Faollangan koʻmir yordamida sorbsiyalash




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/104
Sana29.12.2023
Hajmi3,78 Mb.
#128991
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104
Bog'liq
Rangli va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyasi

15.5. Faollangan koʻmir yordamida sorbsiyalash 
Faollangan koʻmirning nodir metallarni oʻziga yutish qobiliyati 
mavjudligi azaldan ma’lum boʻlgan. Faollangan koʻmir - g’ovakli uglerodli 
shimgich (adsorbent). Ularni turli xildagi organik xom-ashyolardan olish 
mumkin: yog’ochli burali, toshkoʻmir, antrasit, hayvon suyaklari va boshqalar.
Bu mahsulotlardan faollangan koʻmir olishda dastlab koʻmir uchuvchan 
moddalardan (namlik) tozalanadi, bu havosiz qizdirish bilan amalga oshiriladi. 
Natijada xom koʻmir olinib u yirik g’ovakli tuzulish hosil qiladi va uning 
shimuvchanlik qobiliyati yuqori emas. Shu sababdan mayin g’ovakli tuzulish 
koʻmir olish uchun uni uglerod ikki oksid bilan qayta ishlov beriladi yoki suv 
bug’ida 800-900
0
C da ishlov beriladi. Bu bilan koʻmirning ma’lum qismi 
(50%gayaqini) yonibketadi,
S + SO
2
= 2SО; S+N
2
O = SО + N
2
qolgan qismi esa toʻrsimon g’ovakli tuzulish hosil qiladi. Qolgan koʻmirni 
faollashtirish usullari har xil tuzlar va kislotalar ishtirokida (karbanat, xlorid, 
sulfat, nitrat kislotalari va boshqalar) yuqori haroratda boradi. Koʻmirning 
faollanishi oksidlovchi gazlarning ma’lum bir qismini yonishi bilan boradi. 
Bu usulda olingan faollangan koʻmirning solishtirma yuzasi juda rivojlangan 
boʻlib(400-1000 m
2
/g), ulardagi g’ovaklar radiusi 0,5 dan 2nm gacha boʻladi. 
Rus maktabi olimlari N.A. Shilova va A.N. Frumkinlarning ta’kidlashicha, 
elektrolitlardan faollangan koʻmir yordamida adsorbsiya qilish almashinuv 
jarayon deb qaralib, bu koʻmirning havodagi kislorod bilan ta’sirlashishi bilan 
izohlanadi. Agarda koʻmir faollangandan keyin havodagi kislorod bilan xona 


228 
haroratida ta’sirlashsa, uning yuzasida asosiy hususiyat sanaluvchi 
birikma(oksid) hosil qiladi. Bu birikmalarning tabiati aniq belgilanmagan, 
ammo ma’lumki, undagi kislorod kuchli bog’lanmagan boʻlib, koʻmirning suv 
yoki eritma bilan ta’siri natijasida uni musbat zaryadga zaryadlab,
kislorodning oʻzi esa eritmaga gidrooksid koʻrinishida oʻtishi mumkin. Bu 
shakldagi «musbat» koʻmir qaytarilmas kislorod elektrod vazifasini bajaradi va
oʻzining ichki ikki qatlamida OH
-
ionlarini erigan anion elektrolitlariga
almashtiradi va shuning bilan elektrokimyoviy anion almashinuvchiga 
aylanadi.
Agar koʻmir kislorod bilan yuqori (400-500
0
C) haroratda ta’sirlashsa, 
unda hosil boʻlgan birikma mustahkam boʻladi. Bu sharoitda hosil boʻlgan 
xemo yig’uvchili kislorod (20% atrofida) birikmalari karbonat kislotali, fenolli 
va boshqalar koʻrinishida kislotali xossani namoyon qiladi. Odatiy «musbat» 
koʻmirdan farqli oʻlaroq bunday «manfiy» koʻmirlar oksidlangan deb 
nomlanadi. Elektrolitli eritmalarda oksidli koʻmirlar koʻp amalli kation 
almashinuvchilik qobiliyatini namoyon qiladi. Oksidlangan koʻmirning 
kationalmashinuvchi hajmining ma’lum qismi H
+
ionlari bilan bog’langan 
boʻlib, elektrostatik kuch ta’sirida manfiy zaryadlangan koʻmir yuzasini 
namoyon etadi.
Shuni inobatga olish lozimki, «musbat» faollangan koʻmirlar oʻz yuza 
qismida nafaqat asosli xossani, balki ma’lum miqdorda kislotali guruhni ham 
egallaydi. Shu sababdan faollangan koʻmirlar anion almashinuvchanlik 
xossasidan tashqari, kation almashinuvchanlik xossasini ham namoyon etadi. 
Xuddi shu kabi «manfiy» oksidlangan koʻmirlar ham oʻz yuzalarida faqat 
kislotali emas, balki ma’lum miqdorda asosli guruh ham boʻlib, elektrolit 
eritmalarida kation almashinuv hossalari bilan birga anion almashinuv 
xossalarini ham namoyon etadi. Sianli eritmalardan oltin va kumushni 
sorbsiyalash uchun anion almashinuvchi hossaga ega boʻlgan «musbat» 
faollangan koʻmirlardan foydalaniladi.


229 
Faollangan koʻmir yordamida sorbsiyalash jarayoni nafaqat tindirilgan 
eritmalardan nodir metallarni ajratish uchun, balki bevosita boʻtanadan ham 
ajratib olish mumkin.
Tindirilgan eritmalardan yog’och koʻmiri ishtirokida sorbsiyalash jarayoni 
bir qancha oltin ishlab chiqarish fabrikalarida sianlash jarayoni rivojlana
boshlagan bir vaqtda va rux yordamida choʻktirish hali toʻliq ishlab 
chiqilmagan vaqtdan buyon qoʻllanilib keladi. Tez orada koʻp kamchiliklarga 
ega yog’och koʻmirli sorbsiya jarayoni rux yordamida choʻktirish jarayoni
siqib chiqarildi. Birinchi va ikkinchi jahon urushi arafasida rux metali 
tanqisligi sababli bir qancha OICHF(Oltin ishlab chiqaruvchi fabrikalar)da 
koʻmir yordamida sorbsiyalash kengaydi. Sorbsiya jarayonini rom shaklidagi 
vakum-filtrlarda olib boriladi, oltin tarkibli sianlangan eritmalar yanchilgan 
koʻmir boʻylab filtrdan oʻtkaziladi, ular maxsus filtrlar yuzasiga oʻrnatilgan 
boʻladi. Koʻmirli choʻkma oʻzida oltin va kumush saqlagan boʻlib ular yoqiladi 
va olingan kul flyus bilan eritishga joʻnatilib xomaki metal olinadi.
Hozirgi vaqtda koʻmir yordamida sorbsiyalash uyumda tanlab eritish 
natijasida olingan eritmalar uchun keng qoʻllanilmoqda. Aralashtirish yoʻli 
bilan olingan eritmalarga qaraganda uyumda tanlab eritish natijasida olingan 
eritmalar tarkibida nodir metallar miqdori kam (0,5mg/l), qoʻshimchalar 
miqdori esa koʻp. Bunday eritmalardan rux yordamida choʻktirish va ion 
almashinuvchi qatronlar ishtirokida sorbsiyalash jarayonlari samarasizdir. 
Faollangan koʻmirning afzalligi esa qoʻshimchalarga ta’sirchanligi kamligidir 
va shu sababdan u qoʻshimchalari koʻp eritmalardan oltinni sorbsiyalashda 
ayni muddaodir. Uyumda tanlab eritish eritmalari koʻp qo`shimchali va loyqali 
eritmalar boʻlgani sababli, faollangan koʻmir yordamida ulardan nodir 
metallarni toʻliq ajratib olish imkoni tug’iladi.
Sorbsiya jarayoni dinamik sharoitlarda olib borilib, oltin tarkibli eritmalar 
ketma-ket oʻrnatilgan 3-4 ta vertikal kolonnalarda amalga oshirilib, unda 
sorbent sifatida donalashtirilgan, yirikligi 1mm boʻlgan faollashtirilgan 
koʻmirdan foydalaniladi. Koʻmir davriy ravishda kolonnadan kolonnaga 


230 
eritmaga qarshi oqimda oʻtkazib turiladi. Birinchi kolonnadan nodir metallar 
(asosan oltin va kumush)ga toʻyingan koʻmir olinadi, oxirgi kolonnadan esa 
regeneratsiyalangan koʻmir(faollangan boʻsh koʻmir) yuklanadi. Shu tariqa 
birinchi kolonnadagi oltinga boy eritma oxiriga borguncha koʻmirga shimilib 
kambag’allashib boradi, oxiridan yuklangan toza koʻmir birinchi kolonnaga 
kelgani sari oltinga toʻyinib keladi. Toʻyingan koʻmir tarkibida 2-5kg/t oltin 
saqlab regeneratsiyaga joʻnatiladi. 
Amaliyotda koʻp metalli minerallar boʻlmish qoʻrg’oshin-ruxli rudalarni 
boyitish fabrikalari sianli eritmalaridan oltin va kumushni sorbsiyali ajratib 
olishda faollashtirilgan koʻmirdan foydalaniladi. Bunday rudalarni flotatsiyali 
boyitishda tarkibidagi turg’un minerallar boʻlgan sfalerit, pirit va xalko`piritni 
eritmaga oʻtkazish uchun natriy sianidi ishlatilib, natijada eritmaga 20% gacha 
oltin va koʻp miqdorda kumushning oʻtishiga olib keladi. Olingan eritma 
tarkibi quyidagicha, mg/l: Au-0,2-1, Ag-5, Cu-400-500, Zn-40-50 va boshqa 
qoʻshimchalar. Nodir metallarni sorbsiyalash jarayoni dinamik sharoitda, 
eritmalarni donador faollangan koʻmirda filtrlashga asoslangan boʻlib, u bosim 
ostida ishlaydi. Toʻyingan koʻmir oʻzida 1-2kg/t Au va 1-4kg/t Ag saqlaydi.
Bundan tashqari sorbsiyaning oddiyroq, ammo rivojlangan usullari ham 
qoʻllanilishi mumkin, masalan, aralashtirib, koʻmir yordamida statik sharoitda 
sorbsiyalash.
Boʻtanadan sorbsiyalash. Faollangan koʻmir yordamida boʻtanadan oltinni 
sorbsiyalash huddi ion almashinuvchi qatron kabi qoʻllaniladi. Bu jarayonlar
koʻrib oʻtilgan sorbsiya jarayonlari texnologiyasi bilan bir hil boʻlib, soʻnggi 
yillarda AQSH, Avstraliya, JAR va boshqa davlatlarda keng qoʻllanilmoqda.
Sorbentning nodir metallarga boʻlgan hajmini oshirish maqsadida 
sorbsiyaga keladigan boʻtana dastlabki sianlash jarayoniga beriladi. Keyingi 
sorbsiyali tanlab eritish jarayonlari zanjir shaklida ulangan 5-10 ta pnevmatik 
yoki mexanik aralashtirgichli dastgohda boʻtana va koʻmirning bir-biriga 
qarama-qarshi oqimida harakatlanishiga asoslangan holda olib boriladi. 


