Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/104
Sana29.12.2023
Hajmi3,78 Mb.
#128991
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104
Bog'liq
Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

Nazorat savollari: 
1. Qаndаy rudаlаr uchun siаnlаsh jаrаyonini qoʻllаsh mumkin? 
2. Qаndаy rudаlаr qаysаr rudаlаr dеb аtаlаdi? 
3. Nimа uchun sulfidli rudаlаr qаysаr rudаlаr turigа kirаdi? 
4. Nimа uchun koʻmirli, surmаli rudаlаr qаysаr rudаlаr turigа kirаdi? 
5. Qаysаr rudаlаr qаndаy usul bilаn qаytа ishlаnаdi? 
6. Оltin sаqlоvchi sulfidli rudаlаr оksidlоvchi kuydirish nаtijаsidа 
nimаgа аylаnаdilаr? 
7. Оksidlоvchi kuydirish koʻrsаtkichlаrigа qаysi pаrаmеtrlаr tа’sir 
qilаdi? 
8. Оksidlоvchi-хlоrlоvchi kuydirish qаndаy mаqsаddа oʻtkаzilаdi? 
9. Аvtоklаvdа tаnlаb eritish оltin sаqlоvchi sulfidli rudаlаrni qаytа 
ishlаshning qаndаy usuli hisоblаnаdi? 
10. Bаktеriаl tаnlаb eritishning mоhiyati nimаdа? 
11. Bаktеriаl tаnlаb eritishdа qаndаy bаktеriyalаr qoʻllаnilаdi? 
 
17-BОB. OLTIN VA KUMUSHNI AFFINAJLASH 
Oltin va kumushning bir-biridan ajratilishi va uni toza holda olinishi 
affinaj usulida olib boriladi. Oltin va kumushning affinajining bir nechta
usullari mavjud. Shulardan keng tarqalgani xlorli, kislotali va elektrolitik 
usullardir.
Affinaj jarayoni maxsus affinaj zavodalarida olib boriladi. Zavodga 
keladigan xom-ashyo sifatidagi oltin asosan oltin - ruxli choʻkmalarni 
eritishdan olingan mahsulot koʻrinishida, amalgamani bug’latish natijasida 
olingan xomaki oltin koʻrinishida, tiomochevina eritmalaridan olingan katod 
holidagi xomaki oltin koʻrinishida boʻladi. Aytib oʻtilgan mahsulotlar 
murakkab kimyoviy tarkibga ega boʻlib, oltin va kumushdan tashqari mis
qoʻrg’oshin, simob, mishyak, surma va vismut kabi qoʻshimcha metallarni 
oʻzida saqlaydi. 


244 
Ayrim hollarda sezilarli darajada platinoid metallari ham boʻlishi 
mumkin. Zavodga keltirilgan xom-ashyo birinchi oʻrinda tarkibidagi oltinning 
miqdori bir xil boʻlishi uchun eritiladi. Bu jarayon grafit tigelli elektr induksion 
pechlarda olib boriladi. Yirik zavodlarda quvvati 100 kVt, tigel sig’imi 280 kg 
boʻlgan pechlar ishlatiladi. 
Eritish jarayonida nodir metallarning toshqol bilan keraksiz sarf 
boʻlishining oldini olish uchun eritish jarayoni toshqol qavat ostida olib 
boriladi. Flyus sifatida soda va bura (1,5-3 % yuklanadigan metall massasiga 
nisbatan) qoʻshiladi. Eritish jarayoni oltin kumushli qotishma olish uchun 
1150-1200
0
C da, kumush uchun esa 1040-1060
0
Cda olib boriladi. Qotishma 
eritilganidan keyin xlorli affinajga yuborilsa quyma holida, agar elektrolitik 
affinajlashga yuborilsa anod holida quyiladi.
2. Xlorli affinaj.
Xlorli affinajlash jarayoni oltinga nisbatan kumush va boshqa metallar 
xlor gazi bilan oson ta'sirlashib oksidlanishiga asoslangan. Jarayonning 
mohiyati shundan iboratki xlor birinchi oʻrinda qoʻshimcha metallar bilan 
keyin esa kumush bilan, oxirida esa oltin va platinoid metallar bilan 
ta'sirlashadi. Hosil boʻlgan xlorli birikmalar metall holidagi oltinga aralashib 
ketmaydi va zichligi kichik boʻlgani uchun erigan metall yuzasiga chiqadi. 
Xloridlarning bir qismi gaz holida uchib ketadi. 
Xlorli affinajlash jarayoni JARda keng qoʻllaniladi. Affinaj jarayoniga 
keladigan metall tarkibida 88-90% Au va 7-11% Ag boʻladi. Asosiy 
qoʻshimcha metallar bu – mis, qoʻrg’oshin, temir, ruxlardir. 
Jarayon grafit tigelli, qorun futerofkali induksion elektr pechlarida olib 
boriladi. Eritishdan oʻtgan qora metall quyma shaklida sig’imi 500kg boʻlgan 
tigelga quyib olinadi. Toshqol hosil qilish uchun pechga oz miqdorda bura, 
kvars va natriy xlor aralashmasi yuklanadi. Ingichka toshqol qatlamining hosil 
boʻlishi metallarning uchuvchanligini pasaytiradi va tigel devorlari 
yemirilishini oldini oladi. Metallar erib boʻlgandan soʻng qopqoq orqali tigelga 
bir yoki ikki chinni quvur orqali gazsimon xlor joʻnatiladi. Xlorning yaxshi 


245 
tarqalishi uchun quvur devorida teshiklar ochilgan. Jarayon 1150
0
C da olib 
boriladi.
Birinchi boʻlib temir xlorlanadi, soʻngra rux va qoʻrg’oshin xlorlanadi. 
Past qaynash haroratiga ega temir xlorid va rux xlorid gaz fazasiga oʻtadi. 
Qoʻrg’oshin xlorid qisman uchuvchan holda, qolgani esa erib metal yuzasida 
qoladi. Xloridlarni uchish jarayoni erish jarayonini jadallashitirib qaynashga 
olib keladi, shu sababdan bu vaqtda xlor berilishi sekinlashtiriladi.
Mis va kumushning xlorlanish jarayoni qoʻshimcha metallar temir, rux, 
qoʻrg’oshinning toʻliq xlorlab boʻlingandan soʻng boshlanadi. AgCl va CuCl 
larning qaynash haroratlari, jarayonning haroratidan baland boʻlib, shu 
sababdan mis va kumush xloridlar tigelda qoladi va erigan xlorid oltin yuzasida 
yupqa qatlamni hosil qiladi. Bu holda xloridlar uchmayotgan boʻlsa ham erigan 
metallarning sochilmasligini oldini olish uchun xlorning berilishi oshiriladi.
Metall yuzasida erigan xloridlar va toshqollar vaqti-vaqti bilan chiqarilib 
turiladi va yangi hajm flyuslar yuklanadi. Jarayon soʻngida erigan metallning 
xlor bilan shimilishi sekinlashadi, Shu sababdan xlor berish tezligi ham 
pasaytiriladi. Jarayonning tugaganligi quyidagi hollar bilan aniqlanadi: xlor 
berish quvurlarida jigarrang oltin belgilari paydo boʻlishi va eritma ustida qizil 
chang koʻtarilishi bu esa eritmada oltin xlorid hosil boʻlganini izohlaydi.
Xlorlash jarayoni tugagandan soʻng metall yuzasidagi erigan xlorid va 
toshqoldan tozalanadi, olingan toza oltin quyma holida quyib olinadi.
Xlorlab affinajlash natijasida olingan xloridlar aralashmasi va toshqollar 
tarkibida koʻp miqdorda oltin karalyoklari boʻladi. Undan oltinni ajratib olish 
uchun ular tigel pechlarida 1100
0
C da eritib olinadi.
Qorishma qatlamlar boʻyicha ajraladi, toshqol yuqoriga xloridlar pastga 
choʻkadi. Qorishma yuzasiga alohidalangan soda yuklanadi, natijada 
kumushning ma’lum qismi qaytariladi:
4AgCl + 2Na
2
C0
3
= 4Ag + 4NaCl + 2C0
2
+ O
2


246 
va tigel tubiga mayda tomchilar yig’iladi, natijada kattagina oltin qismi 
hosil boʻladi.
Beriladigan soda miqdori xloridning massasining 4%ga teng, bu bilan 
xloridda mavjud kumushning 5 qismi ajralib, oltinning ajralishini yaxshilaydi. 
Olingan oltin kumushli aralashma yangi oltin bilan birga xlorli affinajlashga 
beriladi.
Qolgan kumush xloridlari metall holidagi temir yoki rux yordamida metal 
kumush holigacha qaytariladi:
2AgCl + Zn = 2Ag + Zn
2+
+ 2Cl
-
Xlorli affinaj jarayoni oddiy, elektrolitik usullarga qaraganda arzon va 
istalgan tebranishda rafinirlash uchun tayyordir, ammo, olingan oltin sifati 
juda yuqori emas (soflik darajasi-995-996 ). Bu shakldagi metallar tangalar 
ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin, ammo, texnika sanoati talablariga mos 
kelmaydi. Jarayonning kamchiligi kumushning yoʻqotilishi va platina guruhi 
metallarining tozalangan oltin bilan yoʻqotilishidir.
3. Oltin va kumushning kislotali affinajlash. 
Bu usulning mohiyati shundan iboratki nodir metallar qotishmalarni har 
xil kislotalar bilan qayta ishlashga asoslangan. Shu bilan bir qatorda 
qoʻshimchalar va nodir metallardan biri eritma tarkibiga oʻtadi, ikkinchi metall 
eritmaga erimay choʻkma holiga oʻtadi. 
Nitrat kislota bilan tozalash usuli kumushni tanlab eritish jarayoniga 
asoslangan. Metallarni toʻliq ajratib olish uchun qotishmadagi oltinning 
miqdori kumushning miqdoridan ikki marta koʻproq boʻlishi kerak. Shunday 
sharoitdagina qotishmani issiq nitrat kislota bilan qayta ishlash kumushni to`liq 
eritmaga oʻtishiga va oltinni choʻkma holida qolib ketishiga olib keladi. 
Qoʻshimchalar, ya`ni mis, qoʻrg’oshin, platina va palladiy eritma tarkibiga 
oʻtadi. Agar qotishma tarkibida qalay, surma yoki mishyak boʻlsa u holda 
avval selitra yordamida yuqori haroratda eritiladi, yoki shu metallardan 


247 
tozalash uchun kupelyatsiya(metallarni erish harorati farqi asosida ajratilishi) 
qilinadi. 
Eritma tarkibiga oʻtgan kumush xlorid koʻrinishida choʻktiriladi va metall 
holidagi rux yoki temir yordamida qaytariladi va quyma koʻrinishida quyiladi. 
Oltin choʻkmasi yuviladi, quritiladi va quyma holida quyiladi. Oltinni tozalik 
darajasi 99,8% gacha yetkazilishi mumkin. 
Qotishmani eritish uchun nitrat kislota eritmasi oʻrniga konsentrlangan 
sulfat kislotasi ishlatilishi mumkin. Bunda qotishma tarkibidagi oltinning 
miqdori kumushni miqdoridan 3 marta koʻp boʻlishi kerak, misning miqdori 
esa 7,5 % dan oshmasligi kerak. Teskari holatda mis sulfat tuzi hosil boʻladi va 
mis yuzasini qoplab erish jarayonini toʻxtatadi. Shuning uchun qoʻrg’oshinning 
qotishmadagi miqdori 0,25 % dan oshmasligi kerak.  

Download 3,78 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish