniqlashda Rebinder tenglamasida deformatsiya ishini 
ham, yangi yuzalarning hosil bo‘lishini ham hisobga olish kerak, Ya`ni 
maydalash ishi ham hajmga, ham maydalanuvchi jismning yuziga to‘g‘ri 
proporsional. 
Rittenger, Kirpichev-Kik qonunlari asosida S/E - E/V koordinatalarida 
tuzilgan egri chiziqlarni taqqoslash Shuni ko‘rsatadiki, Rittenger qonuni 
zarralarning o‘lchamidan qat’iy nazar, energiyaning solishtirma sarfi yuqori 
bo‘lganda, Kirpichev-Kik qonunini esa energiyaning solishtirma sarfi kam 
bo‘lganda qo‘llash mumkin. 
Rudalarni maydalashni amalga oshiradigan apparatlar maydalagichlar 
deyiladi. Bu apparatlar bo‘linish ta’sirini hosil qiluvchi mexanizmning tuzilishi 
va mineral agregatiga ta’sir qilish usuli: qisqa ta’sir qiluvchi dinamik yuk-
zarba, asta-sekin kuch qo‘yish — ezish va parchalash, abraziv bo‘linish - 
ishqalanish va boshqalar bilan bir- biridan farq qiladi. 


25 
Bo‘linish (uzilish)ni quyidagi mexanizmlar sodir etadi: katta konus ichida 
aylanadigan ikkinchi konus; tekis yuzali yoki tishli valok; qaytarma-
ilgarilanma harakatlanuvchi plitalar; bolg‘achalar; ruda bo‘laklarini irg‘ituvchi 
va ularni qaytaruvchi plitalarga urib aylanuvchi rotorlar va hokazolar. 
Rudaning mustahkamligi, qovushqoqligi, bo`laklarning kattaligi va boshqa 
xususiyatlarga qarab maydalash uchun tashqi ta’sirning biron- bir samaraliroq 
usuli tanlanadi. 
Maydalagichlar 4 ta asosiy guruhga bo`linadi: 
1) 
jag’li maydalagichlar - mahsulotni maydalash davriy ravishda 
qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas, tekis yoki botiq chiziqli yuza orasida sodir 
bo`ladi; 
2) 
konusli maydalagichlar - mahsulot uzluksiz ravishda ikkita (birining 
ichida ikkinchisi aylanuvchi) konus yordamida maydalaniladi; 
3) 
valokli maydalagichlar — mahsulot ikkita bir-biriga qarama- qarshi 
harakatlanuvchi silliq yoki tishli silindrik valoklar orasida ezilib maydalaniladi; 
4) 
zarbli 
maydalagichlar 
— ruda bo‘laklari katta tezlik bilan 
harakatlanuvchi maxsus detallar, masalan, bolg'achalar zarbi ta’sirida 
maydalanadi. 
Masalan, agar ruda mustahkam bo‘lsa, uni maydalashning eng qulay usuli 
ezish yoki zarba hisoblanadi. Ruda bo‘laklarida ko‘p darzlar bo‘lib, u mo‘rt 
bo‘lsa uni zarba ostida maydalash afzalroq, biroq rudaning qovushqoqligi 
yuqori bo‘lsa, zarba ta'sirida maydalashning samarasi keskin kamayadi. 
Odatda, maydalashning quruq usuli qo‘llaniladi. Agar rudaning tarkibida 
loy bo‘lsa, (masalan, marganesli, qo‘ng‘ir temir toshli ruda) ho‘l usulda 
maydalanadi. 
Maydalash usulini tanlash rudaning qiymati va maydalangan mahsulot 
sifatiga qo‘yiladigan talablarga ham bog‘liq. Masalan, agar ruda mo‘rt bo‘lsa 
va o‘zida qimmatbaho foydali minerallarni saqlasa, uni maydalash vaqtida iloji 
boricha 
o‘ta yanchiluvchanlikka va shlamlanishga olib keluvchi 
ishqalanishning oldini olish kerak. 


