• 3- BОB. Nodir metallarni ishlab chiqarish va rivojlanishi 3.1.Oltin metallurgiyasining dastlabki rivojlanish bosqichlari
  • Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi




    Download 3,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/104
    Sana29.12.2023
    Hajmi3,78 Mb.
    #128991
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
    Bog'liq
    Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

    Nazorat savollari: 
    1. Nikеlning аsоsiy mаssаsi qaysi rudаlаrdаn оlinаdi? 
    2. Tаbiаtdа nechtаchа nikеlli minеrаllаr uchrаydi? 
    3. Qаlаyli rudаlаrni bоyitishning tехnоlоgik sхеmаsi 
    4. Qаlаyli tub kоnlаr rudаlаri vа qumlаri qysi usullarda boyitiladi? 
    5. Оltin sаqlоvchi mаydа mахsulоtni bоyitish uchun qo’llaniladigan 
    dastgohlar. 
    6. Gravitatsion bоyitishdа dаstlаbki rudа necha mm gаchа mаydаlаnаdi? 
    7. Vоlfrаmli rudаlаrni bоyitish tехnоlоgiyasi. 
    8. Mis-mоlibdеnli rudаlаrni bоyitish tехnоlоgiyasi. 
    3- BОB. Nodir metallarni ishlab chiqarish va rivojlanishi 
    3.1.Oltin metallurgiyasining dastlabki rivojlanish bosqichlari
    Butun dunyoda rudadan rangli metallarni qazib olish jarayoni 
    qimmatlashib bormoqda, buni asosan oltin va kumush misolida koʻrishimiz 
    mumkin. Bunga asosiy sabab qilib quyidagi omillarni keltirishimiz mumkin:
    -rangli va nodir metall rudalari zaxiralarining kamayishi va bu metallarni
    olishga ketadigan xarajatlarning oshishi;
    -xom-ashyo mahsulotlari narxining stabillaShuviga milliy va xalqaro 
    bozorlarning doimiy aralashuvlarining kengayishi; 
    - atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha davlat va xalqaro talablarni 
    bajarish, chiqindilarni zararsizlantirish va chiqindi suvlarni neytrallash 
    jarayonlarning qiyinliligi va qimmatliligi;
    - xom-ashyo va elektr energiya narxininig tez suratda oʻsishi.
    Shuni e’tiborga olish lozimki, nodir metallarning noyob fizik-kimyoviy 
    xossalari tufayli ularning fan va texnikaning koʻp sohalarida keng 


    101 
    qoʻllanilishiga olib kelmoqda. Nodir metallarning asosiy vazifasi ulaning 
    yuqori narxi sababli belgilangan boʻlib, bu ularning davlat ichki va tashqi 
    iqtisodiga ta’siri bilan aloqadorligidadir. Nodir metallar metallurgiyasi 
    yoʻnalishi juda murakkab soha boʻlib uni egallagan mutaxassisdan nafaqat 
    oltin va kumushni birlamchi xom-ashyodan ajratib olishni, balki ikkilamchi 
    xom-ashyodan ajratib olishni, boyitish jarayonlarini, gidrometallurgiya, 
    pirometallurgiya jarayonlanrini chuqur bilishni talab qiladi.
    Nodir metallar guruhiga oltin, kumush va platina guruhi metallari 
    ruteniy, palladiy, osmiy, iridiy, platina kiradi. 
    Oltin, kumush, mis va sof temir bilan birga birinchi metall sifatida 
    qadimdan insoniyatga ma'lum. Oʻzining jozibadorligi va jilosi bilan odamlar 
    e'tiborini oʻziga tortib kelgan bu metall eramizdan avvalgi 800-1200 yillarda 
    qazib olina boshlagan. Oʻsha davrdayoq oltin taqinchoq, zeb-ziynat va boshqa 
    maishiy jihozlar ishlab chiqarishda ishlatilgan. 
    Qadimgi asrlarda oltin va kumush Yevropa va Yaqin Sharq, Xitoy, 
    Hindiston xalqlari tomonidan koʻp miqdorda ishlab chiqarilgan va ishlatilgan. 
    Qadimgi grek va rimliklarda oltin qazib olish yuqori darajada boʻlgan. 
    Qadimgi zamonda asosiy oltin qazib olish markazlari: Afrika, Kichik va 
    Oʻrta Osiyo, Ispaniya, Kavkaz, Vengriya, Chexiya, Armaniston va Ural, 
    Sibirning tog‘li rayonlari hisoblangan. 
    Qadimgi vaqtda quldorchilik va feodal muhitida oltin qazib olish, qayta 
    ishlash faqatgina qoʻl mehnati yordamida amalga oshirilgan. Ruda boʻlaklarini 
    maydalash ham qoʻl mehnati bilan amalga oshirilgan. Oltinning yirik 
    boʻlakchalarini ushlab qolish hayvonlar terisi va tarnovlarda yuvish bilan 
    amalga oshirilgan. 
    Oʻsha davr taraqqiyotidan bizgacha metallarni eritish, oltin va kumush 
    qoʻrg‘oshin qotishmasidan kupellash usuli bilan ajratib olish, hamda kislotalar 
    yordamida oltin va kumushni ajratib olish usullari yetib kelgan. Bundan 
    tashqari, oltinni yog‘li yuzaga ushlab qolish va ajratib olish usuli eramizdan 


    102 
    avvalgi 5000-yillarda ma'lum boʻlgan. Tarixiy manbalarga koʻra, bundan 2000 
    yil oldin oltinni ajratib olish uchun amalgamatsiya usuli ishlatilgan. 
    Rim imperiyasi qulab, feodal munosabatlar rivojlangan oʻrta asr davrida 
    oltin va kumush qazib olish pasaygan. Yevropa uyg‘onish davrida oltin va 
    kumush qazib olish pasaygan. Yevropa uyg‘onish davriga kelib, ayniqsa 
    Amerika qit'asi ochilgandan soʻng, oltin qazib olish sezilarli oshdi. Oʻsha 
    paytda qazib olish ishlarida bir qancha oʻzgarishlar qilindi, jumladan, sochma 
    konlarni gidravlik usulda yuvish, ruda suv usulida yanchish, soʻngra 
    tarnovlarda yuvish, amalgamatsiya jarayonlari tatbiq qilina boshlandi. Qadimgi 
    va oʻrta asrda qazib olingan oltin miqdori 127000 tonnani tashkil etdi.
    XVII asrda oltin qazib olish asosan Braziliya hisobidan oshdi, chunki 
    oʻsha payt bu mamlakatda koʻplab oltinning sochma konlari topilgan edi.
    XIX asr 1-yarmida Rossiya davlati oltin qazib olish boʻyicha yetakchilikka 
    da'vogarlik qildi, chunki Shu davrda Ural va Sibirning oltinga boy sochma 
    konlari ochilib oʻzlashtirishga kirishildi. Savdoning rivojlanishi, texnika va 
    sanoatning taraqqiy etishi oltin va kumushga boʻlgan talabni oshirdi, bu esa oʻz 
    navbatida yangi konlar izlab topish va ochish sabab boʻldi. Kaliforniya (1848 
    y) va Avstraliya (1851 y) ning boy sochma konlarining ochilishi va tug‘ma 
    oltin konlarning topilishi oltin olishining sezilarli darajada oʻsishiga olib keldi. 
    Biroq bu oʻsishdan soʻng, koʻp oʻtmay XIX asr 2-yarmida oltinga boy 
    sochma konlarning oʻzlashtirilib boʻlishi natijasida bu metall qazib olish 
    miqdori kamaydi. Oltin qazib olish miqdorini koʻpaytirish maqsadida bir 
    qancha texnik qurilmalar zamonaviylashtirildi, jumladan, sochma konlardan 
    qazib olish va yuvish ishlari mexanizatsiyalashtirildi, bu oʻz navbatida avval 
    nosanoat deb hisoblangan kambag‘al sochma oltin konlarini ochilishi va 
    oʻzlashtirilishiga olib keldi. Sulfidli ruda va konsentratlarni qayta ishlash uchun 
    amalgamatsiya fabrikalari qurildi. Sulfidli rudalarni qayta ishlashda shteynga 
    eritib olish va keyinchalik metall olish usullari ishlatila boshlandi. 
    Oltin ishlab chiqarish sanoatida ayniqsa ahamiyatli va uzoq koʻtarilish
    1890 yildan kuzatila boshlandi. Bu davrda JARning dunyodagi eng yirik va 


    103 
    boy oltin konlari ochildi va oʻzlashtirila boshlandi. Bir vaqtning oʻzida 
    Hindiston (1880y) va Alyaska ( 1890 y) da oltin konlari ochildi . 1843 yilda 
    rus olimi Bagration tomonidan kashf etilgan rudalardan oltinni ajratib olish 
    uchun sianlash jarayonini sanoat miqiyosida qoʻllanishi oltin qazib olishda 
    muhim oʻrin tutardi. Bu yuqori samarali usul butun dunyo miqiyosiga yoyildi 
    va hozirda oltin ajratib olishda eng koʻp ishlatiladigan va asosiy 
    gidrometallurgik jarayon hisoblanadi. Rossiyada siyanlash jarayoni 1897-98 
    yillarda Berezov va Kochkar korxonalarida birinchi boʻlib qoʻllanildi. 
    XX asrda dunyoda oltin qazib olish sanoti bir tekis taraqqiy etmadi. 
    Asrning boshlanishidagi tez sur'atlar bilan oʻsishni 1914-1918 yillardagi 1-
    jaxon urushi sekinlashtirib qoʻydi.1914 yildagi oltin qazib olish sur'atiga 
    faqatgina 1934 yilda erishilib 1940 yilgacha davom etdi. Soʻngra, 2-jaxon 
    urushi boshlanishi munosabati bilan yana oltin qazib olish sur'ati kamaydi, 
    1970-yilgacha oltin kazib olish miqdori sekinlik bilan oʻsdi.

    Download 3,78 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




    Download 3,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

    Download 3,78 Mb.
    Pdf ko'rish