• TOSHKENT – 2014 2 SO‘Z BOSHI
  • Majidov taxir shadmanovich




    Download 17.86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/102
    Sana25.08.2023
    Hajmi17.86 Mb.
    #79489
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
    Bog'liq
    Noananaviy energiya manbalari
    Diplom scaner neew, Diplom tarjima, Mavzu Kabel liniyalarni montaj qilishni o, PhD Dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari, Мустаыил ишлар мавзуси, 4, Gidrologiya, Dars jadvali, оплатной Информация, Ro\'ziboy tayor, ILOVALAR, O’rta osiyoda beshta Davlatdan tashkil topgan, 4-ma'ruza, 2 mavzu Amon, shox


    1
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
    VAZIRLIGI
    MAJIDOV TAXIR SHADMANOVICH
    NOANA’NAVIY VA QAYTA
    TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
    sifatida tavsiya etilgan
    TOSHKENT – 2014


    2
    SO‘Z BOSHI
    Inson ta’siri natijasida dunyo o‘zgarmoqda. Insoniyatning organik energetik
    resurslarni o‘ylamasdan energetikada, transportda, katta zavod va fabrikalarda
    qo‘llashi, atom energetikasi hamda katta shaharlar chiqindilarini dunyo okeaniga
    tashlanishi natijasida atrof-muhit o‘zgarmoqda. Er yuzida iqlimning o‘zgarishi
    kuzatilmoqda, mangu muzliklar erimoqda, shaharlar suv ostida qolmoqda
    o‘rmonlar yonmoqda. Er yuzining juda ko‘p mamlakatlarida insonlarni ichimlik
    suvining etishmasligi, qurg‘oqchilik va ocharchilik qiynamoqda, yangi-yangi
    kasalliklar paydo bo‘lmoqda. YUqorida keltirilgan salbiy o‘zgarishlarning
    barchasi, millionlab yillar tabiat tomonidan o‘rnatilgan tabiiy muvozanatni
    insoniyat tomonidan o‘ylamasdan buzulishi natijasida yuz bermoqda. SHuning
    uchun ham ulug‘ ingliz faylasufi Frensis Bekon «Tabiat faqatgina unga bo‘ysunish
    bilan engiladi» degan edi.
    YUz berayotgan falokatlarni to‘xtatish uchun nima qilish kerak? Birinchi galda
    insonning ichki dunyosini tabiatga nisbatan ijobiy o‘zgartirish, sungra organik
    energetik resurslardan foydalanishni butunlay to‘xtatish lozim.
    Qanday qilib? Axir zamonaviy inson maishiy qulayliklarsiz -komfortsiz, ya’ni
    mashinasiz, uzoqni yaqin qiluvchi tez yuruvchi poezdlarsiz, samolyotlarsiz, 
    televizorsiz, muzlatgichsiz, isitgichsiz, issiq va sovuq suvsiz hamda boshqa
    qulayliklarsiz yashay olmaydiku. Zavod va fabrikalar engergiyasiz ishlay
    olmaydilar. Hozirgi rivojlangan dunyoda energiya, inosniyatni olg‘a etaklovchi
    asosiy manba hisoblanadi. Mamlakatlarning qudrati ham ularning energiya bilan
    qanchalik ta’minlanganliklariga qarab belgilanadi.
    Atrof-muhitga zarar keltirmay insoniyat xizmatini bajaradigan energiya, 
    tabiatda mavjud bo‘lgan ekologik toza tabiiy energiyalardir. Bu energiya turlariga
    suv, quyosh, shamol, geotermal suvlar, geyzerlar, to‘lqinlar, suv sathining
    ko‘tarilib-tushishi, vulqonlar, chaqmoqlar, okean va dengiz-lardagi har xil oqimlar, 
    biomassa, vodorod yoqilg‘isi, shahar chiqindilari, fotosintez; fotoelektrik
    o‘zgartiruvchilar, ximik (galvanik) elementlar


    3
    hamda boshqalar kirishi mumkin. Mana shu energiya turlariga noana’naviy va
    qaytalanuvchi energiya manbalari deyiladi. Faqatgina yuqorida ko‘rsatilgan
    energiya manbalaridan toza ekologik energiya ishlab chiqarish mumkin.
    Mamlakatimiz kichik daryolar, irrigatsiya kanallari, suv omborlari, katta
    kollektorlar, soylar, baland tog‘lardagi buloqlar, termal suvlar, quyosh va
    shamol kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalariga juda boydir.
    Ushbu darslikda talabalar uchun, mamlakatimiz va dunyo mamlakatlarida
    foydalanilayotgan noana’naviy hamda qaytalanuvchi energiya manbalari
    to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Darslikni tayyorlashda asosan internet
    ma’lumotlaridan, xalqaro anjumanlar materiallaridan, ilmiy–texnik hisobotlar va
    loyiha materiallaridan hamda eng sunggi nashrdan chiqqan adabiyotlardagi
    ma’lumotlardan foydalanildi.
    Darslik o‘zbek tilida yaratilgan birinchi darslik bo‘lganligi sababli, 
    xatolardan xoli bo‘lmasligi mumkin. SHu sababli darslik to‘g‘risida o‘z fikr va
    mulohazalarini bildiruvchilarga muallif minnatdorchiligini bildiradi. Fikr va
    mulohazalarini quyidagi manzilga yuborish mumkin: 100000, GSP, Toshkent
    shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39–uy


    4

    Download 17.86 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




    Download 17.86 Mb.
    Pdf ko'rish