26 
Rangli va qora metallarning rudalarini yirik, o‘rta va mayda maydalashda 
yuqori mehnat unumdorligi bilan ajralib turuvchi konusli maydalagichlar 
ishlatiladi. 
Qattiq va o‘rtacha qattiqlikka ega bo‘lgan jinslarni yirik, o‘rtacha va mayda 
maydalashni ezish prinsipi bo‘yicha ishlovchi (yuzli, konusli va tekis valokli) 
maydalagichlarda maydalash maqsadga muvofiqdir. Yumshoq va mo‘rt 
jinslarni yirik maydalash parchalash prinsipi bo‘yicha ishlovchi (masalan, tishli 
valokli) maydalagichlarda, ularni o‘rta va mayda maydalashni zarba ta’sirida 
ishlovchi (masalan, bolg‘achali) maydalagichlarda maydalash tavsiya qilinadi. 
Jag‘li maydalagichlar ruda va qurilish mahsulotlarini yirik hamda o‘rta 
maydalash uchun ishlatiladi. Jag‘li maydalagichlarda rudani maydalash 
qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas yuza (plita)lar orasidagi bo‘shliqda ezilish, 
qisman parchalanish va sinish natijasida sodir bo‘ladi. Ruda yuqori tarafdan 
plitalar orasidagi bo‘shliqqa beriladi va ularning yaqinlashishi vaqtida 
maydalanadi, maydalangan mahsulot esa qo‘zg‘aluvchi yuza har safar 
qo‘zg‘almas yuzadan uzoqlashganda bo‘shatish tuynugi orqali tushirib 
olinadi.Sanoatda jag‘li maydalagichlar oddiy va murakkab harakatlanuvchi 
yuzali qilib ishlab chiqariladi. Bu yuza shamirli o`q yoki ekssentrik valga 
osilgan bo‘lib, qo
`
zg‘almas yuzaga goh yaqinlashib, goh undan uzoqlashib 
tebranishlar hosil qiladi.Birinchi turdagi maydalagichlar sanoatda keng 
ishlatilib, ikkinchi turdagisi esa faqat laboratoriya va yarim sanoat tadqiqotlari 
uchun tayyorlanadi. Yuza tebranuvchi harakatni uzatuvchi mexanizm orqali 
ekssentrik valdan oladi. Murakkab harakatlanuvchi qo`zg`aluvchi yuzali 
maydalagichlarda bu yuza uzatuvchi ekssentrik valga shamir orqali osilgan 
bo‘lib, uning pastki qismi esa tirgakli plita orqali shamirga ulangan. Jag‘li 
maydalagichlarda maydalangan mahsulotning yirikligi, bo‘shatish tuynugining 
kengligi (yuzalar orasidagi minimal masofa) bilan aniqlanadi (1.8-rasm). 
Boyitish fabrikalari, ochiq kon va shaxtalarda ruda hamda boshqa 
mahsulotlarni yirik maydalashda yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi 
qo‘zgaluvchi yuzali maydalagichlar keng ishlatiladi. Bu yuqori quvvatli 


27 
maydalagichlar sodda tuzilishga va uncha katta bo‘lmagan balandlikka ega 
bo‘lib, ular juda ishonchli hisoblanadi. 
1.8-rasm. Jag’li maydalagich: 1-old korpus; 2-almashtiruvchi plitalar; 3-
qo‘zg‘aluvchi yuza; 4-o‘q; 5-maxovik; 6-val; 7—shatun; 8-orqa devor;9-
elektrodvigatel; 10-prujina; 11-tirgak; 12, 15—tirgakli plitalar; 14-vkladish; 
13-tyaga. 
Yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi jag`li maydalagichning korpusi 
(qutisi) old (1) , orqa (8) va ikkita yonbosh (16) devorlardan iborat. Oldingi 
devor qo‘zg‘almas yuza vazifasini bajaradi. Qo‘zg‘aluvchi yuza ikkita 
podshipnikka tayangan o‘qga osilgan. 
Maydalagich ichki sathini hosil qiluvchi korpusning oldi va yonbosh 
devorlarining ichki yuzasi marganesli po‘lat yoki toblangan cho‘yandan 
yasalgan almashinuvchi plitalar (2) bilan qoplangan. Podshipniklarga 
mahkamlangan ekssentrik val (6) ga vertikal yo‘nalishda qaytarma-ilgarilanma 
harakat qiluvchi shatun (7) ning boshi o`rnatilgan. Shatunning teshiklarida 
vkladishlar (14) bo‘lib, ular tirgakli plitalarning uchlari (12) va plitalarning 
ikkinchi uchlari (15) vkladishga o‘rnatilgan. 
Shatun yuqoriga harakatlanganda plitalar orasidagi burchak kattalashadi va 
qo‘zg‘aluvchi yuza qo‘zg‘almas yuzaga yaqinlashadi. Bunda mahsulot ezilish, 
qisman esa siljish va bukilish hisobiga maydalanadi. Deformatsiyaning siljish 


28 
va bukilish kabi turlari qoplovchi plitalar yuzasining qirraligi bilan 
tuShuntiriladi. 
Maydalagich korpusining yon devorlari silliq plitalar bilan qoplanadi. 
Shatun pastga harakatlanganda qo‘zg‘aluvchi yuza og‘irlik kuchi va tyaga (13) 
orqali buferli prujina (10) ta sirida qo`zg`almas yuzadan uzoqlashadi. Bunda 
maydalangan mahsulot to‘kiladi. 
Bo‘shatish tuynugining kengligini o‘zgartirish boshqaruvchi ponalar 
yordamida yoki tirgakli plitalarni almashtirish orqali amalga oshiriladi.Val (6) 
ga ikkita maxovik (g‘ildirak) (5) o‘rnatilgan.Maxoviklardan biri shkiv rolini 
bajaradi. 
Jag‘li maydalagichlar elektrodvigatel (9) dan ponasimon tasmali uzatma 
orqali harakatga keltiriladi. 
Asosiy podshipnik va shatun kallagining podshipniklari suyuq moy bilan, 
qo‘zg‘aluvchi yuzaning podshipniklari va tirgakli plita vkladishlari konsistent 
moy bilan moylanadi. Suyuq moy podshipnikka avtomat ravishda ishlaydigan 
stansiyadan tushadi. Bu stansiya bakdan, yog‘ nasosi, elektrodvigatel, filtr-
sovutkich va kontrol-o‘lchov apparatlari (termometr-rele, bosim relesi, 
monometr va hokazo) dan iborat. Konsistent moy quvurlar orqali yoki qoida 
moy stansiyalaridan beriladi. 
Keyingi yillarda murakkab harakatlanuvchi jag`li maydalagichlar ishlatila 
boshlandi (1.9-rasm).Qo‘zg‘almas yuza (1) maydalagich staninasining bir 
qismi hisoblanadi. Qo‘zg‘aluvchi yuza (13) qo‘zg‘aluvchi podshipnik 
yordamida (soat strelkasi bo‘yicha aylanuvchi) ekssentrik valga (2) osilgan. 
Tirgakli plita bir uchi bilan qo‘zg‘aluvchi yuzning vkladishi (12) ga, ikkinchi 
uchi bilan tayanch (8) ning vkladishi (9) ga suyanadi.Maydalagichning bu 
tayanchi va staninasi o‘rtasida gaykalar bilan ikkita vint (5) da mahkamlangan 
pona (7) joylashgan. Bu ponaning holatini vertikal yuzada o‘zgartirib, 
maydalagich bo‘shatish tuynugining kengligi idora qilinadi. 


29 
1.9-rasm. Yuzasi murakkab harakatlanuvchi jag‘li maydalagich: 
1-qo‘zg‘almas yuza; 2-ekssentrik; 3-podshipnik; 4-shkiv; 5,6-vint; 
7—pona; 8—tayanch; 9,12—vkladish; 10—tyaga; 11 13—qo‘zg‘aluvchi yuza; 
14,15—almashtiruvchi plitalar. 
Qo‘zg‘aluvchi yuza va tirgakli plita orasidagi kerakli bog‘lanish prujinali 
tyaga (10) orqali amalga oshiriladi. Korpusning asosiy podshipniki (3) ga 
o‘rnatilgan ekssentrik val (2) ponasimon-tasmali uzatma va shkiv (4) orqali 
harakatga keltiriladi. Ishchi holatda qo‘zg‘aluvchi yuza qo‘zg‘almas yuzaga 
goh yaqinlashadi, goh undan uzoqlashadi. Shu bilan birga u qo‘zg‘almas yuza 
bo‘ylab harakat qiladi. Shuning uchun bunday maydalagichlarda mahsulot 
ezilish va ishqalanish hisobiga bo‘linadi. 
Maydalangan mahsulotni bo‘shatish tuynugidan majburan chiqarish 
hisobiga (ishqalanish kuchi pastga yo‘nalgan) murakkab tebranuvchi jag‘li 
maydalagichlar oddiy tebranuvchi jag‘li maydalagichlarga nisbatan yuqori 
mehnat 
unumdorligiga 
ega. 
Maydalagichning 
ichki 
ishchi 
yuzasi 
almashtiruvchi plita (14) va (15) bilan qoplangan. 


30 
1.10-rasm.Yuzalar siqib qolgan maydalanuvchi bo‘laklarning muvozanati. 
Qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas yuzalar orasidagi burchak qamrash burchagi 
deyiladi. Uning chegaraviy (eng katta) ma’nosi itaruvchi kuchlarning 
ishqalanish kuchlari bilan to‘liq muvozanatlashgandagi holat bilan aniqlanadi, 
bu bilan mahsulotning maydalagichdan otilib chiqib ketishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Qamrash burchagining chegaraviy ma’nosini maydallagich yuzalari qisib 
qolgan mahsulot bo‘lagining muvozanat shartidan aniqlash mumkin (1.10-
rasm). 
= R
1
, sin a/2 + P sin a/2 - f P cos a/2 - f P
1
cos a/2 = 0. 
R
1
= P bo‘lganiligi uchun 2 sin a/2 = 2 f - cos a/2yoki tg a/2 = f, 
bunda: f- mahsulot va yuza orasidagi sirg‘anishnimg ishqalanish 
koeffitsiyenti. 
f ni tg orqali ifodalansa a = 24 hosil bo‘ladi. 
Shunday qilib, qamrash burchagining eng katta qiymati ishqalanish 
burchagining 2 martasidan kichik bo‘lishi kerak. Amalda a< 24°. 
Tajribalar asosida qamrash burchagi 24° dan kichikroq olinsa, a = 24 ga 
nisbatan maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligini ortishi aniqlangan. 


31 
Jag’li maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi empirik formulalar 
asosida mashinasozlik zavodlari kataloglari yoki tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. 
Jag’li maydalagichning hisoblab aniqlanadigan to‘liq ishlab chiqarish 
unumdorligi quyidagi empirik formuladan aniqlanadi: 
Q =
50+750 V)Le8
s
(1.19) 
bunda. k
y
k
n
— maydalanayotgan mahsulotning yirikligi, namligi va 
qattiqligini hisobga oluvchi koeffitsiyent; (150+750 V) - solishtirma tajribaviy 
ishlab chiqarish unumdorligi, m
3
/(m
2
. soat); V~ qabul qilish tuynugining 
uzunligi; e — bo‘shatish tuynugining kengligi; m, 8 — sochma zichlik, m/m
3

L - qabul qilish tuynugining uzunligi, m. 
Dvigatelning quvvati quyidagi empirik formuladan aniqlanadi; 
N=SLV (1.20) 
bunda:S -qabul qilish tuynugining kengligiga bog‘liq koeffitsiyent. 
Konusli maydalagichning maydalovchi qismi qo‘zg‘almas konus ichiga 
joylashtirilgan qo‘zg‘aluvchi konus hisoblanadi (1.11-rasm). Mahsulotni 
maydalash ikkita ekssentrik joylashgan kesik konusning qo‘zg‘aluvchi va 
qo‘zg‘almas konus orasidagi halqasimon ishchi maydonda bajariladi. 
Qo‘zg‘aluvchi konus pastki uchi ekssentrik valga erkin kira oluvchi valga zich 
o‘rnatilgan. Ekssentrik val vertikal podshipnikda aylanadi. Ekssentrik val 
maydalagichning o‘qi bo‘ylab harakatlanganda konus valining uchi ekssentrik 
val teshigi chizuvchi aylana bo‘ylab harakatlanadi, OB valning o‘qi esa konusli 
yuza chizadi. Valning bunday harakatlanishi natijasida valga zich o‘rnatilgan 
qo‘zg‘aluvchi konus qo‘zg‘almas konus ichida tebranadi va qo‘zg‘almas konus 
uning devoriga maksimal yaqinlashadi hamda qarama-qarshi devordan 
uzoqlashadi. Yarim aylanishdan so‘ng maydalovchi konusning holati qarama-
qarshi tomonga o‘zgaradi: chap devorga maksimal yaqinlashadi va o‘ng 
devordan uzoqlashadi. 
Qo‘zg‘aluvchi konusning qo‘zg‘almas konusga yaqinlaShuvida mahsulot 
maydalanadi. Jag‘li maydalagichdan farqli o‘laroq konusli maydalagichlar 


