• 19.1. Simob bilan ishlashdagi ehtiyot choralari
  • Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi




    Download 3,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/104
    Sana29.12.2023
    Hajmi3,78 Mb.
    #128991
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
    Bog'liq
    Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

    Nazorat savollari: 
    1. Sanoat miqyosidagi oqava suvlar qanday hosil boʻladi? 
    2. Chiqindi suvlarni tozalashni qanaqa usullarni bilasiz? 
    3. Bakteriyalar yordamida chiqindi suvlarni tozalash nimaga asoslangan?
    4. Tindirgichlardagi suvda yoz mavsumida T.thioparus va T.denitrificans 
    miqdori necha marotabagacha oshadi? 
    5. Balchiq (il) tarkibidagi 50 - 80% bakteriyalar qaysi turiga mansub? 
    6. Quruq biomassa tarkibida nechidan 1014 nechigacha hujayra boʻlishi 
    mumkin. 


    264 
    7. Hozirgi vaqtda xrom biriktiruvchi oqava suvlarni qanday tozalash 
    usullari yaratilgan. 
    8. Zararsizlantirishning eng samarali usullardan biri qanday? 
     
    19-BОB. SIMOB VA SIANIDLAR BILAN ISHLASHDAGI
    TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI 
    Barcha OCF da ishlovchi kishilarga eslatish lozimki, simob va sianid 
    kuchli zaharlovchi moddalar hisoblanib, xar xil bahtsiz holatlarning oldini 
    olish uchun, ular bilan ishlaganda ma’lum texnika xavfsizlik qoidalariga rioya 
    qilish kerak.
    Har bir zavod yoki fabrikada simob va sianid bilan ishlash qoʻllanmasi va 
    texnika xavfsizlik choralari ishlab chiqilgan boʻlishi kerak va u zavodning 
    barcha ishchi, xizmatchi, boshqaruvchi xodimlariga tanishtirilgan boʻlishi 
    lozim.
    19.1. Simob bilan ishlashdagi ehtiyot choralari 
    Simob bilan zaharlanish uning gazlarini hidlash yoki ovqatlanish orqali 
    boʻlishi mumkin. Simob bilan uzoq vaqt zaharlanish natijasida u inson tanasiga 
    tushadi va nerv tizimi faoliyatini buzadi. Bu esa tez charchash, uyquchanlik, 
    qaltirash, bosh og’rig’i, bosh aylanishi va butun tananing qaltirashiga olib 
    keladi.
    Simob bilan oʻtkir zaharlanishda inson tanasiga simobning tez ta’siri 
    kuzatilib, bunda og’izda metal ta’mining hosil boʻlishiga, soʻlak oqishiga, 
    shishish, milklarning qonashi, koʻngil aynashi, qorin boʻshlig’ida og’riq paydo 
    boʻladi. Kuchli zaharlanish holati kuzatilgan vaqtda bemor toza havoga 
    chiqarilishi va tez yordam chaqirilishi lozim.
    Havo tarkibida simobning ruxsat berilgan konsentratsiyasi 0,01mg/m
    3
    ni 
    tashkil qiladi. Amalgamatsiyalash boʻlimlari maxsus joylarda boʻlib, ular 
    maxsus havo almashinuv qurulmalari bilan jihozlangan boʻladi, Shuninguchun
    simob bug’lari hosil boʻlmasligining oldini olish uchun pech ostiga havo 
    soʻrgichlar oʻrnatiladi.


    265 
    Xizmat koʻrsatuvchi ishchilarni simob bilan ishlaganda u bilan 
    zararlanmasligi 
    uchun 
    barcha 
    jarayonlar 
    mexanizatsiyalangan 
    va 
    avtomatlashtirilgan boʻlishi lozim. Simob bilan ishlovchi stol yuzalari tekis va 
    mustahkam boʻlishi lozim. Shu maqsadda ularning yuzasi linoleum yoki poʻlat 
    listlar bilan qoplangan boʻladi. Simob va amalgamalar bilan ishlagan vaqtda 
    albatta charm qoʻlqopdan foydalanish shart.
    Simob bilan ishlaganda asosiy ehtiyotkorlik choralari amalgamalarni 
    bug’latish vaqtida qoʻllab, u ham binoda havo almashtirish tizimi, ham 
    pechning oʻzida havo soʻrish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
    Maxsus idish og’zi mustahkam qilib asbest qoplama bilan mahkamlanadi. 
    Xomaki oltinni idishdan chiqarishga faqatgina simobni butunlay haydab 
    boʻlingandan soʻng ruxsat beriladi va retorta idishi sovutiladi.
    Ish vaqti tugagandan soʻng ishchi xodimlar yaxshilab choʻmilishi, og’zini 
    past konsentratsiyali kaliy permanganat eritmasi bilan chayishi va tishlarini 
    yuvishi zarur.

    Download 3,78 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




    Download 3,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

    Download 3,78 Mb.
    Pdf ko'rish