231 
 
Yig’uvchi sorbent sifatida, mexanik jihatdan mustahkam va donadorlikka ega 
boʻlgan kokos yong’og’i poʻchog’idan tayyorlangan koʻmir qoʻllaniladi.
Faollangan koʻmir yordamida sorbsiyalash jarayoni dastgohlar ketma-
ketligi 15.7.-chizmada keltirilgan. Koʻmir zarralari oʻlchami 1,2mm dan 
3,4mm gacha boʻlishi mumkin. Boʻtanadan sorbentni ajratish uchun turli 
tuzulishga ega boʻlgan elaklar sorbsiyalash dastgohlari tashqarisi yoki 
ichkarisida oʻrnatilgan boʻladi. Agar elaklar dastgohdan tashqarida joylashgan 
boʻlsa, boʻtana ularga aeroliftlar yoki markazlashgan nasoslar yordamida 
yetkaziladi. Eng yaxshi mustahkamlikka ega boʻlgan koʻmirlar ham 
aralashtirish va elash vaqtida ma’lum miqdorda parchalanishi mumkin. Shu 
sababli chiqib ketayotgan boʻtana uchun ham nazoratchi elak oʻrnatilgan boʻlib 
u nafaqat yirik, balki mayin, siniq koʻmir boʻlaklarini ham ushlab qolishga
moʻljallangan.
15.7.-chizma. Boʻtanadan faollashtirilgan koʻmir yordamida sorbsiyalashning 
apparatlar zanjiri sxemasi: 1-sianlash pachuklari; 2-sorbsiyalash kolonnalari: 
3-koʻmirni boʻtanadan ajratuvchi elaklar; 4-nazoratrlagi; 5-desorbsiyalash 
kolonnalari; 6-kislonali qayta ishlash kolonnalar;7-eritma saqlanadigan idish; 
8-elektrolizor; 9- esorbsiyalovchi eritma saqlanasigan idish; 10-koʻmirni 
faollashtirish uchun aylanma pech; 11-elak. 
Boʻtanadan oltinni sorbsiyalash jarayoni qattiq mahsulot miqdori 40-45%, 
suyuq fazada sianid kislotasining 0,01-0,02% li konsentratsiyasida, pH 10-
Bu
g’ 
Katod choʻkmasi 
eritishga
 


232 
10,5 da olib boriladi. Bir vaqtning oʻzida yuklanadigan sorbent miqdori 10-
30g/l ni tashkil qiladi. Koʻmining oltinga nisbatan sig’imi 2-8 kg/t ni tashkil 
qiladi.
Boʻtanadan yirik zarrali koʻmir yordamida sorbsiyalash jarayoni xuddi ion 
almashinuvchi qatronlar ishtirokida sorbsiya kabi bir hil afzalliklarga ega. 
Shuningdek u, ion almashinuvchi qatronga qaraganda ancha arzon va 
qoʻshimcha 
metallarga nisbatan ta’sirchanligi kamroq. Bu uning 
qoʻshimchalari koʻp boʻlgan eritmalardan oltinni sorbsiyalashda ion 
almashinuv qatronlari foyda bermaydigan joyda qoʻllanilish imkonini beradi.
Faollangan koʻmirning jiddiy kamchiligi ularning mexanik mustahkam 
emasligi, ya`ni sinish oqibatida 1t qayta ishlanadigan rudada 100-200g mayin 
fraksiya yoʻqotilishi mumkin. 

Download 3,78 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104




Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Faollangan koʻmir yordamida sorbsiyalash

Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish