3.3.Nodir metallarning iqtisodiyot sohasidagi o
ʻ
rni
Oltinning eng yaqin xususiyatlarini oʻzida jamlagan, ammo havoda uzoq
tursa oksidlanib qorayib qoladigan, ayrim kislotalarda eriydigan kumush
ishlab-chiqarish va xalq xoʻjaligida ishlatilishi jihatidan oltindan keyingi
oʻrinda turadi. Oltin oʻzining oʻzgarmas va nodir xususiyatlari bilan
davlatlararo pul muomalasi oʻrnida, valyuta sifatida keng ishlatiladi.Bundan
tashqari u davlatlarning jahon banklaridagi boylik jamg‘armalari sifatida undan
foydalanib boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani ham bajaradi.
Davlatlararo tovar ayirboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala
vositasidir.
Fan va sanoatda oltin (yuvelir) zargarlik, tish protezlash, miditsinada,
kosmik laboratoriyada va stansiya qurilmalarida qotishma-metall sifatida, oʻtga
va kislotaga chidamli asbob-uskunalarda ishlatiladi. Oltin va uning
qotishmalari samalyotsozlik va raketasozlikda yuqori sezgirlikka ega
elementlarni oksidnashini oldini olish uchun qoʻllaniladigan dastgohlarda
105
ishlatiladi: olovbardosh qotishmalarni payvandlashda, raketasozlikda, reaktiv
dvigatellarda, yader reaktorlarida, kosmik kemalarda keng qoʻllaniladi. Turli
xildagi radio va rentgen dastgohlari ishlab chiqarishda elektronika va
elektrotexnikada keng qoʻllaniladi.
Kumush sanoatda katilizatorlar sifatida, kumush qoplama, xalq xoʻjaligida
idish-tovoq tayyorlashda ishlatiladi.Kumush idishlarda saqlangan suv uzoq
paytgacha aynimaydi. Platina va platinoidlardan eng sezgir, oʻtga chidamli,
asbob-uskuna, laboratoriya jihozlari tayyorlashda ishlatiladi. Platina va
palladiy neft sanoatida katalizator sifatida keng ishlatiladi. Shu boisdan nodir
metallarni koʻproq ishlab-chiqarish zarurdir. Buning uchun rudalar tarkibida
murakkab sharoitda boʻlgan nodir metall elementlarini, fan va texnikaning eng
ilgor, faol, samarali yutuqlaridan foydalanish zarur bo`ladi.
Misning
asosiy
iste’molchilari
foto
va
kinomotografiyada,
rentgenografiyada va boshqa foto mahsulotlar olishda ishlatiladi. Shuningdek
kumush elektronika va elektrotexnikada, radiotexnika va mashinasozlikda keng
qoʻllaniladi. Kumushning muhim iste’molchilaridan raketasozlik, kosmik va
aviotexnika, dengiz xarbiy qismlar, Shuning bilan bir qatorda kumush-rux va
kumush-kadmiyli akkumulyatorlar ishlab chiqarish sanoatidir. Xozirgi vaqtda
kumushning 70%dan ortig’i sanoat maqsadida ishlatilsa, qolgan qismi esa
tanga tayyorlashda, bezag vositalar va uy roʻzg’or buyumlar tayyorlashda
ishlatiladi.
Kumushning asosiy iste’molchilari (t/y): AQSH 3500-4500; Rossiya
1400-1500; Yaponiya 1800-3200; Italiya 900-1100; Angliya 700-850; Fransiya
450-600. Bu davlatlar hissasiga barcha iste’mol qilinadigan kumushning 85%
toʻg’ri keladi. Kumush ishlab chiqarishning 80% yoʻldosh usulda qazib olishga
asoslangan boʻlib faqat 20% gina toʻg’ridan toʻg’ri rudadan olinadi.
Platina guruhi metallari yuqori karroziyaga chidamli va eng qiyin
sharoitlarda ham oʻz xususiyatlarini oʻzgartirmasligi sababli xalq xoʻjaligida
keng qoʻllanildi.
106
2-jahon urushiga qadar 60% platina zaragarlik va meditsinada ishlatildi.
2-jaxon urushidan soʻng esa Shu sohalarda platina qoʻllanilishining ulushi 8-
10% gacha tushib ketdi.Shuning bilan bir qatorda platina sanoatda keng
qoʻllanila boshlandi.
Platina guruhi metallarining asosiy iste’molchilari kimyo sanoati, neftni
qayta ishlovchi sanoatda, elektrotexnikada va avtomabil sanoatida, Shuningdek
shisha ishlab chiqarishda, asbobsozlikda va mudoofaa sanoatida keng
qo’llaniladi.
Kimyoviy tajriba sharoitida platina tajriba idishlari va dastgohlarida
tayyorlashda ishlatiladi. Bu metallar elektrotexnika sanoatida eritmalarda
erimaydigan anod shaklida qoʻllaniladi, masalan vodorod pereoksid ishlab
chiqarish sanoatida,perxlorat olishda keng qoʻllaniladi. Platina va palladiy
qoplamalari reaktorlar va maxsus idish va dastgohlar tayyorlashda ishlatiladi.
Kimyo sanoatida platina va palladiy maxsus machalkalar olishda,
panjaralar tayyorlashda, similar listlar va kalloidlar olishda qoʻllaniladi,
Shuningdek organik va neorganik mahsulotlar olishda katalizator sifatida
ishlatiladi. Ularni azotdan ammiak ishlab chiqarishda ishlatiladi. Katalizator
sifatida platinining qotishmalari Ya`ni palladiy-platinali, rodiyli, iridiyli va
ruteniylilari ishlatiladi.
Elektrotexnika sanoatida, elektronika va asbobsozlikda platina keng
qoʻllanilib, platina qotishmalari kontaktlar tayyorlashda, elektr qarshilik
asboblarida, potensometr olishda, elektr saqlagich ishlab chiqarishda, rentgen
quvurlarini elektrodlari olishda, aloqa vositalarida, astronomik asboblar olishda
ishlatiladi.
Platina va rodiyli qotishmalar yuqori haroratni oʻlchovchi termoparalar
olishda ishlatiladi(1300-1800 °S). 40% Ir va 60% Rh li qotishmalar 2000-2300
0C temperaturani oʻlchashga bardoshlidir.
Ruteniy yuqori zichlikka ega boʻlgan detallar tayyorlashda keng
qoʻllaniladi.
107
Osmiy va Iridiy juda yuqori qattiqlikka egaligi bilan boshqa metallardan
ajralib turadi va Shuning uchun yuqori aniqlikka ega boʻlgan oʻlchov asboblari
olishda ishaltiladi. Platina va kobalt qotishmasi kuchli doimiy magnit olishda
ishlatiladi.
Meditsinada platina va uning qotishmalari igna, shprislar tayyorlashda
ishlatiladi. Palladiy tish protezlari olishda ishlatiladi.
Palladiy va ruteniy bir muncha platinadan arzon boʻlib, boshqa qimmat
metallarni oʻrnini almashtirish uchun ishlatiladi.
|