Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/104
Sana29.12.2023
Hajmi3,78 Mb.
#128991
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104
Bog'liq
Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

12.2. Zichlab tanlab eritish 
Uyumda tanlab eritishning mohiyati sizdirib eritish jarayoniga yaqinroq. 
Jarayon shundan iboratki, ruda uyum holida suv oʻtkazmaydigan asos ustiga 
yig’iladi va ustidan sian eritmasi yuboriladi. Eritmani ruda qavati orqali sekin 
sizib oʻtishi bilan oltin va kumush boyitiladi. Pastdan oqib keladigan oltin 
saqlagan eritma oltinni choʻktirishga yuboriladi. 
Xuddi sizdirib eritishdagi kabi uyumda tanlab eritish jarayonida ham 
granula holidagi sianli eritmani yaxshi oʻtkazadigan rudalar qo`llaydir. Odatda 
uyumda tanlab eritishda maydalash jarayonidan keyin olingan ruda, ya`ni 
diametri 5-20 mm boʻlgan rudalar ishlatiladi.Koʻp hollarda maydalanmagan, 


177 
diametri 100mmgacha boʻlgan rudalar ishlatiladi. Ruda tarkibida gil 
tuproqning koʻp boʻlishi sian eritmasini oʻtishini, boyitishni sekinlashishini va 
oltinni ajralishini kamaytiradi.
Uyumda boyitish ochiq havoda, maxsus tayyorlangan maydonlarda olib 
boriladi. Suvni oʻtkazmasligi uchun maydon beton qavati bilan qoplanadi, yoki 
sun'iy plyonkalar bilan qoplanadi. Erigan oltin saqlovchi eritmani oqishini 
tezlashtirish maqsadida maydon 2-4
o
qiya holida boʻladi. Tayyor maydonga 
ruda uyum holida yig’ila boshlanadi. Koʻpincha uyum toʻrt burchakli piramida 
koʻrinishida yig’iladi. 
 
12.1-
rаsm. Uyumda tanlab eritish sxemasi. 
1 - uyum asosi(maydon); 2 - uyum; 3 - sian eritmalarni purkovchi 
qurilma(forsunka); 4,6- eritmalarni yig’ish uchun hovuzlar; 5- eritmadan 
metallni ajratuvchi qurulma. 
Uyumning balandligi 3-15 m gacha boʻladi va unda 100-200 ming tonna 
ruda yig’iladi. Uyum ustidan sian eritmasi maxsus sepadigan qurilmalar 
yordamida sepiladi. Eritmani yuborish tezligi ruda tarkibiga bog’liq boʻlib, 1 
kunda uyumni 1 m
2
yuzasiga 0,15- 3 m
3
eritma berilishi mumkin. Eritmaning 
konsentratsiyasi 0,05- 0,1% boʻlib, muhiti pH 10-11. Ishqor sifatida 
koʻpincha oʻyuvchi natriy qoʻshiladi, chunki ohak eritma sepadigan qurilmaga 
tiqilib qolishi mumkin. Uyum ostidan oqib chiqadigan oltin saqlovchi eritma 