32 
uzluksiz ishlaydi, chunki konus yuzasining qaysidir qismi xohlagan vaqtda 
yaqinlashib 
mahsulotni 
maydalaydi. 
Uzluksiz 
ishlash 
maydalagich 
mexanizmlarini va elektrodvigatel uzatmalarini zo‘riqtirmaydi. 
Jag‘li maydalagichlarga nisbatan konusli maydalagichlar yuqori mehnat 
unumdorligi, tinch ishlashi, maxovikning yo‘qligi, ancha yuqori maydalanish 
darajasi, maydalangan mahsulot yirikligining bir tekisligi kabi bir qator 
afzalliklarga ega. 
O‘rtacha maydalash darajasi 3—4 ga teng. Ularning kamchiligiga tuzilishining 
murakkabligi, bo‘yining balandligi kirib, ular maydalagich tayyorlashni va 
ta'mirlashni qimmatlashtiradi. Yana bir kamchiligi yopishqoq va loyli 
mahsulotlarni maydalashga yaramaydi. Belgilangan vazifasi va maydalash 
jarayonining xususiyatiga qarab ikki turdagi konusli maydalagichlar mavjud: 
osilma valli va tikka maydalovchi konusli (yirik maydalash uchun); konsol 
valli va qiya maydalovchi konusli (o‘rtacha va mayda maydalash). 
1.11-rasm. Osilma valli yirik maydalovchi konusli maydalagichning sxemasi 
va ishlash prinsipi: 1-staminaning yuqori qismi (qo‘zg'almas konussimon 
kosacha); 2-maydalovchi konus; J-val; 4-ekssentrik stakan; 5-staminaning 
pastki qismi; 6-konusli uzatma; 7-uzatma vali; 5-shkiv tomonga o‘zgaradi: 
chap devorga maksimal yaqinlashadi va o‘ng devordan uzoqlashadi. 


33 
O‘rtacha va mayda maydalash uchun ishlatiladigan maydalagich- larning 
xarakterli xususiyati ularda maydalovchi konusning qiya shaklda bo‘lishidir. 
Agar yirik maydalovchi maydalagichlarda maydalagich konus o‘qining og‘ish 
burchagi 20-30° bo‘lsa, o‘rtacha va yirik maydalagichlar uchun 80—100° ni 
tashkil qiladi. 
O‘rtacha va mayda maydalovchi maydalagichlar yirik maydalovchi 
maydalagichlardan tez yurarligi bilan farq qiladi. Maydalagichning o‘lchamiga 
qarab o‘rtacha va mayda maydalovchi maydalagichlarning maydalovchi 
konuslarining tebranishlar chastotasi 215-350 min
1
, yirik maydalovchi 
maydalagichlarda esa atigi 80-170 min '.ni tashkil qiladi. 
Yirik maydalovchi konusli maydalagichlar yuklovchi va bo‘shatuvchi 
tuynuklarining kengligi bilan xarakterlanadi. Masalan, maydalagich yuklovchi 
tuynugining kengligi 1200 mm, bo‘shatish tuynugining kengligi 150 mm 
bo‘lsa, u yirik maydalovchi maydalagich KKД-1200/150 deb yuritiladi. 
Yirik maydalovchi maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi jag‘li 
maydalagichlarga o‘xshab, birinchi navbatda ularning o‘lchamiga va iste’mol 
qiladigan quvvatiga bog‘liq. o‘lchamlari bir xil maydalagichlarda ishlab 
chiqarish unumdorligi konusning tebranish chastotasi va maydalangan 
mahsulotning yirikligiga bog‘liq. 
Maydalagichga bir xil yiriklikka ega bo‘lgan mahsulotlar solinib, 
maydalangan mahsulot qancha mayda bo‘lsa, uning ishlab chiqarish 
unumdorligi Shuncha kam bo‘ladi. 

Download 3,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish