266
permanganat eritmasi yoki 2% li vodorod pereoksid beriladi va keyin tomoq
yoʻli qitiqlanib qayd qilish chaqiriladi. Natijada zaharning zararsizlanishi
vujudga keladi. Qay darajada zaharlanishdan qat’iy nazar, to vrach
kelmaguncha birinchi tibbiy yordam koʻrsatish muhim rol oʻynaydi.
Ishchi binolarda sinil kislotasining ruxsat berilgan konsentratsiyasi
0,3mg/m
3
ni tashkil qiladi. Sianid bilan ishlovchi
barcha ishlab chiqaruvchi
binolar havo almashtiruvchi ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi
shart. Tokning har xil holatlarda toʻsatdan oʻchishi natijasida ventilyatsiya
tizimi toʻxtab qolmay boshqa energiya manbalari hisobiga uzluksiz ishlab
turushini ta’minlash lozim(masalan generatorga ulangan boʻlishi kerak). Ishlab
chiqarish zavodlari binolarida sinil kislotasi hosil boʻlish havfi mavjud joylarda
umumiy havoalmashinish tizimidan tashqari, qoʻshimcha avariya holati uchun
ventilyatsiya tizimi boʻlishi shart. Undan tashqari, umumiy havo almashinish
va avariya
ventilyatsiyasidan tashqari, har bir sinil kislotasi ajralish xavfi
boʻlgan dastgohlar(sianlash pachuklari, sorbsiyalash pachuklari, kolonnalar)
havo soʻrish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi zarur. Ishchi bino yohud
zavodda havo tarkibida sinil kislotasi miqdorining
oshib ketishi kuzatilsa
avtomatik ogohlantirish signallari oʻrnatilgan boʻlishi kerak, ular rangli yoki
ovozli signal bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.
Atrof muhitni, havoni ifloslanmasligini oldini olish uchun ventilyatsiya
qurulmalari bug’lari havoga chiqarib yuborilishidan oldin yaxshilab tozalangan
boʻlishi lozim.
Sianli
eritmalar
bilan
ishlash
vaqtida
himoyalovchi
ishqor
konsentratsiyasini oshirilishi sianidning gidrolizlanishining oldini oladi. Bir
binoning oʻzida sianlash jarayoni bilan, boshqa bir ishqorli muhitda ishlovchi
jarayonning ishlashiga ruxsat berilmaydi.
Faqatgina regeneratsiyalash
jarayonlari bundan mustasno(bunda kislotali qayta ishlash regeneratsiya bilan
birga olib boriladi. Bu holatlarda maxsus ehtiyotkorlik choralari koʻriladi.
Sian eritmalari va boʻtanalari saqlanadigan dastgohlar (aralashtirgichli
chan, quyultirgich, yig’uvchi chanlar) maxsus quvurlar yoki avtomatik
267
qurulmalar bilan jihozlangan boʻl, mahsulotlarni toshib ketishiga yoʻl
qoʻymaydi. Dastgohlarni boshqarish va xizmat koʻrsatish iloji boricha
avoamatlashtiriladi yoki masofadan turib boshqariladi.
Asosiy ehtiyotkorlik choralari oʻtkir natriy sianid eritmalari (10%li)
tayyorlash vaqtida amalga oshiriladi. Bu jarayon maxsus alohida ajratilgan
joyda olib borilib u yerga begonalarni kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Eritmani
tayyorlash jarayoni iloji boricha mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan
boʻlishi lozim. Natriy sianid idishlari zudlik bilan ohakli xlor yoki temir
kuporosi ishtirokida zararsizlantirilishi kerak. Natriy sianid solingan idishlar
«zaxar» kabi yozuvlar, hamda ogohlantiruvchi
belgilar bilan tasvirlangan
boʻlishi kerak.Bu joyda ishlovchi ishchilar maxsus himoyalovchi(gazyutgich,
charm qoʻlqop, xalat) jihozlar bilan ta’minlangan boʻlishi lozim.