178 
uyum oldidagi eritma yig’iladigan joyga keladi. U yerdan oltin choʻktirishga 
yuboriladi. Oltin choʻktirish jarayonida oltin koʻmirga sorbsiyalanadi. 
Oltinsizlashtirilgan eritma sianlash va ishqorlash hususiyati tiklanadi va 
boyitishga yuboriladi.
Boyitish jarayoni tugaganidan keyin erigan oltinni yuvish maqsadida 
yuqoridan suv sepiladi va yuvilgan ruda chiqindiga yuboriladi.
Jarayonning davomiyligi hamma bosqichlarini hisoblaganda, ya`ni 
uyumni yig’ish, sian eritmasini yuborish, suv bilan yuvish va rudani boʻshatish 
oʻrtacha 30 kundan 90 kungacha, oltin va kumushning ajralishi 50-70 %ni 
tashkil qiladi.
Uyumda tanlab eritish chiqindilarni qayta ishlaganligi, loyli va balansdan 
tashqari rudalarni, Shuningdek flotatsiya jarayoni chiqindilarini qayta 
ishlatilishi sababli rivojlanmoqda.
Shuning uchun ham uyumda tanlab eritish uchun ruda tayyorlashning 
birlashtirish va g’ovaklashtirish jaroyonlari muhim bosqich sanaladi.
G’ovaklashtirib biriktirish jarayoniga barcha yanchilgan ruda yohud faqat 
tasniflangan mayin shlamli fraksiya joʻnatiladi.
Birlashtirilgan mahsulot olish uchun qoʻshiladigan mahsulotlar quyidagi 
talablarga javob berishi lozim: 
- Biriktiruvchi mahsulot miqdori(portland sement); 
- Suv va sian eritmasi miqdori;
- Tanlab eritish vaqti.
Uyum ustidan quyib turish mustahkamligi xom-ashyoning minerologik 
tarkibiga, asosan natriy ionlarining kalsiy ionlari bilan ion-almashinuviga 
bog’liq. Mayda zarralarni kattalari bilan birlashtirish uyum ustidan eritma 
berishni mustahkamlaydi. Loyli rudalar ohaktosh va Portland sement 
yordamida birlashtiriladi. Kam loy saqlagan mayin yanchilgan chiqindi 
mahsulotlar uchun birlashtiruvchi sifatida faqat Portland sement qoʻllaniladi. 
Birlashtirish vaqtida namlik darajasi 12%, ruxsat etilgan koʻrsatgich 8-
16%gachadir. Namlikning yuqori boʻlishi biriktiruvchi qoʻshimchalarning 


179 
hususiyatlarini yoʻqqa chiqaradi va ustidan sepishni izdan chiqaradi. Oltin-
kumush tarkibli rudalarni g’ovaklashtirishning 3ta usuli mavjud: tasmali, 
barabanli(quvurli) va kosasimon.
Uyum maydonini tashkil qilishda oʻsha tub yerning tuzilishi, yuzasi, yer 
osti, yer usti, ichimlik suvi holati, ob- havo sharoiti, elektr energiya va 
transport kommunikatsiya tizimi, qayta ishlanadigan ruda hajmi asosiy ta’sir 
etuvchi omillardan sanaladi. Bu barcha koʻrsatgichlar uyumda tanlab eritish 
jarayonining 
texnik-iqtisodiy 
koʻrsatkichlarini 
belgilaydi. 
Maydonlar 
qoʻllanilishiga koʻra 3ga boʻlinadi: qayta qoʻllaniladigan, doimiy oʻsuvchi 
(koʻtariluvchi, balandlaShuvchi), damba ostida tanlab erituluvchi maydon. 
Maydonlarning oʻlchami tanlab eritish davomiyligi bilan belgilanadi. Birinchi 
tur maydonlari uchun muovofiq jarayon davomiyligi 1kungacha. Ikkinchi tur 
uyum maydoninig oʻsib borish balandligi 60m gacha boʻlishi mumkin. 
Dambali tanlab eritish maydonli uyumlar yer joyi tabiiy qiya boʻlgan joylarda 
amalga oshiriladi. Bu jarayonning afzalligi Shundaki, eritish tezligi bir necha 
yillarga qisqarishi mumkin.
Rudalarni taxlash quyidagi talablarga javob berishi lozim: ruda massasini 
va transportlarni koʻtarishga mustahkamlik va chidamlilik; erituvchi 
eritmalarga kimyoviy bardoshliylik; eritmaning sizib oʻtishi. 3 xil turdagi 
asoslar qoʻllaniladi: bir qatlamli, ikki qatlamli, 2past oʻtkazuvchanli ekran, uch 
qatlamli, uchta past oʻtkazuvchanlikka ega ekran.
Maydon qoplamasi sifatida turli mahsulotlar ishlatilishi mumkin. 
Oʻsuvchi maydonlar uchun yuqori mustahkamlikka ega polietilen, gipalon, 
polivinil xlorid, doimiy qoʻllaniluvchi maydonlar qoplamasi sifatida asphalt va
sintetik materiallar ishaltiladi. Asoslarning yuza qoplamasini tanlashda 
geomembranaga yetadigani yoʻqdir, u maxsus qayta ishlangan yerdir (grunt). 
Shuni aytish lozimki, geomembranalrning tarkibi juda mustahkam (qalinligi, 
mustahkamligi, uzoq xizmat qilishi)ligi uning qator hususiyatlarida namoyon 
boʻladi. Bu hususiyatlar quyidagilar; suv oʻtkazuvchanlik, choʻziluvchanlik, 


180 
kimyoviy bardoshlilik, Shuningdek ekspluatatsiya xarakterlari: ekran qalinligi, 
yerlarni tayyorlash(aralashish, jipslashish, namlik, shimish).
Uyumda tanlab eritishning asosiy jarayonlaridan biri bu uyumni taxlash 
jarayonidir. Uyum bir yoki bir necha qavatlardan tashkil topgan boʻlishi 
mumkin. Uyumning balandligi asosning mustahkamliligiga bog’liq. Uyumning 
asosiy vazifasi mahsulotlarning bir xilda taqsimlanishidir.
Uyumda tanlab eritish shtabel inshoati 3 turga boʻlinadi: 
Birinchi usul - uyum saralanmagan rudadan tayyorlanadi, koʻp kremniyli 
rudalar uchun qoʻllaniladi. Uyumlar 1-2m balandlikka samasval-buldozerlar 
bilan chiqariladi, 10 metrgacha boʻlgan balandlikka oʻziyukortar gredorlar 
yordamida yuklanadi; 
Ikkinchi usul mexanik kuch ta’sirida yanchilgan mayin mahsulotlar yoki 
aglomeratsiyadan oʻtgan mahsulotlar uchun qoʻllaniladi. Uyum balandligi 2-4 
m;
Uchinchi usul konveyerli usul boʻlib- yuqori ish unumdorligiga ega, 
rudaga bog’liq boʻlmagan, uyum balandligi 6m gacha. Uyumning balandligi 
maydon oʻlchamiga, qayta ishalanadigan ruda hajmiga va jarayonning 
samaradorligiga bog’liq. Ayrim hollarda uyum balandligi 40-60m gacha 
boʻlishi mumkin. Uyumni qavatma-qavat eritish jarayoni keng tarqalgan boʻlib, 
bunda har bir qavat alohida eritiladi.
Maydonning yuqori qismi va yon tomonlari eritmaning parlanishi 
hisobiga uchib ketmasligi uchun izolyatsiya qilinadi. Qiyaliklar yer qatlami va 
selofan qoplamalar bilan himoyalanadi. Selofan old qismidan ruberoid 
qatlami, shishamaterial va charmmateriallar qoplanadi.
Sug’orish tizimi quyidagi elementlardan tashkil topgan: sug’orish 
qurilmasi, sug’orish sxemasi, sug’orish tartibi va turi. Balandligi 4m boʻlan 
ochiq usuldagi uyumlarni sianid eritmasi bilan sug’orishda yopiq tartibli 
sug’orishdan foydalaniladi. Kollektorlar yohud forsunkalar (eritmani 
tomchilatib sepib beruvchi qurulma), ta’sirlashmaydigan materiallar (qum, yer, 
ruda) bilan, suv oʻtkazmaydigan selofanlar bilan himoyalangan. Sug’orish 


181 
quyidagicha boʻlishi mumkun: doimiy, bosqichli, ma’lum nuqtaga qaratilgan, 
forsunka orqali sepiluvchi, ariqsimon, zovursimon va hovuzsimon.
Drenaj tizimi uyum orqali oʻtgan eritmalar yig’indisidan va mahsulot 
saqlanuvchi havza va uni yetkazib beruvchi qurilmalardan iborat. Shuningdek 
drenaj sistemasida kollektor qismi, filtrlovchi mahsulot va yig’uv quvurlari, 
uyum ichida maydon qiyaligi, rudaning oʻtkazuvchanligi va eritma hajmi.
Rudaning oʻtkazuvchanligi yaxshi boʻlsa uning oʻzi drenaj vazifasini bajarishi 
mumkin. Drenaj tizimi tashqi tomondan erituvchi eritmani va oqimni 
oʻtkazadi. Drenajning quyidagi koʻrinishlari qoʻllaniladi: 
- qum gravi qatlam orqali oʻtuvchi eritma mahsulotlar drenaji
himoyalangan ekranda ushlab qolinuvchi; eritmalar arig`i orqali qabul qiluvchi 
zumfga tushadi yoki uyum chegarasi boʻylab yig’iladi;
- drenaj quvurlari orqali oʻtgan tarmoq, uyum boʻylab qumdan oʻtgan; 
barcha quvurlar yig’uvchi kollektorda bog’langan hovuzga yig’iladi; 
- haydash qudug’i eritmasi filtr orqali drenajga oʻtgan, ular 
himoyalangan ekran ustiga oʻrnatilgan, u yerdan eritma yig’ish hovuziga 
joʻnatiladi; 
- eritmalar drenaj quduqlarida yig’iladi, uymning qum gravi qatlamlari 
uyum asosiga qurilgan; soʻngra eritmalar yig`uvchi hovuzlarga har tomondan 
oqib keladi.
Uyumda tanlab eritish natijasida olingan mahsulotlar undan oltinni ajratib 
olish maqsadida quyidagi usullarga joʻnatiladi: 
Sementatsiya (choʻktirish) oʻzidan faol boʻlgan metall yordamida (rux, 
alyuminiy, qoʻrg’oshin, temir); 
Sorbsiyalash usuli, faollangan koʻmir va ionalmashinuvchi qatronlar 
yordamida sorbsiyalash; 
Elektrolitik ajratib olish; 
Erimaydigan sulfid shaklida choʻktirish.
Chet el amaliyoti eng koʻp tarqalgan usul sementatsiya va faollangan 
(aktivlangan) koʻmirga sorbsiyalash ekanligini koʻrsatdi. 


182 
Uyumda tanlab eritish tugagandan soʻng chiqindi uyumda qoldiq sianid va 
og’ir metallar uchraydi va bu eritmalar zararsizlantirilishi lozim. Sianli 
eritmalarni zararsizlantirish uchun maxsus usullar qoʻllaniladi: kimyoviy 
oksidlash va biologik tozalash.
Kimyoviy oksidlash gipoxlorit, vodorod qoʻshoksidi, kaliy permanganati, 
ozon, SO
2
gazlari va havo yordamida olib boriladi.
Uyumda tanlab eritish texnologiyasi oddiyligi va iqtisodiy kam harjligi 
bilan boshqa jarayonlardan farq qiladi. Shuning uchun ham oltin va kumushni 
ajratib olish foizi kam. Shu omillarni hisobga olganda uyumda tanlab eritish 
jarayoni 1-2 g/t oltin saqlagan kambag’al rudalarni va oltin ajratib oladigan 
fabrikalarining chiqindilarini qayta ishlashga moʻljallangan. Uyumda tanlab 
eritishning qoʻllanilishi nisbatan boy ruda uchun ham samaralidir. Koʻp 
afzalliklarga qaramasdan uyumda tanlab eritishning kamchiliklari ham mavjud: 
kimyoviy reagentlarning koʻpsarf boʻlishi, katta yer maydonini egallashi, 
xarajatlarning koʻpligi. 
Murakkab tarkibli(sulfidli) rudalar va chiqindilar uchun uyumda tanlab 
eritish samarali emas. Sianidli eritmada uyumda tanlab eritishni olib borish 
iqlimi moʻtadil maskanlar uchun foydalidir, chunki eritish 6-8 oy va ba’zida yil 
talab qilishi mumkin. Shimoliy rayonlarda issiq havo faqatgina 3oy davom 
etadi, bu esa sianidli eritmada uyumda tanlab eritish uchun samarasizdir.
Rossiyalik bir guruh olimlar uyumda tanlab eritishning alternativ usulini 
ishlab chiqishdi, bu sulfat-xlorid kislotali marganes ikki oksidi ishtirokidagi 
tanlab eritishdir. Jarayon juda tez amalga oshirilib, bir necha kun davom etadi.
Jarayonning mohiyati Shundaki, sulfat-xlorid kislotali muhitda marganes ikki 
oksidining gidratlanishi hisobiga 3 va 4 valentli marganes xlorid komplekslari 
hosil boʻladi va ular nodir metallarni eritmaga oʻtishini ta’minlaydi. Sianidli 
uyumda tanlab eritishdan koʻra sulfat-xlorid kislotali uyumda tanlab eritish 
quyidagi afzalliklarga ega: 
- Atrof- muhitga havflilikning kamayishi; 
- Atrof- muhitni himoya qilish bilan bog’liq harajatlarning tejalishi; 


183 
- Jarayonning yuqori tezligi; 
- Nodir metallartni ajralishining yuqorililigi; 
- Murakkab tarkibli sulfid-margumushli rudalardan oltinni toʻg’ridan - 
toʻg’ri ajratib olinishi.

Download 3,78 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish