248
Oltinni elektrolitik rafinirlashda katodda
boradigan asosiy jarayon bu
AuCl
4
anionini metall holigacha qaytarilishidir:
АuCl
4
-
+ 3е =Аu + 4 Cl
-
Bu jarayonning standart potensiali +0,99V ga teng, shuning uchun
vodorodning katodda qaytarilishi kuzatilmaydi.
Anodda esa rafinirlanadigan qotishma erishi bilan oltinning eritmaga
oʻtish jarayoni kuzatiladi:
Au + 4 Cl
-
- 3e → AuCl
4
;
Cl
-
- 2e → Cl
2
(gaz); E
0
= + 1,36B;
2N
2
О →4 H
+
+ O
2
(gaz); E
0
= + 1,23B.
Xlor va kislorodning standart potensiali oltinnikiga nisbatan elektr musbat
boʻlganligi uchun odatiy sharoitda ularning anodda ajralib chiqishi
kuzatilmaydi.
Lekin oltinning passivlashishi jarayonga salbiy ta'sir koʻrsatadi,
chunki
oltin passivlashganda anodni erishi deyarli toʻxtaydi, uning standart potensiali
musbat tomonga siljiydi, bu esa oʻz navbatida xlor gazini anodda ajralib
chiqishiga olib keladi. Bu holat esa elektrolit
tarkibida oltinni miqdorini
kamayishiga olib keladi va shu bilan birga ishlab chiqarish boʻlimini xlor gazi
bilan zaxarlanishiga olib keladi. Oltinni passivlanishi jarayonning muhitiga
bog’lik boʻlib, qulay sharoit xlorid kislotaning konsentratsiyasi 1 g-ekv/l ni va
tok zichligi 1500 A/m
2
boʻlgan sharoit hisoblanadi.
Au + 2 Cl
-
- e → AuCl
2
; E
0
= + 1,11B
АuC1
4
-
va АuC1
2
anionlari oʻrtasidagi tenglama oʻrnatiladi:
3AuCl
2
→ АuC1
4
-
+2 Аu + 2C1
-
Bu anionlarning konsentratsiyasi oʻlchangan, shuning uchun bir valentli
oltin xlorid anionining katodda metall holigacha qaytarilishini kuzatish
mumkin:
249
AuCl
2
+ e→ Аu +2C1
-
.
Elektrolitik
rafinirlashning
oʻziga
xosligi
shundaki,
jarayonda
oʻzgaruvchan assimetrik tok va uning 1500A/m
2
zichlilikga ega koʻrinishi
qoʻllaniladi. Doimiy tok ta’sirida anod yuzasini kumush qoplaydi va oltinning
erishi toʻxtaydi, natijada anodda gaz holida xlor ajralishi kuzatiladi. Doimiy tok
ta’sirida bu jarayonni chetlab oʻtish imkonini beradi va 20% kumushli
eritmalardan ajratish imkon mavjud boʻladi.
Oltin
anodlarida mis, qoʻrg’oshin, temir, tellur, qalay va platina kabi
qoʻshimchalar uchraydi. Mis oltinga nisbatan elektromanfiy metall boʻlib,
eritmaga elektrolit shaklida oʻtadi. Anodda mis miqdori 2%dan oshsa
elektrolitdagi mis miqdori 90g/l ga yetadi va
bu vaziyatda elektrolitni
almashtirishga toʻg’ri keladi.
Oltin anodlarini elektroliz qilish vaqtida vismut, sulfid va ikki valentli
temir yomon ta’sir koʻrsatadi. Elektroliz jarayoni
chinni vannalarda olib
boriladi. Katod sifatida oltindan qilingan qalinligi 0,1-0,25mm boʻlgan
plastinkalardan foydalaniladi.
Vannaga 18 katod va 15 anod yuklanadi, bitta anodning og’irligi 2kg.
Vanna tortmali shkafga joylashtiriladi. Elektrolit tarkibida 70-200g/l oltin va
40-100g/l sulfat kislota boʻladi. Elektrolit harorati 50-60
0
C. Elektroliz jarayoni
doimiy assimetrik tok kuchizichligi 600-1500A/m
2
, vannadagi qarshilik 0,5V.
Katodlar kuniga 3-4 marta boʻshatiladi.
Oltin katodi qaynoq suv bilan yuviladi va
sulfat kislota bilan qayta
ishlanadi, quritiladi va induksion pechda eritiladi va tozaligi 999,8-999,9
boʻlgan quyma olinadi.