Podshoh arog’i – царская водка - agua regia – 1 hajm nitrat va 3
hajm xlorid kislotasining aralashmasi.
Chang tutgichlar – пылеулавители - dust separator –chang va
boshqa mexanik aralashmalarni havo oqimidan tutib oluvchi dastgoh, qurilma.
Chiqindilar –хвосты - tailings – tarkibida metall miqdori kam boʻlgan
keraksiz jinslar. Ular chiqindixonalarda saqlanadi. Keyinchalik uni xom ashyo
sifatida ishlatish mumkin.
Choʻkma – отсадок - precipitate – choʻktirish jarayonidan olingan
qattiq mahsulot.
Choʻktirish mashinasi – отсадoчная машина - jigging – ruda
tarkibidagi minerallarni solishtirma og’irligining farqi hisobiga ularni bir-
biridan ajratish jarayoni. Jarayon pulsatsiyalanuvchi muhitda (suv, havo) olib
boriladi.
loyqa – шлам –slurry – 1) mis, rux va boshqa metallarni elektroliz yoʻli
bilan tozalashda eritmaga oʻtmay, choʻkadigan kukunsimon mahsulot, odatda
tarkibida nodir metallar boʻladi. 2) kon mahsulotlarini hoʻllab boyitishda xosil
boʻladigan balchiqsimon choʻkindi. 3) tindirish yoki suzishda ajratiladigan hoʻl
chiqindi.
Shlix –шлих - heavy concentrate – qumni yoki oʻta maydalangan tog’
jinsini yuvish yoʻli bilan olinadigan og’ir minerallarning boyitmasi. Qora
(magnetit, oltin, platina), kulrang (kassetirit, ilmonit, rutil) shlix boʻladi.
Nov –шлюз –sluice – qumlardan oltinni yuvib olish uchun ishlatiladigan
boyitish dastgohi.
Ezish –раздавливание - squashing –qattiq moddani mexanik kuch
ta'sirida bosib ezish, maydalash.
Elak –сито - sieve – sochiluvchan moddalarni oʻlchamlariga qarab
saralash jarayonini bajaruvchi uskuna.
Elash –просеивание- sifter – elash yordamida zarralarni oʻlchamiga
qarab tasniflash.
279
Yuzani ochish – открытие поверхности - breac-drown –reaksiyaga
kirishayotgan moddani oʻrab turgan nojins elementlardan tozalash.