17
Capoetobrama kuschakewitschi
ushbu urugʻning yagona vakili hisoblanadi.
Bu tur dastlab K.F. Kessler tomonidan 1872-yilda Sirdaryo havzasidan kashf etilgan
boʻlib,
Acanthobrama kuschakewitschi
deb nomlangan. Soʻngra Berg (1949) ushbu
turni
Capoetobrama
urugʻiga koʻchirib,
Capoetobrama kuschakewitschi
deb
nomlagan. Shuningdek uning ta’kidlashicha, Chu daryosida bu turning kenja turi –
Capoetobrama kuschakewitschi orientalis
uchraydi.
Mitrofanov va boshq. (1988) ta’kidlashicha
Capoetobrama kuschakewitschi
ning bir qancha plastik belgilari bilan farqlanuvchi ikkita kenja turi mavjud. Ular:
Capoetobrama kuschakewitschi kuschakewitschi
va
Capoetobrama kuschakewitschi
orientalis
. Amudaryo havzasida tarqalgan populyatsiyasi
hozirgi vaqtda
Capoetobrama kuschakewitschi
(Kessler 1872) deb nomlanadi.
Tadqiqotlarimizda
Capoetobrama kuschakewitschi
ning
uzunlik va vazn
munosabatlari (LWR) tahlil qilindi. Bunda tananing umumiy uzunligi 4,7-13,7 sm.
ni, tana vazni esa 0,7-16,3 gr.ni tashkil etdi. Bunda determinatsiya koeffitsenti (
r
2
)
0,988 ni,
a
qiymat 0,0055 ni,
b
qiymat esa 3,108 (ijobiy allometrik oʻsish) ni tashkil
etdi. Surxondaryoning quyi oqimida tarqalgan
Capoetobrama kuschakewitschi
ning
ning tana uzunligi va vazni orasidagi munosabatning chiziqli logarifmik ifodasi 5-
rasmda keltirilgan.