Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/104
Sana29.12.2023
Hajmi3,78 Mb.
#128991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

Elash orqali tahlil deb, mahsulot namunasining yirikligiga qarab bir qator 
sinflarga ajratishga aytiladi.Elash orqali tahlil foydali qazilma alohida 
sinflarining chiqishini aniqlash uchun o‘tkaziladi.Shuningdek, qiziqilayotgan 
komponentlarning sinflardagi miqdori ham aniqlanadi. 
Namunani sinflarga ajratish uni ma'lum o‘lchamli teshiklarga ega elaklar 
turkumi yordamida elash orqali amalga oshiriladi.Elash orqali tahlil o‘lchami 



150-200 mm dan +0,074-0 (0,043) mm gacha mahsulotni tekshirish uchun 
qo‘llaniladi. O‘lchami 0,074 mm dan kichik mahsulotlarning granulometrik 
tarkibi sedimentatsiya usuli bilan aniqlanadi. 
Boyitish amaliyotida elash orqali tahlil qilish uchun sim yoki sintetik 
to‘rdan kvadrat shakldagi teshikli qilib tayyorlangan nazorat elaklar 
ishlatiladi.To‘plamdagi elak teshiklari o‘lchamining nisbati doimiy va 
o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin.Odatda, rudani elash uchun ishlatiladigan 
elaklar turkumi quyidagi o‘lchamdagi elaklarni o‘z ichiga oladi. 60, 40, 30; 20; 
10; 5; 2,5 va 1 mm. 
Ko‘mirni elash uchun esa elaklar turkumi: 150; 100, 50, 25, 13, 6,3; 1; 0,5 mm.
Ikkita qo‘shni elak teshiklari o‘lchamining bir-biriga nisbati modul 
deyiladi.Yirik mahsulotni elashda 2 ga teng modul ishlatiladi. Bu modulga 
ko‘ra elaklar turkumi quyidagi o‘lchamli elaklardan tashkil topadi.100; 50; 25; 
12; 6; 3; 0. Mayda mahsulotni elash uchun esa 2 ga teng modul 
qo‘llaniladi.Unga katta, asosiy elak deb o‘lchami 200 mesh (0,074 mm) li elak 
olinadi (mesh-25,4 mm ga to‘g‘ri keladigan teshiklar soni). Elaklar turkumi 
quyidagicha tuziladi: 
0,074 x 1,41 = 0,1 mm, 
0,1 x 1,41 = 0,1 mm, 
0,14 x 1,41 = 0,1974 mm va hokazo. 
Dastlabki mahsulotning massasi mahsulotning yirikligiga, namuna olish 
usuliga va elash orqali tahlilning aniqligiga bog‘liq. Granulometrik tahlil uchun 
namunaning maksimal miqdori quyidagi formula orqali topiladi: 
M = 0,02d
2
+ 0,5 d 
bunda: d — zarraning maksimal o‘lchami, mm. 
Talab qilinadigan aniqlikka va mahsulotning namligiga qarab elash orqali 
tahlil quruq va jamlashgan usulda o‘tkazilishi mumkin. Mahsulotning namligi 
uncha katta bo‘lmaganda va 0 ta aniqlik talab qilinmaganda elashning quruq 
usuli qo‘llaniladi. 


10 
O‘lchami 0-13 mm li mahsulotning namligi yuqori bo‘lib, quruq usulda 
elashni qiyinlashtirsa, namuna dastlab quritiladi. Og’irlikdagi yo‘qolish elash 
natijasida olingan alohida sinflar chiqishlari orasida taqsimlanadi.Yirik 
o‘lchamli sinflar quritilmaydi.Yirik mahsulotning tahlili laboratoriya elaklarida 
o‘tkaziladi.O‘lchami 6 mm gacha bo‘lgan mayda mahsulotni elash mexanik 
silkitkichlarda amalga oshiriladi. 
Mahsulotni elash 10-30 daqiqa davom etadi.Elash vaqti mahsulotning 
namligi va yirikligiga bog`liq: mayda va nam mahsulot uzoq vaqt elanadi. 
Keyin silkitkichda yoki qoida Shu elaklarning o‘zida elashning qanchalik to‘liq 
bo‘lganligi tekshiriladi. 
Agar qayta elashda 1 daqiqa davomida elakdan o‘tgan mahsulot massasi 
elakda qolgan mahsulot massasidan 1 % ortmasa, yirik mahsulotni ham, mayda 
mahsulotni ham elash tamomlangan hisoblanadi. 
Mayin tuyilgan mahsulotni suvda yoki havoda cho‘kish tezligiga qarab 
tahlil qilish sedimentatsiya tahlili deyiladi. Sedimentatsiya tahlilning eng sodda 
usuli tindirish hisoblanadi. Tahlil uchun 20—50g mahsulot balandligi 150 mm 
gacha bo‘lgan stakanga solinadi. Stakan yuqori belgisigacha suv bilan 
to‘ldiriladi. Tahlil uchun tayyorlangan bo‘tana zarralarning erkin tushishini 
ta’minlash uchun suyuq(10:1) bo‘lishi kerak. 
Bo‘tana tingandan keyin ustki qismining diametri 6-10 mm li sifon trubka 
orqali C idishga tushirib olinadi. Tahlil quyidagicha bajariladi: A stakandagi 
bo‘tana yaxshilab aralashtiriladi. 


11 
1.1-rasm.Sedementatsiya tahlili o‘tkazish uchun asbob 
Aralashtirish to‘xtatilgandan so‘ng sekundomer yoqiladi va ma’lum 
muddatga bo‘tana eng mayda fraksiya (-10 mk)ni cho‘kishi uchun tinch holda 
ushlab turiladi.
Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin sifon trubkaning qisqichi ochiladi va cho‘kma 
ustidagi suyuqlik quyib olinadi. Stakan yana suv bilan to‘ldiriladi va bu 
operatsiyalar ajratib olinayotgan suyuqlik tiniq holga kelguncha takrorlanadi. 
«C»idishdagi hamma suyuqlik bitta qilib yig‘iladi va tindiriladi, undan keyin 
suv to‘kib olinadi, qoldiq quritiladi va tortiladi. Xuddi Shu tartibda boshqa 
sinflar (-20 mk) ham tindiriladi. 
Elaklar turkumi yordamida elab, ajratib olingan sinflar tortiladi va ularning 
umumiy chiqishi foizlarda aniqlanadi. 1 % dan ortiq yo‘qolishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Namunalarini elash va alohida sintlar kimyoviy tahlilining 
natijalari 2-jadvalga kiritiladi. Jadval quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
Elash orqali tahlil natijalari grafik tarzda «plus» bo‘yicha (elakda qolgan 
mahsulotning umumiy qoldig‘i) yoki «minus» bo‘yicha (elakdan o‘tgan 
mahsulotning umumiy qoldig‘i) yiriklikning umumiy xarakteristikasi 
ko‘rinishida ifodalanadi. 
Ordinata o‘qiga sinflarning umumiy chiqishi foizlarda, absissa o‘qiga esa 
elak teshiklarining o‘lchami yoki zarraning diametri millimetrlarda qo‘yiladi. 


12 
1.1-jadval 
Elash orqali tahlil natijalari 
Sinflarning 
O`lchami, mm 
Chiqish 
Umumiy chiqishi 


“Plus” 
bo‘yicha 
“Minus” 
bo‘yicha 
+ 100 
3,7 
3,7 
3,7 
100,0 
-100+50 
10,71 
10,71 
14,41 
96,30 
-50+25 
10,45 
10,45 
24,86 
85,59 
-25+12 
12,70 
12,70 
37,56 
75,14 
-12+6 
18,48 
18,48 
56,04 
62,44 
-6+3 
12,99 
12,99 
69,03 
43,96 
-3+1,5 
10,01 
10,01 
79,04 
30,97 
-1,5+0,75 
11,00 
11,00 
90,04 
20,96 
-0,75+0 
9,96 
9,96 
100,0 
9,96 
Dastlabki ruda 
100 
100 


«Plus» bo‘yicha yiriklik umumiy xarakteristikasining botiq ko‘rinishi 
rudada mayda zarralarning ko‘pligidan, qavariq ko‘rinishi esa yirik 
zarralarning ustunligidan darak beradi. Oraliq sinflarning chiqishi egri chiziqni 
interpolatsiyalab topiladi. 
1.2-rasm. Yiriklik xarakteristikalari. 


13 
Bunday egri chiziqlarni tuzishda chiziqli shkalani ishlatilishi sinflarning 
soni oz bo‘lganda va dastlabki mahsulotdagi zarralarning eng katta va eng 
kichik o‘lchamlari orasidagi farq uncha katta bo‘lmaganda qulay. 

Download 3,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish