Koʻmirni regeneratsiyalash




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/104
Sana29.12.2023
Hajmi3,78 Mb.
#128991
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104
Bog'liq
Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

Koʻmirni regeneratsiyalash
Toʻyingan koʻmirni yoqib kul olish va keyinchalik eritib xomaki metall 
olish usuli yoki nodir metallarni turli erituvchilar ishtirokida elyuirlash 
(desorbsiyalash) usulida ajratib olish mumkin. Soʻnggi usul sorbentni 
regeneratsiyalash imkonini beradi. Desorbent sifatida qaynoq sian eritmasi, 
suyuq ammiak, natriy sulfidining suvli eritmalari yoki ishqorlar ishlatilishi 
mumkin.
Amaliyotda nodir metallarni desorbsiyalash uchun odatda qaynoq sianidli 
eritmalar qoʻllanilib, ular 0,1-0,2% NaCN va 1-2% NaOH holda ishlatiladi. 
Jarayon dinamik sharoitda 3-4 ta vertikal kolonnalarda olib boriladi (33-
chizma). Erituvchi eritma birinchi kolonnaga eritma harakati boʻylab beriladi , 
oltinga toʻyingan eritma oxirgi kolonnadan chiqadi. Har bir kolonnada eritma 
pastdan yuqoriga qarab harakatlanadi. Sorbent aeroliftlar yordamida davriy 
ravishda ma’lum miqdorda bir kolonnadan ikkinchi kolonnaga eritma oqimiga 
qarama-qarshi holatda uzatiladi. Birinchi kolonnadan toʻyingan koʻmir olinadi, 
oxirgi kolonnaga esa tozalangan faollangan koʻmir yuklanadi. Jarayon 85-
95
0
C da olib boriladi.


233 
Jarayonning kamchiligi desorbsiyalash tezligining pastligi, u 2-3 kun 
davom etadi. Jarayon tezligini haroratni oshirish (120-130
0
Cgacha) hisobiga 
oshirish mumkin. Bu holatda jarayon 8 soat davom etib, buning uchun yuqori 
bosimda ishlovchi (400-500kPa)maxsus dastgohlar talab qilinadi. 
Shuningdek sianidli eritmalar ishtirokida desorbsiyalashni eritmaga 10-
20% (hajmda) etil spirt qoʻshib amalga oshirish mumkin. Bu usulda 
jarayonning davomiyligini 10-15 soatgacha qisqartirish mumkin, ammo bunda 
texnika xavfsizligi qoidalariga jiddiy rioya qilish talab qilinadi, chunki atrof -
muhitga oson yonuvchan va zaharli etil spirti bug’lari hosil boʻlish xavfi 
oshadi.
Nodir metallarni desorbsiyalash vaqtida Shuningdek qoʻshimcha metallar 
(mis, temir va boshqalar) ham desorbsiyalanadi. Ularning ma’lum qismi, 
asosan kalsiy va organik birikmalar koʻmirning faolligini pasaytirib, unda qolib 
ketadi. Kalsiy koʻmir g’ovaklarida karbonat shaklida boʻladi. Bu birikmalardan 
koʻmirni tozalash uchun ular suyultirilgan nitrat va sulfat kislotalarda qayta 
ishlanadi. Koʻmirdagi organik birikmalar esa termik ishlov berish, ya`ni 600-
800
0
Cda 0,5-1 soat davomida, havosiz sharoitda, aylanma quvurli pechda 
qizdirish natijasida yoʻqotiladi.
Sovitishdan soʻng olingan koʻmir elanadi va regeneratsiyalangan 
koʻmirlar sorbsiya jarayoniga qaytariladi.

Download 3,78 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish